Oyoq uvishishi — sabablari, belgilari, tashxislash, davolash va oldini olish
Oyoq uvishishi — odatda o’rta va katta yoshdagi odamlar orasida juda keng tarqalgan simptom hisoblanadi. Aksariyat hollarda ushbu holat umurtqa pog’onasining jiddiy patologiyalari mavjudligini ko’rsatadi.
Oyoq uvishishi — sabablari, belgilari, tashxislash, davolash va oldini olish
Oyoq uvishishi — odatda o’rta va katta yoshdagi odamlar orasida juda keng tarqalgan simptom hisoblanadi. Aksariyat hollarda ushbu holat umurtqa pog’onasining jiddiy patologiyalari mavjudligini ko’rsatadi.
Oyoqlar uvishib qolishining ko’plab sabablari mavjud, bu asosan pastki tana qismlarida qon ta’minoti buzilishi bilan bog’liq. Shikastlanish sohasi va tomoni ham ma’lum bir kasallikni ko’rsatishi mumkin.
Hamrohlik qiluvchi klinik tasvir etiologik omilga qarab farq qilishi mumkin, ammo asosiy belgilar sezgirlik yo’qolishi, yengil sanchish va et jimirlashi hisoblanadi. Patologiyaning birlamchi sababini aniqlash uchun instrumental diagnostika usullari yordam beradi. Asosiy simptomni bartaraf etish uchun ko’pincha konservativ terapiya usullari yetarli bo’ladi.
Mundarija
Oyoq uvishishi sabablari
Aksariyat holatlarda oyoq uvishishi umurtqa pog’onasi bilan bog’liq muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Biroq u zararsiz sabablar fonida paydo bo’lishi ham mumkin, masalan:
- Tananing uzoq vaqt noqulay holatda qolishi. Masalan, uyqu paytida yoki ish joyida uzoq vaqt o’tirish natijasida. Bunday holatlarda tana holati o’zgartirgach noqulaylik yo’qoladi;
- Past haroratlarning tanaga uzoq muddatli ta’siri. Organizmning gipotermiyaga reaktsiyasi aynan quyi tana qismlaridan boshlanadi. Sovuq mavsumda oyoqlarni doim issiqda tutish tavsiya etiladi;
- Noqulay yoki haddan tashqari tor poyabzal kiyish. Ko’pincha barmoqlar uvishishiga olib keladi, ammo agar bunday omil ta’sirini to’xtatilmasa, u holda butun oyoqlar bo’ylab tarqaladi;
- Homiladorlik davri. Bu vaqtda homilador ona tanasida suyuqlik hajmi ko’payishi kuzatiladi;
- Kamharakat yoki o’troq turmush tarzi. Oyoqlarning tizzadan pastki qismi uvishishining asosiy sababi hisoblanadi.
Oyoq uvishishining patologik sabablariga kelganda, ularning ro’yxati kengroq. Ko’pgina hollarda bunday simptom paydo bo’lishiga quyidagilar ta’sir qiladi.
Umurtqa pog’onasi kasalliklari;
- Tizimli tabiatga ega patologiyalar;
- Tunnel sindromi;
- Tarqoq skleroz;
- Qon aylanishining buzilishi;
- Artrit.
Simptom lokalizatsiyasi etiologik omilni batafsil aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib, sonlar uvishadigan bo’lsa, buning sabablari:
- Bel churrasi;
- Ko’pincha bel osteoxondrozi fonida rivojlanadigan yengil umurtqalararo churra shakllanishi;
- Radikulyar sindrom yoki radikulit;
- O’tirg’ich asabda yallig’lanish jarayoni;
- Berngardt-Rot parestetik meralgiyalari yoki boshqa tunnel sindromlari;
- Degenerativ-distrofik o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan spinal stenoz.
Agar kichik boldir uvishsa, bunga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
- Organizmga vitaminlar, natriy, magniy va kaliy kabi zarur elementlarning yetishmasligi;
- Markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishi;
- Inson hayotida jismoniy faollik yetishmasligi;
- Venalarning varikoz kengayishi;
- Tromboflebit rivojlanishi.
Chap oyoq uvishsa:
- Osteoxondroz;
- Migren;
- Umurtqalararo churra;
- D guruhi vitaminlar, magniy va kaliy yetishmasligi;
- Qandli diabet;
- Revmatoid artrit;
- Chov sohasidagi asabning qisilishi;
- Tarqoq skleroz;
- Yomon sifatli o’simta yoki saraton metastazi shakllanishi.
O’ng oyoqda bunday alomatning paydo bo’lishi quyidagi omillar tufayli kuzatiladi:
- Umurtqa pog’onasi osteoxondrozining murakkab shakli, xususan bel mintaqasida;
- Polineyropatiya va boshqa tizimli kasalliklar;
- Tromboz va venalarning varikoz kengayishi;
- Lyumboishalgiya;
- Posttravmatik sindromlar.
Oyoqlarning tizzadan pastda uvishishini keltirib chiqaradigan omillar:
- Umurtqalararo churra;
- Neyropatiya;
- Osteoxondroz;
- Ateroskleroz;
- Reyno sindromi;
- Tarqoq skleroz;
- Revmatoid artrit.
Oyoqning tizzadan yuqorisida kuzatilsa:
- Vitamin yetishmasligi;
- Oshiq-boldir bo’g’imiga ortiqcha yuk tushishi;
- Tananing noqulay holati;
- Jismoniy harakatsizlik;
- Son suyagi boshchasi nekrozi;
- Semizlik;
- Noqulay poyabzal kiyish.
Oyoq panjalari uvishishi sabablariga:
- Umurtqalararo churra;
- Spondilyoz;
- Tarqoq skleroz;
- Ateroskleroz;
- Qandli diabet;
- Osteoxondroz;
- Obliteratsiya qiluvchi endarteriit;
- Ishemik insult;
- Reyno kasalligi;
- O’simta o’sishi;
- Miya qon ta’minotining buzilishi.
Shunga o’xshash omillar oyoqning tizzadan oshiqqacha bo’lgan qismi uvishishini keltirib chiqaradi.
Alomatlari
Asosiy simptomning hech qachon o’zi yakka kuzatilmaydi, unga boshqa klinik tasvirlar hamrohlik qiladi. Shunday qilib, oyoq uvishishining asosiy belgilari:
- Sezgirlikning buzilishi — odam issiq va sovuqni farqlay olmaydi;
- Terida sanchish va et jimirlashi hissi;
- Umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi va boshqa sohalarda keskin og’riq paydo bo’lishi;
- Kuchli bosh aylanishi va kuchli bosh og’rig’i;
- Zaiflik va charchoq;
- Terining qichishi va achishi;
- Oyoqlarda og’irlik;
- Qadam bosishning o’zgarishi;
- Ta’sirlangan soha sianozi;
- Konvulsiv tortishishlar;
- Tunda og’riq.
Aynan shu alomatlar klinik ko’rinishning asosini tashkil qiladi, ammo muammoni keltirib chiqargan sababga qarab farq qilishi mumkin.
Tashxislash
Birinchi alomatlar kuzatilganda to’g’ri tashxis qo’yish va eng samarali davolash usullarini tanlash uchun vertebrolog, terapevt yoki nevropatologga murojaat qilish kerak. Shifokor bunda dastavval quyidagilarni amalga oshiradi:
- Asosiy yoqimsiz simptomning paydo bo’lishining ba’zi sabablari aniqlash uchun bemorning kasallik va hayot tarixini o’rganish;
- Teri va oyoqlar holatini o’rganish, shuningdek, uvishish markazini aniqlash uchun batafsil tibbiy ko’rik o’tkazish;
- Bemorni qanday alomatlar, qancha vaqt va qanday jiddiylikda bezovta qilishini tushunish uchun so’rov o’tkazish.
Agar jiddiy kasalliklarga shubha qilinadigan bo’lsa, quyidagi instrumental tekshiruvlar muammoning birlamchi sababini aniqlashga yordam beradi:
- Qon tomirlari doplerografiyasi — arteriya yoki qon tomirlari patologiyasini aniqlash uchun;
- KT va MRT — umurtqa pog’onasidagi yashirin yoriq va o’zgarishlarni aniqlash uchun;
- Elektromiografiya;
- EEG — ta’sirlangan asabni aniq joylashuvi va markaziy asab tizimining kasalliklari tashxisini aniqlash;
- Kontrast modda yordamida UT tekshiruv va rentgenografiya.
Laboratoriya tahlillari orasida faqat kamqonlik mavjudligini ko’rsatadigan umumiy qon tahlili diagnostik ahamiyatga ega.
Davolash
Asosiy simptomni bartaraf qilish doimo diagnostik muolajalar paytida aniqlangan birlamchi sababni davolashga qaratilgan bo’ladi. Shu sababli davolash taktikasi har bir bemor uchun individual ravishda tayinlanadi.
Davolash taktikasi ko’p hollarda quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Dori-darmonlar qabul qilish;
- Manual terapiya;
- Davolovchi gimnastika mashqlarini bajarish;
- Fizioterapevtik muolajalar;
- Muqobil tibbiyot usullari.
Medikamentoz terapiya quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Steroid va nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar;
- Xondroprotektor va miorelaksantlar;
- Analgetik va spazmolitiklar;
- Vitamin va mineral komplekslar.
Fizioterapiya quyidagilarni amalga oshirishga qaratilgan:
- Elektroforez va fonoforez;
- Past intensivlikdagi lazerli nurlanish;
- Girudoterapiya;
- Akupunktura;
- Tosh bilan terapevtik massajlar qilish;
- Moksoterapiya;
- Magnitoterapiya, shuningdek, ultratovush va mikrotoklar ta’siri.
Bunday usullar regeneratsiya jarayonlarini rag’batlantiradi, biostimulyatsion ta’sirga ega va zararlangan hududni qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.
Muqobil tibbiyot retseptlari yordamida yaxshi natijalarga erishish mumkin, ammo bu faqat davolovchi shifokor tavsiyasidan keyin amalga oshirilishi mumkin. Bunday terapiyaning eng samarali usullari:
- Asal — kompresslar va surtish uchun;
- Etil spirti — uvishish joyiga surtish uchun;
- Shakar qo’shilgan har qanday yog’ — aralashma malham sifatida qo’llaniladi;
- Nastarinning spirtdagi tindirmasi — kompresslar uchun.
Bunday davolanish muddati ikki haftadan kam bo’lmasligi lozim. Jarrohlik aralashuvga kelganda, u faqat individual ko’rsatmalar bo’yicha amalga oshiriladi.
Alomatlarga e’tibor bermaslik va davolashga kirishmaslik qon aylanishining buzilishiga, o’ta jiddiy holatlarda pastki tana qismlarining qisman gangrenasiga olib kelishi mumkin.
Oldini olish
Oyoqlar uvishishiga qarshi aniq profilaktika choralari yo’q, bunda umumiy qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi, xususan:
- Zararli odatlardan butunlay voz kechish;
- Tuz iste’molini kamaytirish;
- Tez-tez toza havoda bo’lish;
- Parhezni yangi sabzavot va mevalar, shuningdek, kaltsiy, kaliy, magniy, temir va vitaminlarga boy bo’lgan mahsulotlar bilan boyitish;
- Poshnasi baland poyabzal kiyishni minimallashtirish;
- Tana vaznini nazorat qilish;
- O’rtacha faol hayot tarziga amal qilish;
- Kasalliklarni erta aniqlash uchun yiliga bir necha marta to’liq klinik ko’rikdan o’tish.