Covid-19 epidemiologiyasi. Jaxondagi va O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat.
Epidemiologiyasi. Asosiy infeksiya manbai yovvoyi va uy hayvonlari, hamda bemor odam hisoblanadi. Kasallik havo - tomchi yo‘li orqali yuqadi. Ikkilamchi yuqtirish holatlari (bemordan-sog‘lom odamga) tibbiyot xodimlari va bemorlar oila a’zolari o‘rtasida ku
Epidemiologiyasi. Asosiy infeksiya manbai yovvoyi va uy hayvonlari, hamda bemor odam hisoblanadi. Kasallik havo - tomchi yo‘li orqali yuqadi. Ikkilamchi yuqtirish holatlari (bemordan-sog‘lom odamga) tibbiyot xodimlari va bemorlar oila a’zolari o‘rtasida kuzatilgan. Barcha holatlarda infeksiya bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslarda kuzatilgan. Koronavirusli infeksiyalar chaqiradigan kasalliklar er yuzida keng tarqalgan bo‘lib katta yoshdagi insonlarning 80% ida virusga qarshi antiteloning borligi aniqlangan. Mavsumga qarab koronavirus infeksiyasi barcha yuqori nafas yo‘llari kasalliklarining10-35% ini tashkil qiladi. Koronavirus infeksiyasi kuzning oxiri, qish va bahorning boshlarida (rinovirusli infeksiya kam uchraganda) ko‘p uchraydi. Covid-19 ning epidemiologiyasi hozirgi kunda o‘rganilayapti. Birinchi bo‘lib ushbu infeksiya Xitoy Xalq Respublikasida qayd etildi (XXR) va ushbu davlatning barcha hududlariga tarqaldi. Ushbu infeksiyaning epidemik o‘chog‘i Xubey provinsiyasi hisoblanadi. 2020 yanvar oyining oxirlarida ko‘pgina mamlakatlarda XXRga borib kelgan shaxslar orasida kasallik qayd qilina boshladi. Fevral oyining oxirlarida epidemiologik vaziyat Janubiy Koreyada, Eronda va Italiyada yomonlashdi, keyinchalik esa ushbu vaziyat dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida kuzatildi. Ushbu pandemiyaning birlamchi kasallik manbai aniqlangani yo‘q. XXR Uxan (Xubey provinsiyasi) shahrida qayd etilgan birinchi kasallik so‘rab surishtirilganda, bemor bozordan dengiz baliqlari, ekzotik hayvonlar go‘shtini (ilon, ko‘r shapalak, pangolitlar) pishirmasdan, yarim pishirilgan holda iste’mol qilganligi aniqlandi. Covid-19 infeksiyasining epidemiya va pandemiya shaklida kechishiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi. 1. Aholining zichligi 2. Aholining migratsiyasi (chet elga chiqib kelishi) 3. Aholi yashaydigan xonalar va maydonlarning sanitariya-gigiena holatining yomonligi. 4. Aholining uch nafar va undan ortiq holda bir joyga yig‘ilishi (to‘ylar o‘tkazish, konsertlarda, san’at saroylarida aholining yig‘ilishi, umumiy ovqatlanish xonalariga bir vaqtda yig‘ilish) 5. Bolalarning bog‘chalarga va maktablarga borib guruhlar va sinflarda yig‘ilishi. 6. Oliy va o‘rta ta’lim institut va universitetlarida, kollejlarda ta’lim olayotgan talabalarning bir joyda yig‘ilishi. 7. Epidemiya kuzatilayotgan vaqtda fuqarolar to‘ylar va ma’rakalar o‘tkazishi. 8. Epidemiya kuzatilayotgan vaqtda fuqarolarning masjidlarga, senagoglarga, cherkovlarga borishi. 9. Oilaviy poliklinika va shifoxonalarda koronavirus bilan kasallangan fuqarolarni tashxis qo‘ymasdan qabul qilish va davolash. 10. SHaharlarda va viloyat hududlarida maxsus ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxsiy avtomashinalarda odam olib yurish. 