Covid-19 da epidekmik jarayon rivojlanishi. Covid-19ning standart ta’rifi.
Kasallikning yuqish yo‘llari. Covid-19 ning yuqish yo‘llari 3 xil. a) havo-tomchi b) maishiy-muloqot v) fekal-oral A) Covid-19 ning keng tarqalishida asosiy yuqtirish yo‘li havo-tomchi yo‘li hisoblanadi. Bemor yo‘talganda, aksirganda va nafas olib chiqarga
Kasallikning yuqish yo‘llari. Covid-19 ning yuqish yo‘llari 3 xil. a) havo-tomchi b) maishiy-muloqot v) fekal-oral A) Covid-19 ning keng tarqalishida asosiy yuqtirish yo‘li havo-tomchi yo‘li hisoblanadi. Bemor yo‘talganda, aksirganda va nafas olib chiqarganda koronaviruslarni tashqi muhitga chiqara boshlaydi. SHuni ta’kidlash kerakki, virus bemor yo‘talganda, aksirganda, chiqargan tomchi suyuqligi tarkibida tashqi muhitga chiqadi. Havo tomchi yo‘li bilan tashqi muhitga chiqqan viruslar bemor qo‘lini, ko‘z shillik pardasini, tashqi muhitdagi predmetlarni zararlaydi. Bemorlar kasallik davrida gigienik himoya niqobini tutmagan bo‘lsa, viruslarni tashqi muhitga maksimal ravishda chiqaradi. B) Koronaviruslarning yuqori muloqot xususiyatga ega bo‘lganligi sababli maishiy-muloqot yo‘l bilan yuqishi kuzatiladi. Tashqi muhitga chiqqan viruslar sochiqda, dastro‘molda, yuvish jo‘mraklarida, pulda, temirda, inson tanasida 2 kundan to 7 kungacha saqlanadi. Ushbu predmetlarni sog‘lom odamlar ishlatsa, kasallikni o‘ziga yuqtirishi mumkin. Epidemiologik tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilmagan insonlarga Covid-19 boshqa odamlarga nisbatan ko‘proq yuqishi kuzatilgan. V) Fekal-oral yo‘li bilan Covid-19 bemor odamdan sog‘lom odamga yuqishi isbotlanmagan. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar balg‘ami bilan viruslar katta miqdorda oshqozon-ichak traktiga tushadi va bemor najasi orqali tashqi muxitga chiqadi. Ushbu holat ko‘pincha bemor bolalarda kuzatiladi. Sanitariya-epidemiologiya qoidalarini buzgan ota-onalar, bemor bolaning yaqinlari ushbu kasallikni o‘zlariga fekal-oral yo‘li bilan yuqtirishi mumkin. Covid-19 kasalligiga moyillik. Covid-19 bo‘lgan moyillik o‘ta yuqori. Ushbu kasallik bilan chaqaloqlar, yosh bolalar kasallanganligi kuzatilgan. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ushbu kasallik butun dunyoda qayd etilgan. CHaqaloqlar va yosh bolalarda o‘tkazilgan tajribalar hozircha ularda immunitet nechog‘lik davom etishi yaxshi o‘rganilmagan. Koronavirus infeksiyasini boshidan o‘tkazganlarda immunitet qay holda saqlanib qolishi, aglyutininlar, gemaglyutipinlar, komplimentlar holati, hujayra immuniteti holati yaxshi o‘rganilmagan. Umumiy kasallanganlarning 10.0%-15.0% 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi. Asosiy kasallar 15 yoshdan yuqoridagilarda qayd etilgan. SHuni qayd etish kerakki ushbu infeksiya 60 yosh va undan kattalarda og‘ir o‘tishi natijasida o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligi xarakterlidir. SHu bilan birga Covid19 odam organizmining immun tizimidagi etishmasligiga bevosita bog‘liqligi ham isbotlangan. Hozirgi kunda Covid-19 infeksiyasining mavsumiyligi aniqlanmagan. Covid-19 virusi +40S dan to 500S gacha saqlanib qolib, viruslar kuchayishi isbotlangan. Demak, ushbu infeksiya yoz oylarida ham davom etishi mumkin. Covid-19 ning standart ta’rifi Shubhali holat – O‘tkir respirator infeksiya (O‘RI) klinik belgilari mavjud (tana harorati 37,50 dan baland, aniq tashhis bo‘lmagan quyidagiklinikbelgilardan birontasi yoki bir nechtasi mavjud bo‘lsa: quruq yo‘tal, xansirash, ko‘krak qafasida siqilish sezish, pulsoksimetrda qonning kislorod bilan to‘yinganligi (SpO2) ≤ 95%, tomoqda og‘riq, burun bitishi, hid bilish qobiliyatining pasayishi yoki yo‘qolishi (giposmiya yoki anosmiya) ta’m bilish qobiliyatining yo‘qolishi (disgevziya), kon’yuktivit, lohaslik, mushaklarda og‘riq, bosh og‘rig‘i, qusish, ich ketishi, terida toshmalar paydo bo‘lishi). Ehtimolli (klinik jihatdan tasdiqlangan) holat 1. O‘tkir respirator infeksiya (O‘RI) klinik belgilari mavjud (tana harorati 37,50 dan baland, aniq tashhis bo‘lmagan quyidagi klinik belgilardan birontasi yoki bir nechtasi mavjud bo‘lsa: quruq yoki balg‘amli yo‘tal, hansirash, ko‘krak qafasida siqilish sezish, (SpO2) ≤ 95%, tomoqda og‘riq, burun bitishi, hid bilish qobiliyatining pasayishi yoki yo‘qolishi (giposmiya yoki anosmiya) ta’m bilish qobiliyatining yo‘qolishi (disgevziya), kon’yuktivit, lohaslik, mushaklarda og‘riq, bosh og‘rig‘i, qusish, ich ketishi, terida toshmalar paydo bo‘lishi) Quyidagi epidemiologik belgilardan hech bo‘lmaganda birontasi mavjud bo‘lsa: - Klinik belgilari paydo bo‘lgunicha 14 kun mobaynida xorijiy mamlakatlarga borganligi; - Kasallik boshlangunicha 14 kun oldin nazoratdagi Covid-19 bemori bilan yaqin muloqatda bo‘lganligi; - Kasallik boshlangunicha 14 kun oldin, Covid-19 tashhisi laboratoriyada tasdiqlangan bemor bilan muloqatda bo‘lganligi; - Covid-19 ga shubha qilingan yoki tashhisi tasdiqlangan kishi bilan ish yuzasidan muloqatda bo‘lganligi. 2. PZRda SARS-Cov-2 ga tekshirilishidan va epidemiologik anamnezidan qat’iy nazar yuqorida 1-punktda ko‘rsatilgan klinik belgilar bo‘lsa, shu bilan birga kompyuter tomografiyasida o‘pkada patologik belgilar aniqlansa. 3. PZRda tekshirish imkoniyati bo‘lmasa, kompyuter tomografiyasida o‘pkada patologik belgilar aniqlansa, yuqorida 1-punktda ko‘rsatilgan klinik belgilar mavjud bo‘lsa. Tasdiqlangan holat 1. Klinik belgilar bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar SARS-Cov-2 ning RNK si yoki antigeni PZR usuli bilan laboratoriyada aniqlansa. 2. Covid-19 klinik jihatdan tasdiqlangan kishida IgA, IgM, IgJ antitelolar aniqlansa. Muloqatda bo‘lgan shaxs - Covid-19 tashhisi klinik jihatdan tasdiqlangan (ehtimolli holat) yoki laboratoriyada tasdiqlangan Covid-19 tashhisi bo‘lgan bemorlar bilan ularda kasallik belgilari paydo bo‘lguncha 2 kun oldin yoki kasallikning 14 kun davomida muloqatda bo‘lgan kishilar. Bunday muloqot bemor bilan 1 metrdan kam bo‘lgan masofada 15 daqiqa mobaynida bo‘lishi mumkin. Himoya kiyimlarini kiymasdan bemorni parvarish qilishda sodir bo‘lishi mumkin.