Sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga individual yondoshuv tamoyillari
Salomatlikni baholash uslubini qo‘llash sog‘lom hayot tarzi mezonlariga yangicha yondoshuv imkonini beradi. Mavjud bo‘lgan sog‘lom hayot tarzini shakllantirishning uslublari shu vaqtgacha rasmiy sanitaroqartuv yondoshuvlariga tayangan.
Salomatlikni baholash uslubini qo‘llash sog‘lom hayot tarzi mezonlariga yangicha yondoshuv imkonini beradi. Mavjud bo‘lgan sog‘lom hayot tarzini shakllantirishning uslublari shu vaqtgacha rasmiy sanitaroqartuv yondoshuvlariga tayangan. Barchaga bir xilda tavsiyalar bergan: che kish, ichish zararli va ko‘proq harakat qilish foydali va h.k. Bu kabi tavsiyalarning bir xilligi, inson ongiga va ruhiyatiga taʼsirini susaytiradi hamda vaziyatni murakkablashtiradi. Bundan tashqari, patsiyentlar bilan qayta bog‘lanmaslik oqibatida ularning sog‘lomlash tirish uchun berilgan tavsiyalarga rioya etishi, salomatligini ijobiy tomonga o‘zgarishini aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bularning barchasi sog‘lomlashtirish tadbirlarining saviyasini tushirib uning samaradorligini keskin pasaytirib yuboradi. Zamonaviy yondoshuvlar umuman b oshqa tamoyillarga asoslanadi: mezonlarning individualligi, sog‘lomlashtirish dasturlarini eng samaralisini va o‘ziga mosini shaxsan tanlash, ularning taʼsirini o‘zi nazorat qilishi . Tibbiyot amaliyotida patsiyentning qaysi xulq hisoblash mumkinligiatvorini sog‘lom deb, ni faqat shifokor malakali tarzda muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tavsiya qilinayotgan uslublarni kuzatib, salomatlik miqdorini va uning vaqtga qarab o‘zgarib turishini, tibbiy, psixologik va ijtimoiy xavfli omillarni, sog‘lomlashtirish va profilaktik das turlarning hajmi va bahosini, samaradorligini hamda ularni targ‘ib qilish sharoitlarini inobatga olgan holda faqat patsiyentning o‘zi qaror qabul qilishi mumkin. STT shakllantirishda individuallik Yuqori Hayot ehtimoli yaxshi Moslashuvchanlik imkoniyati yuqori Salomatlik rezerv larini aniqlash O‘rta Hayot ehtimoli qoniqarli Past Moslashuvchanlik imkoniyati qoniqarsiz Moslashuvchanlik imkoniyati chegaralangan Tavsiyalar : ijobiy hayot tarzi meʼyorlariga rioya etish Maxsus sog‘lomlashtirish dasturlari . Davriy tekshiruvlar . Birlamchi profilaktika va reabilitatsiya dasturlari . Maxsus sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya dasturlari. Ikkilamchi ya profilaktika. Mutaxassis ko‘rigi . Organizm funksiyasini yangi darajaga olib chiq ish va rezerv imkoniyatlarini ko‘tarish Yuqori va o‘rtadan yuqori salomatlik miqdoriga ega bo‘lgan shaxslarning amalda maxsus tavsiyalarga ehtiyoji yo‘q. Agar hayot tarzi oqilona tashkil etilgan bo‘lsa bu meʼyor hisoblanadi. Hatto, biroz chekishi va ortiqcha vazni, ji smoniy faollikning pastligi va kam miqdorda alkogol isteʼmol qilishiga qaramasdlan kelgusi 8 yil mobaynida ularda hayot ehtimoli yomonlashmasligi mumkin. Har olti oyda salomatlik miqdorini aniqlash bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan muntazam o‘tib turish tavsiya etiladi. Shu b ilan birga o‘rta va o‘rtadan past salomatlik darajasiga ega bo‘lgan shaxslarda hatto, chekmasa, ozg‘in va harakatchan bo‘lsa, alkogol isteʼmol qilmasa ham ularni sog‘lomlashtiruvchi qo‘shimcha dasturlar talab etiladi. Maqsadni amalga oshirish uchun ikkinchi tekshiruv o‘tkaziladi va bunda hayot sifati baholanib, kasallanish va o‘limga olib keluvchi xavfli omillar aniqlanadi. Tekshiruv natijalariga qarab, xulq atvorni shakllantirishning turli modellari tavsiya etiladi. 1. Noinfeksion kasalliklar belgisi aniqlangan shaxslar ( YUIK, miya qon aylanishining yetishmovchiligi, onkologik kasalliklar, surunkali bronxit, gipertoniya) klinik tekshiruvlar va davolashga qadar mutaxassisga maslahatga yuboriladi. Shuni nazarda tutish lozimki, o‘lim ko‘rsatkichlariga nisbatan olganda ikkilamchi profilaktika ish lari samarasizligicha qolmoqda. Shuning uchun noinfeksion kasalliklarni oldini olishda va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishda birlamchi profilaktikaning ahamiyati haqida chuqrroq o‘ylashimiz zarur. 2. Ruhiyemotsional toliqqan, depressiyaga, seksual qanoatlanmaslik va yuqori stressga ega bo‘lgan hayotiy vaziyatlarga tushgan shaxslar asosan psixolognevrolog hamda psixologvaleologga yuboriladi. 3. Kasallikning xavfli omillari mavjud bo‘lgan biroq, hali kasallik belgilari aniqlanmagan shaxslarga muammolarni bartaraf etish uchun tavsiyalar beriladi va sog‘lomlashtirish dasturlari ishlab chiqiladi. Patsiyentlarga taqdim etiladigan qon bosimi, chekish, giperxolesterinemiya, ortiqcha vazn muammolarinimuntazam nazorat tavsiyalar etishbo‘yicha beriladigan keng qamrovli bo‘ladi. odatdagi shifokor tavsiyasiga nisbatan Yangi yondoshuvlarga zaruratning paydo bo‘lishi, shu paytgacha xavfli omillarga qarshi olib borilgan sog‘lomlashtirish tadbirlarining samaradorligi past bo‘lganidan dalolat beradi. Yurakqon tomir kasalliklarini profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan yiri k dasturlar doirasida tibbiy sog‘lomlashtirish modellari o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkoniyatini bermadi. Sog‘lomlashtirish tavsiyalarining turlarini kengaytirish avvalo ijtimoiy psixologik sharoitlarni yaxshilashga qaratiladi. Maʼlumki, kasallanish, mehnatga layoq atsizlik va o‘lim aksariyat hollarda yolg‘iz, depressiyaga tushgan, ruhiy toliqqan, hayotidan qoniqmagan, hasadgo‘y va pessimist shaxslar orasida ko‘proq uchraydi. Masalan, hayotdaijtimoiy qo‘llab-- quvvatlash past bo‘lgan odamlarga nisbatan yaxshi do‘stona aloqalarga ega bo‘ uchraydi. lgan erkaklar orasida o‘lim 3,2 barobar kam Bo‘ydoq erkaklar orasida, uylangan erkaklarga nisbatan o‘lim sil kasalligidan 8 marta, jigar sirrozi va pnevmoniyadan 5,7 marta, xalqum xavfli o‘smasidan 3,1 marta hamda yurak qontomir kasalliklaridan 2 mart a ko‘p uchraydi. Erkaklar o‘limi farzandsiz oilalarda farzandi bor oilalarga nisbatan 2,1 marta ko‘p qayd etiladi. Kelgusi rejalari bo‘lmagan keksa yoshdagi erkaklar orasida, hayotiy istiqbolli rejalari bor erkaklarga nisbatan o‘lim xavfi 2,4 martaga ortadi. Ijti va moiypsixologi subʼektiv. k omillar quyidagilarga bo‘linishi mumkin : obʼektiv Agar obʼektiv sharoitda yashash maydonining torligi, subʼektiv jihatdan turar joydan qanoatlanmaslikka sabab bo‘ladi.va Bunday holatda patsiyentga salomatlikni mustaxkamlash uchun obʼektiv subʼektiv sharoitlarni yaxshilash tavsiya etiladi. Agarda, omillardan birontasini tanlashga to‘g‘ri kelsa, unda salomatlik uchun ruhiyat xotirjamligi va barqarorligi eng muhim hisoblanadi. Haqiqatdan ham erishib bo‘lmaydigan maqsadlar oldida, ehtiyojlarni kamaytirish yoki uning o‘rniga o‘rinbosar boshqa choralarni ko‘rish, yoki ushbu erishish murakkab bo‘lgan maqsadalarni shaxsiy ustuvor yo‘nalishlarning eng oxiriga qo‘yish lozim. Bunday holatlarda patsiyent nima qilish kerakligini aniq tushunib yetsagina, u mavjud muammolarga qanday kura shish lozimligini biladi va buni mustaqil amalga oshiradi. Boshqa holatlarda patsiyentga psixovaleologning yordami tavsiya etiladi. Shu bilan birga, tibbiyotning zamonaviy taraqqiyot davrida, sog‘lomlashtirish tibbiyotini birlamchi tibbiyot bo‘g‘inida hamda har bir amaliyot shifokori o‘z faoliyatiga tadbiq etishi lozim. Shuning uchun, har bir shifokor valeologiyaning zamonaviy uslublari va tamoyillarini o‘zlashtirishi va amaliyotga tadbiq etishi maqsadga muvofiq sanaladi. Bugungi kunda, differensiyalashgan yondoshuvlar yordamida individiumning hayot faoliyati sharoitlarini va yoshini inobatga olgan holda odamning adaptatsionfiziologik rezervlarining holatini obʼektiv baholash, umuman salomatlikni tashxislash tizimini yaratish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Jumladan, salomatlikni saqlash va mustahkamlash b o‘yicha tibbiy gelio-- nasliy, meteotrop va boshqa yondoshuvlar yordamida ilmiy asoslangan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiyalar majmuasidan iborat salomatlikni prognozlash tizimini yaratish zarur. Zamonaviy amaliyot shifokori so‘rovnoma o‘tkazish, anamnez yig‘ish, pats iyentni obʼektiv ko‘rish va tashxislashdan tashqari, salomatlik miqdorini o‘lchash ko‘nikamlariga ega bo‘lishi, organizm rezervlarini va kelgusi hayot prognozini aniqlash hamda sog‘lomlashtirish dasturlarini tuzishni bilishi lozim. Umuman kasallik tarixiga standartlarga aso slangan maʼlumotlarni yozish bilan birga har bir patsiyentning hayot tarzi, xavfli omillar, ovqatlanishi, jismoniy faolligi hamda psixoemotsional holatidan kelib chiqib, salomatlik miqdorini hisobga olish va qayd etish zarur hisoblanadi. Shuning uchun, bugungi zamon aviy yondoshuvlar amaliyot shifokorining faoliyatiga qo‘shimcha axborot sifatida salomatlik personal kartalari tuzishni talab etadi. Sog‘lomlashtirish tibbiyotining uslublarini joriy etish qator masalalarning yechimini topishga yordam beradi. Jumladan, dori vositalarini ist yeʼmolini chegaralash, xavf omillarini kamaytirish, xulq atvor omillarini boshqarish, ijtimoiy-- iqtisodiy muammolarni yaxshilash va umuman hayot sifatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatish shular qatoriga kiradi. Shundan kelibchiqadiki, valeologik taʼsir ko‘rsatishning obʼekti nafaqa t sog‘lom odamlar balki, uchinchi holatdagi (kasal oldi) odamlar ham hisoblanadi. Amaliy tajribalar ko‘rsatadiki, sog‘lomlashtirish tibbiyotining tamoyillari organizm rezervlarini ko‘tarish maqsadida hatto bemorlar uchun ham samarali bo‘lishi mumkin, shunda qo‘llaniladi gan dori vositalarining miqdori kamayib umuman salomatlikni tiklashga sifatli taʼsir ko‘rsatadi. Shunday qilib, sog‘lomlashtirish tibbiyotining tamoyillarini amaliy tibbiyotga tadbiq etish, birlamchi bo‘g‘inda faoliyat olib boruvchi shifokorlarni fikrini yangicha tomonga o‘ zgartiradi va ular ongida profilaktik (sog‘lomlashtirish) tibbiyot yetakchi o‘ringa chiqadi. Maʼlumki, hamma davrda tibbiyot taraqqiyotida doimo profilaktik tibbiyot sohasi fundamental asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan.Sog‘lomlashtirishning yangi uslublari va texnologiyalari ni har tomonlama va chuqur egallashamaliyot shifokori uchun ancha murakkab. Biroq, u salomatlik miqdorini aniqlash va prognozlash, sog‘lomlashtirish dasturlarini tuzish, hayot tarzini ijobiy tomonga shakllantirish hamda patsiyentda o‘z salomatligiga masʼuliyat bilan qarashga turtki berishning uddasidan chiqadi va bu davr talabi hisoblanadi. Jismoniy, ruhiy va seksual salomatlikni va hayot sifatini aniqlashni testlar bo‘yicha keng qamrovli chuqur o‘rganishni maxsus bilimga va ko‘nikmaga ega bo‘lgan vrachSalomatlik valeolog o‘tkazishi lozim. miqdorini