11. CHet eldan kelayotgan o‘zbekiston va chet el fuqarolarni tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib shaharga kiritish. Ushbu omillar Covid-19 infeksiyasining keng tarqalib epidemiyaga va pandemiya shakliga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi paytga (2021 yil aprel) kelib ushbu kasallik dunyoning 213 dan ortiq mamlakatlarida qayd qilingan. Butun dunyoda Covid-19 bo‘yicha epidemiologik vaziyat 2021 yil 24 aprel xolatiga ko‘ra: Kasallanganlarning umumiy soni – 146 253 173 nafar; O‘lganlar – 3 099 626 nafar. Dunyoda Covid-19 bilan kasallanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mamlakatlar (2021 yil 24-aprel holatiga) 1. AQSH ➖ 32 735 704 2. Hindiston ➖ 16 602 456 3. Braziliya ➖ 14 238 110 4. Fransiya ➖ 5 440 946 5. Rossiya ➖ 4 744 961 6. Turkiya ➖ 4 550 820 7. Buyuk Britaniya ➖ 4 401 109 Jadval-1 O‘zbekiston Respublikasining har xil hududlarida Covid-19 tarqalganligi (2021 yil 23-aprel holatiga) № Hududlar Qayd etilgan bemorlar soni Sog‘ayganlar Abs. % 1 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 999 954 95 2 Andijon viloyati 2426 2388 98 3 Buxoro viloyati 1660 1607 97 4 Jizzax viloyati 956 912 95 5 Kashkadaryo viloyati 1675 1648 98 6 Navoiy viloyati 741 723 98 7 Namangan viloyati 2824 2794 99 8 Samarqand viloyati 3143 2969 94 9 Sirdaryo viloyati 1381 1346 97 10 Surxondaryo viloyati 1197 1160 97 11 Farg‘ona viloyati 953 939 99 12 Xorazm viloyati 1046 1035 99 13 Toshkent viloyati 16917 16424 97 14 Toshkent shahri 52761 50637 96 15 Respublika bo‘yicha 88679 85536 97 Bemorlar yo‘talganda, aksirganda va balg‘am chiqarganda kasallik sog‘lom odamga yuqadi. Ayrim bemorlarda fekal-oral yo‘l bilan ham kasallik yuqishi mumkin. Covid-19 virusi tashqi muhitga chiqsa, oziq-ovqatlarni, ro‘zg‘orda ishlatiladigan idish tovoqlarni, suvni va boshqa predmetlarni zararlashi mumkin. Covid-19 yuqori kontagioz infeksiya bo‘lib bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarga tez yuqadi, tibbiyot xodimlarining kasallanganligini bunga misol qilsa bo‘ladi. Covid-19 epidemik jarayonining kelib chiqishida va rivojlanishida 3 ta bo‘g‘in (zveno) qatnashadi. Birinchi bo‘g‘in kasallik qo‘zg‘atuvchisining manbai (subklinik, inapparat holda kechgan bemorlar, engil, o‘rta og‘ir va og‘ir shaklda kechgan bemorlar, virus tashuvchi) Ikkinchi bo‘g‘in – yuqish yo‘llari, yuqish mexanizmi. A) havo-tomchi B) maishiy-muloqot V) fekal-oral Ushbu yuqish yo‘llari orqali Covid-19 bemor va virus tashuvchidan sog‘ odamlarga yuqadi. Uchinchi bo‘g‘in - Covid-19 ga nisbatan aholining moyilligi. Ushbu kasallik virusi ilgarilari aholi orasida tarqalmaganligi, aholi bu virus bilan to‘qnashmaganligi tufayli, aholi orasida populyasion immunitet yo‘q. SHuning uchun ham aholining moyilligi yuqori. Ushbu infeksiya bilan barcha yoshdagi kishilar kasallanadi. YOsh bolalarda kasallik engil, sublinik shaklda kechsa, katta yoshdagi kishilar va qariyalarda ushbu infeksiya og‘ir va o‘ta og‘ir shaklda kechadi. Yo‘ldosh (qo‘shimcha) kasalliklari bo‘lgan kishilarda (surunkali o‘pka kasalliklari, surunkali yurak-tomir kasalliklari, surunkali jigar va buyrak kasalliklari, qandli diabet kasalliklari) Covid-19 og‘ir, o‘ta og‘ir va asoratli o‘tadi. Covid-19 epidemiologik nuqtai nazardan qisqa muddat ichida aholi o‘rtasida keng tarqalishi (epidemiya) va pandemiya holatini vujudga keltiruvchi infeksiya hisoblanadi.