13:25 / 30.07.2022

Koronavirus infeksiyasi haqida tushuncha. Covid-19 infeksiyasi. Etiologik hususiyatlari. Patogenezi.

Koronavirus infeksiyasi haqida tushuncha. Covid-19 infeksiyasi. Etiologik hususiyatlari. Patogenezi. Ushbu yuqumli kasallik o‘ta xavfli bo‘lib, muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. 2020 yildan boshlab pandemiya shaklida butun dunyoga tarqaldi. 2020 yil

Koronavirus infeksiyasi haqida tushuncha. Covid-19 infeksiyasi. Etiologik hususiyatlari. Patogenezi. Ushbu yuqumli kasallik o‘ta xavfli bo‘lib, muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. 2020 yildan boshlab pandemiya shaklida butun dunyoga tarqaldi. 2020 yildan ushbu kasallik 200 dan ortiq davlatlarda epidemiya shaklida qayd etildi. Covid-19 O‘zbekistonda ham tarqaldi Covid-19 infeksiyasi 2019 yil noyabr oyida Xitoy xalq respublikasining (XXR) Uxan shahrida qayd etildi. Dastlabki bemor ushbu shahar fuqarosi bo‘lib, yuqori harorat, intoksikatsiya, nafas etishmasligi belgilari bilan og‘ir ahvolda shifoxonaga etkazilgan. Bemor og‘ir pnevmoniya xastaligidan vafot etgan. Qisqa muddat ichida ushbu kasallik Xitoy davlatining boshqa hududlarida ham qayd etila boshlangan. 2020 yildan boshlab esa Rossiya, Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH davlatlarida epidemiya shaklida tarqalgan. Mikroorganizmlarga nom qo‘yuvchi Xalqaro qo‘mita 2019 yil 11 dekabrda, yangi koronavirus kasalligini qo‘zg‘atuvchi virusga SARS-Cov-2 deb rasmiy nom berdi. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ushbu kasallikni Covid-19 (“coronovirus disease -2019”) deb atashni tavsiya qildi. ETIOLOGIYASI - Koronaviruslar (Coronoviridae) – RNK tutuvchi viruslar. Elektron mikroskop ostida ko‘rilganda tojsimon (korona) ko‘rinishiga ega. Ushbu viruslar tabiatda keng tarqalgan, odamlar va hayvonlar organizmida ko‘payib kasallik tug‘diradi. Koronaviruslar RNK musbat zanjirga ega va o‘ziga yarasha replikatsiya (qon hujayralar ichiga kirish) xususiyatga egaligi aniqlangan. Hozirgi kunda antigenlik hususiyati bo‘yicha koronaviruslar 4 guruhga bo‘linadi: Alphacoronavirus, Betacoronavirus, Gammacoronavirus, Deltacoronavirus. Koronaviruslar odamlarda bir qancha respirator kasallarni keltirib chiqaradi – engil shakldagi o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) to og‘ir shakldagi o‘tkir respirator kasalliklargacha (TORS yoki SARS). Hozirgi davrda odamlar orasida engil shakldagi mavsumiy o‘tkir respirator kasalliklarni chaqiruvchi 4 xildagi (Hcov-229E, -OC43, -NL63 va HKU1) koronaviruslar va og‘ir shakldagi respirator kasalliklarni chaqiradi, o‘ta patogenligikoronaviruslar – yangi sharq respirator belgili (sindrom) kasallik virusi (MERS) va yangi paydo bo‘lgan koronavirus infeksiyasi (Covid-19) virusi (SARSCov-2). SARS-Cov-2 – RNK saqlovchi virus bo‘lib, Coronoviridae oilasiga, Betacoronavirus turiga kiradi. Ushbu virus o‘ta patogenligi tufayli, mikroorganizmlarning II guruh patogenligiga kiradi. Covid-19 qo‘zg‘atuvchi virus ko‘rshapalaklarda uchrashi ham isbotlangan. Hozirgi kunda koronaviruslarning xususiyatlari, antigen tuzilishlari o‘zgaruvchanligi, immunologik mutanosibligi monoklonal antitelalar hosil bo‘lishi, interleykinlar o‘zgarishi, test-sistemalar, davolash uslublarini yaratish borasida dunyoning ko‘zga ko‘ringan virusologlari, immunologlari, laboratoriya ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda. Koronaviruslar tashqi muhitga chidamli. Kasallangan bemorlardan ajralgan viruslar +40S - 300S haroratda bir necha soatdan to 14 kungacha tashqi muhitda saqlanib qoladi. Tashqi harorat +400S – 500S bo‘lgan taqdirda ham viruslar tashqi muhitda bir necha kun saqlanib qolishi mumkin. Bemor organizmidan yo‘talganda, aksa urganda ajralgan virus buyumlarda, qo‘lda, uy predmetlarida 3 kundan to 7 kungacha saqlanib turadi. Virus 1.0% xlor va xlor tutuvchi moddalarga chidamsiz, 70% spirtga ta’sirchan. Koronavirus tarkibida lipidlar qobig‘i bo‘lganligi sababli ishqor tutuvchi sovun va ishqoriy moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi.