12:38 / 21.07.2022

O'TKIR BRONXIT

O’tkir bronxit - bronxlar shilliq qavatining o'tkir yallig'lanish kasalligi bo'lib, yo'tal va balg'am ajralishi bilan, mayda bronxlar zararlanganda esa hansirash bilan xarakterlanadi.

O'TKIR BRONXIT
O’tkir bronxit - bronxlar shilliq qavatining o'tkir yallig'lanish kasalligi bo'lib, yo'tal va balg'am
ajralishi bilan, mayda bronxlar zararlanganda esa hansirash bilan xarakterlanadi.
Etiologiya

Moyillik qiluvchi omillar: Kasallik chaqiruvchi omillar
  • Noqulay ob-havo sharoitlari
  • Chekish
  • O'choqli infeksiya
  • Spirtli ichimliklarni suiste'mol qilish
  • Burun orqali nafas olishning buzilishi
  • O'pkadagi dimlanish
  •  Infeksiya (viruslar,bakteriyalar, mikoplazm va boshqalarning qo'shilishi)
  • Kimyoviy vositalar ta'siri
  • Fizik omillar ta'siri (chang,quruq, issiq, sovuq havo)
  • Allergik ta'sirlar (organik chang, o'sim-lik changi va boshq.)

Patogenez
 Burun-xalqum zararlanishi
 Virusning epiteliy hujayralariga kirishi
 Hujayra halok bo'lishi
 2-3 kundan so'ng bakterial (asosan kokkli flora – pnevmokokklar, stafilokokklar, inflyuensiya
tayoqchalari) infeksiya to'qimalar ichiga chuqur kirib boradi
 Tomirlardagi (mikrosirkulyasiya buzilishi, mikrotrombozlar) va asab hujayralaridagi
(trofikaning buzilishi) o'zgarishlar
 Yalliglanish
Patomorfologiya
 xilpillovchi epiteliyning halok bo'lishi
 qadaxsimon hujayralarning kengayishi va ular sonining oshishi
 chuqur o'zgarishlarda shilliqosti epiteliysining degenerasiyasi
 shilliqosti qavatining neytrofillar va limfositlar bilan infiltratlanishi
Klinika
 virusli infeksiyada – umumiy intoksikasiyalanish sindromi (holsizlik, tana haroratining
ko'tarilishi)
 o'tkir respirator kasallik belgilari – tumov, tomoqda og'riq, to'sh orqasi va va kuraklar orasida
qichishish hissiyoti
 quruq, keyin balg'am aralash yo'tal
 auskultasiyada: yirik bronxlar zararlanganda – o'zgarishsiz
 dag'allashgan nafas, tarqalgan quruq va nam xirillashlar
Asoratlari
 mayda o'choqli pnevmoniya
 astmatik bronxit
 bronxiolit
Diagnostika
 qon umumiy tahlili - leykositoz, ECHT oshgan
 SRO +
 surtmaning sil-nelsen bo'yicha bo'yalishi (balg'amli yo'talda >2 hafta)
 tashqi nafas olish faoliyatini tekshirish
 o'pkalar rentgengrafiyasi (skopiyasi)
 bronxoskopiya (ko'rsatma asosida)
O'tkir bronxit tasnifi
(Kokosov A.N., 1993)
1. Еtiologiyasi bo'yicha:
 infeksion kelib chiqishga ega – a) virusli; b) bakterial; v) virus-bakterial
 fizik va kimyoviy zararli omillar bilan bog'liq
 aralash
 noaniq etiologiyali
2. Patogenezi bo'yicha:
 birlamchi (mustaqil)
 ikkilamchi
3. Zararlanish darajasi bo'yicha:
• traxeobronxit ( proksimal bronxit)
• bronxit (o'rta bronxit)
• bronxiolit (distal bronxit)
4. Yalliglanish xarakteri bo'yicha (balg'am bo'yicha):
● quruq
● kataral
● yiringli
5. Funksional xususiyatlari bo'yicha:
• noobstruktiv
• obstruktiv
• astmatik
6. Кechishi buyicha:
• o'tkir kechuvchi (2 xaftadan uzoq bo'lmagan);
• cho'ziluvchan (1oy va undan uzoq)
• residivlanuvchi (1 yilda 3 va undan ko'p marta qaytalanuvchi)
Differensial tashxis
• bronxopnevmoniya
• surunkali bronxit
• bronxial astma
• tuberkulez
• o'pka o'smasi
Davolash
• virusga qarshi preparatlar
• antibakterial davo
• balg'am ko'chiruvchi dorilar
• yo'talga qarshi dorilar
• yallig'lanishga qarshi va isitma tushiruvchi
• bronxlarni kengaytiruvchi dori preparatlari
• prednizolon
• desensibilizasiyalovchi
Prognoz
rasional davolash olib borilsa, odatda, xavfsiz. to'liq davolanish 2-4 haftada amalga oshadi. tashxis
kech qo'yilganda va kechikib davolanganda sne rivojlanishi mumkin.
SURUNKALI BRONXIT
Bronxlarning surunkali diffuz noallergik yallig'lanishi bilan xarakterlanib, balg'amli yo'tal va
hansirash bilan namoyon bo'ladigan kasallik
BJSST bo'yicha – 2 yil davomida yiliga 3 oydan kam bo'lmagan vaqt davomida balg'amli yo'tal
bo'lgan bemorlar surunkali bronxitli bemorlar jumlasiga kiritiladi
Etiologiya
I. ekzogen omillar:
• tamaki tutuni
• havoning ifloslanishi
• klimatik omillar
• infeksiya
II. endogen omillar
• burun-xalqum patologiyasi
• burun orqali nafas olishning buzilishi
• tez-tez o'tkir respirator kasallik va o'tkir bronxit bilan kasallanish
• nasliy moyillik
• semizlik
Patogenez
•bronxlar shilliq qavati struktur-funksional xususiyatlarining o'zgarishi
•yallig'lanish rivojlanishi
•bronxlar o'tkazuvchanligi va drenaj faoliyatining buzilishi
Klinika
(uchlik kompleks)
• balg'amli yo'tal
• hansirash (ekspirator)
• subfebril temperatura
Obstruksiya belgilari
• nafas chiqarish fazasining uzayishi
• bemorning yotgan holatida nafas chiqarish vaqtida xushtaksimon xirillashlar
• o'pkaning obstruktiv emfizemasi
Surunkali bronxit kechishi
I variant – emfizematoz tip (tip A, «hansirashli» tip)
• pushtirang «hansirovchilar «(pishillovchilar)
• o'pka emfizemasi ustunlik qiladi
• simptomlar 60 yoshdan keyin namoyon bo'ladi
• sekin avj oluvchi xususiyatga ega
II variant – bronxitik tip (tipV, «yo'taluvchi» tip)
• ko'kimtir «shishinqiragan»
• maxsuldor yo'tal
• kuchsiz hansirash
• navqiron yoshda kasallik belgilari
• distansion xushtaksimon xirillashlar
• tnf – keskin buzilgan
• tez avj olish xususiyatiga ega
Asoratlari
• infeksiya bilan bog'liq (pnevmoniya, BEK, BA (noallergik) va (astmatik)
• SB evolyusiyasi bilan bog'liq (O'E, diffuz pnevmoskleroz, o'pka-yurak, o'ng qorincha
etishmovchiligi rivojlanishi bilan)
Tekshirish
•umumiy klinik tekshiruvlar
•balg'am taxlili
•tashqi nafas funksiyasi
•ko'krak qafasi rentgenografiyasi
•bronxografiya (be gumon qilinganda)
•KT
Surunkali bronxit tasnifi
(Kokosov A.N., Gerasin V.A., 1994)
I. yallig'anish xarakteri bo'yicha:
•kataral
•yiringli
II. funksional xususiyatlari bo'yicha
•obstruktiv
•noobstruktiv
Davolash
I. etiotrop (jumladan a/b)
II. patogenetik:
•o'pka ventilyasiyasini yaxshilash (kislorod terapiya; SHJT)
•bronxlar o'tkazuvchanligini tiklash:
•drenajni yaxshilash (balg'am ko'chiruvchi va mukolitiklar)
•bronxospazmni yo'qotish (bronxodilyatatorlar):
•m-xolinoblokatorlar – ipratropiy bromid, 2-adrenomimetiklar – berodual;
•selektiv 2-adrenomimetiklar – fenoterol, salbutamol, terbutamol (uzok ta'sir etuvchi turlari –
saltos, volmaks);
•ksantin – teofillin, teopen, teotard, retofil)
•GKS
III. boshqalar – iztirobli yo'talda erespal, geparin –mikrosirkulyasiyani yaxshilash uchun
Prognoz
Chekish, boshqa qitiqlovchilar ta'siri to'xtatilmasa, infeksion xurujlar davolanmasa surunkali
obstruktiv bronxit rivojlanib boraveradi. bu, shuningdek, bemorning yoshiga, kasallik aniqlangan
vaqtdagi 1 sekundda chiqarilgan umumiy nafas ulushining kamayish darajasi, jarayon kechishi turiga
bog'liqdir.

