Miyada o‘simta paydo bo‘lganidan ogohlantiruvchi 8 ta simptom
Har qanday aniq tashxis shifokor tekshiruvidan keyin qo‘yiladi va “Domashniy Ochag”da to‘xtalib o‘tilgan alomatlar organizmning boshqa holati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin ekani haqiqat. Lekin kasallikni tuzatgandan ko‘ra uning oldini olgan yaxshi va shu b
Har qanday aniq tashxis shifokor tekshiruvidan keyin qo‘yiladi va “Domashniy Ochag”da to‘xtalib o‘tilgan alomatlar organizmning boshqa holati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin ekani haqiqat. Lekin kasallikni tuzatgandan ko‘ra uning oldini olgan yaxshi va shu bois quyidagi simptomlarga befarq bo‘lmaslik kerak.
Bosh og‘rig‘i
Hamma vaqt boshdagi og‘riqning aniq sababi nima ekanini bilib, farqlab bo‘lmaydi. Lekin og‘riq har kuni bezovta qilsa, davomiy bo‘lsa va kundan kunga kuchayib borsa, darhol shifokorga murojaat qilish va bosh miyani tekshirtirish kerak.
Ko‘z ravshanligining pasayishi
Bemorlar mustaqil ravishda taxmin qilishlari mumkin bo‘lmagan alomatlardan yana biri — perefirik ko‘rishning yomonlashishi hisoblanadi. Bu simptom ko‘pincha haydovchilarda kuzatiladi, to‘satdan ko‘rish maydoni torayib, ko‘z xiralashishi bilan namoyon bo‘ladi. Shifokorlarning ta’kidlashiga qaraganda, ushbu simptom ko‘pincha gipofiz atrofida o‘sma paydo bo‘layotganidan darak berishi mumkin.
Holsizlik va uyquchanlik
Miyaning motor qobig‘i tanadagi muskullarning harakatlanishiga javob beradi. Agar miyaning ushbu qismida o‘sma paydo bo‘lsa, miyadan muskullarga signal qiyinchilik bilan borishi yoki umuman bormasligi mumkin. Buning oqibatida esa oyoq-qo‘llarda bemajollik, yoki umuman og‘riq sezilmasligi mumkin. Shuningdek, holsizlik yoki uyquchanlik ham kuzatilishi mumkin.
Nutqda muammo kuzatilishi
Miyadagi o‘simtaga xos bo‘lgan simptomlardan yana biri fikrni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelish, nutq bilan bog‘liq muammolar sanaladi. Bu kerakli so‘zlarni ishlata olmaslik tushuntirib bera olmaslik bilan namoyon bo‘ladi. Sizda shunday holat tez-tez kuzatiladigan bo‘lsa, befarq bo‘lmang, shifokorga murojaat qiling.
O‘zini tutishning o‘zgarib qolishi
Jahldorlik, xavotir, depressiya, shuningdek, inson o‘zini tutishi, yurish-turishining keskin o‘zgarishi ham o‘simta paydo bo‘lishi bilan bog‘liq simptom bo‘lishi mumkin. Tibbiyot xodimlarining ta’kidlashiga qaraganda, miyaning old qismida o‘simta paydo bo‘lishi inson o‘zini tutishi hatto shaxsiyatiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Eshitish qobiliyatining susayishi
Eshitish qobiliyatining susayishi, tovush va ovozlarni anglash bilan bog‘liq muammolar ham miya o‘simtasiga xos simptomlardan biri bo‘lishi mumkin. Bunda quloq shang‘illashi, quloq ichida shovqin bo‘lishi kabilar ham kuzatilishi mumkin. Siz yoki yaqiningizda bu kabi alomatlar bo‘ladigan bo‘lsa, shifokor qabuliga yozilishni kechiktirmaganingiz ma’qul.
Reproduktiv muammolar
Miyaning bir qismi bo‘lgan gipofiz organizmdagi gormonlar, xususan, reproduktiv gormonlarning ham ishlab chiqarilishiga javob beradigan va ularning darajasini nazorat qiladigan bez hisoblanadi. Erkak va ayollarning farzand ko‘rish, onalarda laktatsiya bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi sababi gipofizda o‘simta paydo bo‘lganidan bo‘lishi mumkin.
Muvozanatni yo‘qotish
Miya boshqaradigan, o‘simta paydo bo‘lgach esa izdan chiqishi mumkin bo‘lgan muhim bo‘lgan vazifalardan biri harakat va muvozanat hisoblanadi. Siz yoki yaqinlaringizda yurayotganda gandiraklash, boshqa tomonga og‘ish yoki qorong‘ida harakatlanishga qiyinchilik sezish hamda tez-tez muvozanatni yo‘qotish kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling.
Mavzuga doir: