21:06 / 21.06.2022

QUTURISH KASALLIGI - BELGILARI, XUSUSIYATLARI, TASHXIS, DAVOLASH VA OLDINI OLISH

Quturish kasalligi haqida

Quturish kasalligi— quturish virusi (Rabies virus) qo’zg’atadigan virusli kasallik, issiqqon hayvonlar va odamlarda uchraydi. Odamga kasallangan hayvonlar tishlaganda yoki tirnaganda ularning so’lagi orqali yuqadi. Virus yuqganda markaziy asab tizimining og’ir progressiv shikastlanishi kuzatiladi.

Virus shikastlangan teri orqali asab oxirlari tomon harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga tarqaladi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, har yili 59 000 kishi quturish kasalligidan vafot etadi. Ularning 99 foizi quturgan it tishlashi natijasida kasallangan. Biroq, hayvonlar va insonlar uchun vaktsina mavjudligi quturish hollarda o’lim ko’rsatkichlarining kamayishiga olib keldi.

Virus markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, ayniqsa miya yallig’lanishiga sabab bo’ladi (o’ziga xos ensefalit). Mahalliy itlar, mushuklar, quyon va yovvoyi hayvonlar tishlashi va tirnashi orqali insonlarga virus yuqishi mumkin.

Quturishga qarshi kurash tezkor davo choralariga bog’liq bo’ladi.

Quturish belgilari va alomatlari.

Odamlarda quturish kasalligining asosiy belgisi –gidrofobiya yoki suvdan qo’rqish snaladi. Avval suv ichishdan qo’rqish kuzatilsa, keyinchalik suvni ko’rganda va suv haqida gap ketganda ham qo’rqish belgilari kuzatiladi. Qo’shimcha ravishda yutunish mushaklarining titroqli harakati, qo’rquv, tutqanoq, nafas olishdagi uzilishlar aniqlanishi mumkin.

Tutqanoq tovush va yorug’lik ta’siri oqibatida boshlanadi. Bemor hamma narsani sindirib, odamlarga tashlana boshlaydi, «zo’ravon» hujumdan keyin «jim» -falajlikning boshlang’ich belgisi boshlanadi. Shundan so’ng nafas olish to’xtashi va o’lim sodir bo’ladi.

Tishlashdan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lgunigacha bo’lgan vaqt kasallikning inkubatsion davri deb ataladi. Odatda kasallik alomatlari inson kasallanganidan 1-2 ой o’tib namoyon bo’la boshlaydi. Biroq, inkubatsiya davri bir necha kun yoki olti yilgacha cho’zilishi ham mumkin.

Quturish gripp kabi alomatlar bilan boshlanadi, jumladan:

· ISITMA;

· Mushaklarning kuchsizligi;

· Og’riqlar.

Bu asosiy belgilaridan tashqari yana tana haroratining 37°C gacha ko’tarilishi, ruhiy tushkunlik, uyquning buzulishi,UYQUSIZLIK, bezovtalik, tishlangan joyda og’riqlar (yara tuzalgan bo’lsa ham) qayd qilinishi mumkin.

Quturish virusi insonlarga quturgan hayvonlar tishlashi yoki tirnashi oqibatida jarohat joyiga ularning so’lagi tushishi natijasida yuqadi. Virusning shilliq qavat yoki ochiq jarohatlarga boshqa yo’llari orqali tushishida ham kasallanish sodir bo’lishi mumkin. Virus faqat hayvondan insonga yoki hayvondan va hayvonga yuqishi mumkin. Uning insondan inosnga yuqishi ehtimoli juda kam bo’lsa-da, tarixda bir necha shunday holatlar qayd etilgan.

Kishi infektsiyalangan bo’lsa, virus miyaga asab tolalari orqali tarqaladi. Virus miyada tez va jadal ko’paya boshlaydi. Bu faoliyat miya va orqa miyaning kuchli yallig’lanishiga olib keladi va bemorning ahvoli tezda yomonlashib, asfiksiya va yurak to’xtashi natijasida nobud bo’ladi. Jarohat bosh yoki bo’yin sohasida bo’lsa, miya va orqa miya shikastlanishi tezroq boshlanadi. Agar jarohat bo’yinda bo’lsa, iloji boricha tezroq tibbiy yordam chaqirish kerak.

Kasallikni tarqatuvchi hayvonlar.

Hayvonlar quturishining asosiy belgisi - uning xulqi o’zgarishi hisoblanadi: yaxshi uy hayvoni tajovuzkor, yovvoyi va tishlashga shay bo’lib qoladi.

Tashxislash.

Quturish infektsiyasini erta bosqichlarda aniqlash usullari hozircha mavjud emas. Simptomlar boshlanganidan keyin shifokorga insonning tibbiy holatini aniqlashgaQON TAHLILI yoki to’qima analizi yordam beradi. Agar kishi yirtqich hayvon tomonidan tishlangan bo’lsa, shifokorlar odatda alomatlar paydo bo’lishidan oldin infektsiyani to’xtatish uchun profilaktik vaktsinatsiyani belgilaydilar.

Odatda laboratoriya diagnostikasi amalga oshirilmaydi, ammo ko’zning yuzasidan quturish virusi antigenini aniqlab olish usuli mavjud.

Quturishni davolash

Hozirgi kunda virus yuqganidan keyin, insonga kasallanishni oldini olish uchun bir qator inyeksiyalar qilinadi. Virus bilan kurashish uchun quturishga qarshiimmunoglobulin beriladi. U quturishga qarshi antitanalarni darhol ishlab chiqilishiga imkon beradi va virusning kirib borishini oldini oladi. Shundan so’ng quturishga qarshi emlashni olish bu kasallikning oldini olishning kalitidir. Vaktsinalar 14 kun davomida beshta inyeksiya ketma-ketligida beriladi.

Hayvonlarni nazorat qilish xizmati kishini tishlagan hayvonni tekshirish uchun uni izlab topishga harakat qiladi. Hayvon quturmagan bo’lsa, kishi inektsiyalar olmasligi mumkin. Biroq, hayvon topilmasa, eng xavfsiz harakat chorasi — bu davolash usullarini qo’llashdir.

Quturishga qarshi vaksina qancha barvaqt olinsa, kasallikning oldini olish ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi. Shifokorlar jarohatni sovun va suv yoki yod bilan kamida 15 daqiqa davomida yuvish orqali davolashadi. Keyin immunoglobin yuboriladi va quturishga qarshi emlash boshlanadi.