NOREVMATIK KARDITLAR
Norevmatik kardit - nospesifik yalliglanish xususiyatli o’zgarishlar hisobiga yurak mushaklarining shikastlanishi. Autopsiya ma'lumotlariga ko'ra bolalar aholisi orasida kattalarga qaraganda karditlarning tarqalishi yuqori; og’ir shakllari erta yoshdagi bo
Norevmatik kardit - nospesifik yalliglanish xususiyatli o’zgarishlar hisobiga yurak mushaklarining shikastlanishi. Autopsiya ma'lumotlariga ko'ra bolalar aholisi orasida kattalarga qaraganda karditlarning tarqalishi yuqori; og’ir shakllari erta yoshdagi bolalarda uchraydi. Ko’pincha karditlar virusli epidemiya vaqtida ancha ko’payadi. Etiologiya va patogenezi. Qo'zgatuvchisidan qat'iy nazar turli infeksion kasalliklar kardit bilan asoratlanishi mumkin. Lekin ko’pchilik ho’llarda kardit o’tkir virusli infeksiyali bolalarda rivojlanadi. Ularning paydo bo’lishigada Koksaki virusi, ayniqsa A va V guruhlari va ECHO virusi katta ahamiyatga ega. Boshqa etiologik omillarga gripp va paragripp, qizilcha, parotit, sitomegalovirus va boshq. kiradi. Norevmatik kardit bakteriyalar, rikketsiyalar, zamburuglar va boshqa infeksion agentlar tomonidan cha?irilishi mumkin. Noinfeksion kelib chiqish xususiyatiga ega norevmatik karditlar ham farqlanadi, jumladan allergik va toksik miokarditlar. Bakterial karditlar ko’krak yoshidagi bolalarda teri, otogen sepsis sababli rivojlanadi, ancha kattalarda esa - gematogen osteomielit fonida paydo bo’ladi. Zamburug’li karditlar surunkali kasalliklari mavjud bemorlarda, uzoq vaqt antibiotik olganlarda paydo bo’ladi.Oxirgi yillarda irsiy omilar diqqatni tortyapti. Bunday qo’llarda kardit kam simptomli, yurak yetishmovchiligi rivojlanishi faqat oxirida bo’ladi. Uning asosida genetik determinirlangan virusga qarshi immunitet nuqsoni yotadi. O’tkir va surunkali kardit patogenezi turlicha. O’tkir karditda infeksion omil (boshlovchi omil) ta'siri ahamiyata ega, yallig'lanish mediatorlarini ajratish, gipersezuvchanlik reaksiyasining yuqori bo’lishiga va hujayra infiltrasiyasi tomirlar devorlarini shikastlaydi. Autoallergiya kasallikning o’tkir kechishida faqat komponent bo’lishiga mumkin, lekin yetakchi emas. Immun komplekslarning turli tuzilishi, ular olchamlari, joylashish joyi va miokardning reparativ reaksiyalari turli-tumanligi sababli o’tkir karditning yaxshi sifatli va yomon sifatli oqibati bo’lishiga mumkin.Surunkali kechishida qo’zgatuvchi asosiy ahamiyatga ega emas va kasallik asosida autoimmun buzilishlar yotadi. Bu holda autoantitanachalar (antikardial antitanachalar) va/yoki sensibilizasiyalangan limfositlarning autoallergenlar bilan o'zaro ta'sir qilishi sodir bo’ladi. Ikkilamchi autoantigenlarga javoban antikardial antitanachalar paydo bo’ladi, odatda agressiv. Bunday holat hosil bo’lishiga T-supressorlarning past faolligi natijasidir, bu xelper ta'sir hiluvchi va giperstimulyasiyalangan V-limfositlarga bog’liq. Avvalo surunkali karditlar (o’z-o’zini tutib turuvchi jarayon, tizimli xususiyatli, yomon sifatli va residivlanuvchi kechishi, terapiyaga rezistentligi) ularning shakllanishida autoimmunn mexanizm haqida oylashni taqozo qiladi. Ko’p yillik kuzatuvlar asosida Belokon N.A. hammualliflari bilan bolalardagi norevmatik karditlarning ishchi tasnifini berishdi. Norevmatik karditlar tugma va orttirilgan bo’ladi. Kasallik tasnifi uning kechishini aks ettiradi. Norevmatik karditlarda jadal boshlanishi bilan kechadigan, yurak-qon tomir yetishmovchiligi mavjud va nisbatan terapiyaga moyil o’tkir kechish turlarini ajratish mumkin.O’tkir osti karditlar ba'zi qo’llarda xuddi o’tkirdek boshlanishi mumkin, lekin sohayish 18 oygacha davom etadi, boshqa qo’llarda kasallikning ancha engil kechishi va sekin-asta rivojlanishi bo’lishiga mumkin (birlamchi o’tkir osti kechishi).Davomli surunkali kardit (18 oydan ko’p) ba'zi bemorlarda o’tkir yoki o’tkir osti boshlanish xarakeriga ega, boshqalarida esa u kuzatilmaydi (birlamchi surunkali kechish).Tug'ma karditlar ham o’tkir va o’tkir osti kechish xususiyatlariga ega. Kardit og’irligi kompleks klinik-instrumental ma'lumotlar: yurak o’lchamlari, yurak yetishmovchiligi ifodalanganligi, EKG dagi ishemik va metabo’lik o’zgarishlar darajasi, kichik qon aylanish doirasi holatiga bog’liq. Yurak etishmovchiligini baholash karditlarda o’zining xususiyatlariga ega. Bemorlarni kompleks tekshirish chap va o'ng yurak yetishmochiligi darajalarini ajratishga imkon berdi.
Norevmatik karditlarning tasnifi (Belokon N.A., 1984)
Kasallik paydo bo’lishi davri |
Orttirilgan Tug'ma (antenatal) - erta va kechki |
Etiologik omil |
Virusli, virus-bakterial, bakterial, parazitar, zamburug’li, iersinoz, allergik, idiopatik
|
Shakli (jarayonning asosiy joylashishiga qarab) |
Kardit Yurak otkazuvchi tizimi shikastlanishi |
Kechishi |
O’tkir - 3 oygacha O’tkir osti - 18 oygacha Surunkali - 18 oydan ancha ko’p (residivlanuvchi, birlamchi surunkali): dimlanish, gipertrofik variantlari |
Kardit og’irligi |
engil orta og’irlikdagi og’ir |
YuE shakli va darajasi |
chap qorinchali I, IIA, IIB, III daraja o’ng qorinchali I, IIA, IIB, III daraja Total |
Oqibati va asoratlari
|
Kardioskleroz, miokard gipertrofiyasi, o′tkazuvchanlikning buzilishi, gipertenziya, klapan apparatining shikastlanishi,konstriktiv mioperikardit, tromboembo’lik sindrom |