aniqlash bo‘yicha juda ko‘p uslublar mavjud bo‘lib, ular turlicha yondoshuvlar va tamoyillarga asoslanadi. Amaliyot shifokori uchun salomatlik darajasini aniqlashning sodda uslublarini bilish kifoya: yosh, jins, qon bosimi, o‘pkaning hayot sig‘imi, xavfli xulqatv or omillari chekish, jismoniy faollikning pastligi, qonda xolesterin miqdorining ko‘pligi, ichkilikbozlik va h.k. Olingan ushbu axborotlar nafaqat patsiyent organizmining holatini balki uning turmush tarzini ham to‘liq ifodalaydi, bu esa o‘z navbatida salomatlik miqdorini aniqlashga va sog‘lomlashtirish dasturlarini tuzishga imkon beradi. Sog‘lomlashtirish dasturlari bilan ishlashda patsiyentning vaznini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Buning bir necha turlari mavjud bo‘lib, shulardan biri Ketle formulasi aniqlaydi. tana vazni indeksining (TVI) ortishi yoki kamayishini Ushbu indeks quyidagi formulada ifodalanadi: TVI MN v azn/bo‘y kg (m /kv ) =M(kg) : N(m2),Formulaga asosan tana vaznini (kg)da raqami bo‘y o‘lchovining metr kvadratiga bo‘linadi. M: vazn65 kg, bo‘y 1) 1,75*1,75=3,0625 1 metr, 75 sm. 2) 65: 3,0625=21 (metr/kv) Shunday qilib, 65 kg vaznli, 175 m bo‘yga ega odamning TVI 21 ga teng, bu yaxshimi yoki yomon? Ayollar uchun TVI 25 dan oshmasligi lozim, aks holda tezda vaznni kamaytirish zarur, chunki bunday indeks saloma tlikka xavf tug‘diruvchi ortiqcha tana vaznidan dalolat beradi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, agar tana vazni 56 ga meʼyordan ortiq bo‘lsa zudlik bilan uni kamaytirish zarur.TVIning formulasi bo‘yicha, tana vazni meʼyoridan oshsa, bunda albatta organizmning yoshga qarab o‘zgarishni inobatga olish zarur. Organizmda kechadigan moddalar almashinuvining o‘zgarishi optimal tana vaznidan xabar beradi, shuning uchun bitta odamning o‘zida turli yoshda TVI tana og‘irligi turlicha bo‘lishi mumkin. Amosov bo‘yicha salomatlik miqdorini aniqlash Baʼzi f unksional o‘lchovlarga qarab o‘rtacha arifmetik hisoblash yo‘li bilan salomatlik miqdori o‘lchanadi (5 ta o‘lchovdan kam bo‘lmasligi lozim), so‘ngra ushbu ko‘rsatkichlar meʼyoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi. Agar tekshirilayotgan odamda tinch yotgan holatda puls bir da qiqada meʼyorida 66 marta ursa, kun bo‘yi kuzatuv davomida bir daqiqada 72 urishga o‘tadi, bu normadan 92% ni tashkil etadi, yaʼni meʼyordan 8% og‘gan hisoblanadi. Vertikal holatga o‘tishi bilan puls bir daqiqada 86 marta uradi, yaʼni 19,44% ga o‘sdi va birgalikd a 15% meʼyoriy ortishi kuzatildi, normadan 77,3%ni tashkil etdi. Shunday uslublar bilan yana 45 ta informativ ko‘rsatkichlarni tekshirganda, ularni jamlab so‘ngra olingan so‘mmani qo‘llanilgan ko‘rsatkichlar soniga bo‘lsak, salomatlik miqdorini topishimiz mumkin bo‘ladi . Shunday qilib, avvalgi maʼlumotlarni va maxsus sog‘lomlashtirish dasturlarini qo‘llab, biz sog‘lomlashtirishning patsiyentga taʼsirini aniqlashimiz va baholashimiz mumkin. Zamonaviy tadqiqotlar ko‘rsatadiki, salomatlik darajasi deganda, organizm funksional holatinin g miqdoriy xarakteristikasi tushuniladi. Salomatlikni kompleks baholash quyidagi imkoniyatlarni beradi: to‘g‘ri taʼsir etish uchun organizmning noziklashgan tomonlarni aniqlaydi;--individual sog‘lomlashtirish dasturlarini tuzadi va uning samaradorligini baholaydi; hayotga xavf soluvchi kasalliklarning paydo bo‘lish ehtimolini aniqlaydi; odamning biologik yoshini aniqlaydi. Baʼzi tadqiqotlarda 10 eng informativ va sodda ko‘rsatkichlar keltiriladi, bular natijasida tezkorlik bilan salomatlik miqdorini aniqlash mumkin.