Covid-19 infeksiyasining maxsus profilaktikasi.Profilaktik emlash. Emlash uchun qo‘llaniladiganvaksinalar va ularning samaradorligi
Covid-19 infeksiyasining maxsus profilaktikasi.Profilaktik emlash. Emlash uchun qo‘llaniladiganvaksinalar va ularning samaradorligi. Koronovirus infeksiyasiga qarshi profilaktik emlash o‘tkaziladi. Koronovirus infeksiyasiga qarshi dunyoning ko‘pgina mamlak
Covid-19 infeksiyasining maxsus profilaktikasi.Profilaktik emlash. Emlash uchun qo‘llaniladiganvaksinalar va ularning samaradorligi. Koronovirus infeksiyasiga qarshi profilaktik emlash o‘tkaziladi. Koronovirus infeksiyasiga qarshi dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bir qancha turdagi vaksinalar ishlab chiqarilgan. 2021- yilning boshlaridayoq dunyoda koronovirusga qarshi 200 ga yaqin vatsinalar ishlab chiqarilib ko‘pchiligi klinik sinovlardan o‘tkazildi. Bugungi kunda quyidagi vaksinalar keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda: Xitoyda ishlab chiqarilgan ZF-2001, Xitoy va O‘zbekistonlik olimlar hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi, Germaniya va Amerika Pfizer kompaniyalari ishlab chiqargan BiONTech vaksinasi, SHvetsiya-Britaniya kompaniyalari Oksford universiteti hamkorligida ishlab chiqarilgan Oxford Astra Zeneca vaksinasi. Koronovirusga qarshi Rossiyada Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tekshirish markazida ishlab chiqarilgan Sputnik V vaksinasi dunyoda birinchi bo‘lib 2021-yili 11-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Vaksinalarni saqlash, tashish ishlari maxsus sharoitlarni talab qiladi, ya’ni sovuqlik zanjiriga rioya qilinishi lozim. O‘zbekistonda sovuqlik zanjiri ob’ektlari qurilishi 1. Barcha viloyatlarda, Toshkent shahrida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida vaksinalar saqlanadigan omborlar qurilib ishga tushirilgan 2. 10 dan oshiq tumanlarda omborlar qurilishi boshlangan 3. O‘zbekiston Respublikasi SEO va JS markazida vaksinalarni saqlaydigan sklad qurilib, kerakli asbob-uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan 4. Barcha skladlar sovutgichlar, muzlatgichlar, sovutish kameralari bilan to‘liq ta’minlangan 5. 32 ta Avtorefrajeratorlar vaksinalarni tashish uchun xizmat qilmoqda Respublikadagi tumanlar SEO va JS markazlarining vaksinalarni tashish va saqlash holati • Respublikadagi 206 ta tumanlar SEO va JS markazlarida 600 dan oshiqroq sovutgichlar va 300 dan oshiqroq muzlatgichlar mavjud • Birlamchi tibbiyot tizimidagi emlash xonalarida 2500 ta sovutgichlar ishlab turibdi O‘zbekiston Respublikasida 2021-yili 1-apreldan boshlab aholini ommaviy emlash ikki xil vaksina (Astra Zeneca va ZF-UZ-VAC 2001) bilan boshlandi. 2021 yil 1-maydan boshlab Respublikamizda ommaviy emlashga Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasi ham qo‘shildi. Ushbu vaksina bilan 2 marotaba emlanadi, emlashlar oralig‘i 21 kun. Astra Zeneca vaksinasi bilan ikki marotaba emlanadi, emlashlar oralig‘i 8 hafta. ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan uch marta emlanadi, emlashlar oralig‘i 21 kun. Vaksinalarning samaradorligi: • «EliVakKorona» - 92% • «Astra Zeneca» - 91% • «Sputnik V» - 92% • «KoviVak» - 85% Vaksinalarning samaradorligini aniqlash ma’lum bir vaqtni talab etadi. Covid19 pandemiyasi ikki yildan buyon xukm surmoqda. Bir narsani e’tirof etish mumkinki, vaksinatsiya masalasini yaxshi yo‘lga qo‘ygan mamlakatlarda, kasallanish xolatlari sezilarli darajadi kamayishiga, kasalliklar ro‘y bergan taqdirda xam uning engil tarzda o‘tishiga erishildi va o‘lim xolatlari xam kamaydi.