Covid-19 infeksiyasidaepidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil qilish. Epidemiologik nazoratni tashkil qilish.
Covid-19 infeksiyasiga qarshi kurash va ushbu xastalikning keng tarqalib ketishining oldini olish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, Respublika Sog‘liqni Saqlash tashkilotining muhim masalalariga kiradi. Ushbu kasallik keng tarqalishining oldi
Covid-19 infeksiyasiga qarshi kurash va ushbu xastalikning keng tarqalib ketishining oldini olish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, Respublika Sog‘liqni Saqlash tashkilotining muhim masalalariga kiradi. Ushbu kasallik keng tarqalishining oldini olish nafaqat Sog‘liqni Saqlash tashkiloti, balki hukumat miqyosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Sog‘liqni saqlash tashkilotiga bo‘ysunadigan barcha tarmoqlar epidemiyaga qarshi kurashda ishtirok etishlari shart (QVP, oilaviy poliklinikalar, bolalar shifoxonalari, tez yordam markazlari, ko‘p tarmoqli shifoxonalar, kardiologiya, endokrinologiya, dermatologiya, nevrologiya, gematologiya, ko‘z kasalliklar shifoxonalari, xususiy klinikalar, diagnostik markazlar, sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazlari, dam olish sihatgohlari, tez yordam markazlari va h.k.). Ushbu tashkilotlarda xizmat qilayotgan shifokorlar mutaxassisliklaridan qat’iy nazar koronavirus Covid-19 xastaligining tashxisi, klinikasi, profilaktikasi borasida kerakli ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Covid-19 xastaligining Respublika miqyosida keng tarqalib ketishining oldini olishda ichki ishlar vazirligi, favqulotda vaziyat vazirligi, temir yo‘l, havo yo‘llari transport agentliklari,vazirliklar, Davlat xavfsizligi tashkilotlari, O‘rta va Oliy ta’lim vazirligi, maktabgacha ta’lim vazirligi, banklar, nodavlat tashkilotlar, mahallaqo‘mitalari hamda O‘zbekiston fuqarolari volonterlari ishtirok etishi lozim. Respublika miqyosida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi lozim: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida koronavirus Covid19 epidemiyasining oldini olish va profilaktik chora-tadbirlar olib borishni tashkillashtirish uchun davlat komissiyasi tuzilishi shart. Sanitariya-epidemiologiya davlat komissiyasi tomonidan quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir: 1. CHet elda bo‘lgan va qaytib kelayotgan barcha O‘zbekiston fuqarolarini 14 kunga alohidalash. Ushbu fuqarolarni koronavirus Covid-19 ga tekshirish va ularda kundalik isitma o‘lchashni tashkil qilish. 2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini epidemiya kuzatilgan davrda chet elga chiqish vaqtincha to‘xtatilishi lozim. 3. Bolalar bog‘chalari, yaslilar, maktablar, institutlar, universitetlar, kollejlarning epidemiya tugaguncha faoliyati to‘xtatiladi (ushbu tashkilotlarga karantin e’lon qilinadi). 4. Teatrlar, stadionlar, restoranlar, choyxonalar, oshxonalar katta va kichik buyum do‘konlari, mehmonxonalar, mashinalarga texnik yordam ko‘rsatish shaxobchalari faoliyati epidemik vaziyat barqaror topguncha to‘xtatiladi. 5. Avia va temir yo‘l odamlarga xizmat turlari shahar transportlari, taksi xizmatlari, metro faoliyati epidemik holat barqaror topguncha to‘xtatiladi. 6. O‘zbekiston fuqarolari zaruriy vaziyat vujudga kelmaganda o‘z uylaridan chiqmaslik joriy qilinadi va uyda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o‘tkaziladi (aholi karantinga olinadi). 7. Epidemiyaga qarshi kurash, sanitariya-epidemiya chora-tadbirlarini o‘tkazish O‘zbekiston va hududiy televideniya, radio, gazeta va jurnallar orqali targ‘ibot o‘tkazishni tashkillashtirish maqsadga muvofiq. 8. Respublikaning barcha hududlarida: aholi ko‘p yig‘iladigan joylar, ko‘chalar, davlat tashkilotlari, ko‘p qavatli uylar pod’ezdlarida dezinfeksiya qilishni tashkillashtirish lozim. 9. SHaxsiy mashinalar, skuterlar, velosiped bilan ko‘chaga chiqish taqiqlanadi (faqat maxsus ruxsati bo‘lgan avtmashinalar yurishiga ruxsat beriladi). 10.Aholiga davlat tashkilotlarida ishlagan xodimlarga himoya niqoblari (maskalar) tutishi shart, oraliq masofa saqlanishi, qo‘lni tez-tez sovunlab yuvish tavsiya qilinadi. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar samarali o‘tkazilsa, koronavirus Covid-19 infeksiyasi keng tarqalishining oldi olinadi va o‘lim darajasi keskin kamayadi. SHuni ta’kidlash lozimki, koronavirus xastaligi qayd etilgan holda bemorlar Covid-19 shifoxonalariga yotqiziladi va davolanadi. Koronavirus Covid-19 infeksiyasining epidemiyasi kuzatilganda 3 xil shifoxonalar tashkil qilinishi maqsadga muvofiqdir. 1. Koronavirus Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan holda bemorlar Covid-19 klinikasiga yotqiziladi va davolanadi. 2. Koronavirus Covid-19 kasallar bilan muloqotda bo‘lganlar alohidalanadi (izolyasiya) va 14 kun mobaynida karantinga olinadi. Ushbu maqsadda hududlarda karantin shifoxonalari tashkil qilinadi. 3. Koronavirus Covid-19 infeksiyasi chiqqan davlatlardan kelgan O‘zbekiston fuqarolarini 14 kun mobaynida alohidalanadi. Ushbu maqsad uchun karantin shifoxonalari tashkil qilinadi. Bemorlar va karantinda bo‘lgan fuqarolar 2 marta PSR uslubi bilan tekshiriladi. 14 kun o‘tgandan so‘ng, virus qonda va nafas yo‘llarida PSR-uslubi bilan aniqlanmasa ushbu fuqarolarga uyga javob beriladi. Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan holda muloqotda bo‘lganlar o‘z vaqtida aniqlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Muloqotda bo‘lganlar 2 xil guruhga bo‘linadi: 1. Koronavirus Covid-19 bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar (birinchi guruh) 2. Birlamchimuloqotda bo‘lganlar bilan aloqada bo‘lganlar (ikkinchi guruh). Kontaktda (muloqotda) bo‘lganlarni aniqlashda bemorni ko‘rgan shifokor va epidemiologlar tomonidan aniqlik kiritiladi. Ikkinchi guruhda muloqotda bo‘lganlar uchun epidemiologlar tomonidan surishtiruv olib boriladi. Muloqotda bo‘lganlarni o‘z vaqtida aniqlashda, ularning manzilini aniqlash, qaerlarda muloqotda bo‘lganligi, kim bilan uchrashganligi, adreslar, manzillar, borgan joylarda kimlar bilan uchrashganligini aniqlashda surishtirish ishlariga ichki ishlar xodimlarini ham jalb qilish zarur bo‘ladi. Koronavirus Covid-19 bilan kasallangan bemorlar 5 nafardan to 300-400 nafargacha sog‘lom odamlarga kasallikni yuqtirishi mumkin. Muloqotda bo‘lganlarni aniqlash va alohidalash koronavirus Covid-19 infeksiyasining keng tarqalib ketishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Profilaktika tadbirlari. Aholi o‘rtasida profilaktik chora-tadbirlarni o‘tkazish koronavirus Covid-19 kasalligining keng tarqalib ketishining oldini olishda muhim axamiyat kasb etadi. 1. Karantin e’lon qilinganda fuqarolar va ularning oila a’zolari uy sharoitida alohidalanadi, ya’ni hamma fuqarolar uyda qoldiriladi. 2. Kundalik ehtiyoji uchun oziq-ovqatlarni savdo qilish maqsadida oila a’zolarining bittasi uydan tashqariga chiqish huquqiga ega bo‘ladi. Uydan tashqariga chiqqan fuqaro himoya niqob (maska) taqishi shart, savdo shaxobchalarida oraliq masofaga (2 metr) rioya qilishi shart. Uyga qaytgan fuqaro himoya niqobini almashtirishi, qo‘lini 20 soniya mobaynida sovunlab yuvishi, tashqi kiyim-boshini echib dezinfeksiya moddalari bilan artishi maqsadga muvofiqdir. 3. Fuqarolar uylarini tozalash, tez-tez dezinfeksiya moddalari bilan mebellar, oshxona buyumlari, hojatxona, umivalniklarni kuniga 3-4 marta, tozalash poroshogida tozalab yuvib turish maqsadga muvofiqdir. 4. YOshi 60 dan oshgan fuqarolar uydan tashqariga chiqishi kat’iyan man qilinadi. 5. Oila a’zolari vitaminga va oqsilga boy ovqatlar va ho‘l mevalar iste’mol qilishi tavsiya etiladi. Agar oila a’zolaridan birida isitma ko‘tarilsa va shamollash alomatlari paydo bo‘lsa tez yordam chaqirish tavsiya etiladi. Tez yordam kelguncha bemor alohida xonaga yotqiziladi va boshqa oila a’zolari himoya niqoblar kiyishi tavsiya etiladi. Issig‘i chiqqan bemor boshqa oila a’zolaridan tez yordam xodimlari kelgunicha alohidalanishi shart.