Xarakat
tartibi
Faoliyat algoritmi Mo’ljallangan bellgiar
Operatsiyalar
ketma-ketligi
Xarakat
vositalari
1. Pasport
ma`lumotlarini
aniqlash
So’rab
surishtirish
Yoshi, millati, kasbi, yashash manzili
2. Kasallikka xos
shikoyatlarni
aniqlash
So’rab
surishtirish
Qo’zish davrida tana xaroratini qaltirash bilan
ko’tarilishi, ko’p terlash, shilliq- yiringli balg’amli
yo’tal.
3. Kasallik
anamnezini
yig’ish
So’rab
surishtirish
Ikki va undan yil davomida 3 oy mobaynida
doimiy yoki davriy balg’amli yo’tal, sovuq qotish,
charchash va gripp epidemiyasi bilan bog’liqlik.
4. Xayot
anamnezini
yig’ish
So’rab
surishtirish
Elvizak bilan bog’liq ish sharoiti,O’RI ga moyillik,
allergik anamnez, ovqatlanish va yashash sharoiti.
5. Umumiy xolatini
baxolash
Ko’zdan
kechirish
Umumiy axvoli o’rta og’irlikda, ekspirator
xarakterdagi xansirash, nafas chiqarishni
qiyinlashishi va uzayishi, bo’yin tomirlarini
bo’rtishi, tirnoq falangalarini va tirnoqlarini
qalinlashishi.
6. Ob`ektiv ko’rik Manual va fizik
ko’nikmalar
Pal`patsiya: ovoz dirillashini va bronxofoniyani
kuchayishi.
Perkussiya: o’pka emfizemasi rivojlanganda
qutisimon ovoz va o’pka ekskursiyasini
chegaralanishi.
Auskul`tatsiya: dag’allashgan nafas, xushtaksimon
va g’o’ng’illovchi quruq xirillashlar, ҳar ҳil
kalibrdagi nam xirillashlar.
7. Tekshirish
dasturini tuzish
Klinik fikrlash Qon umumiy taxlili – chap tomonga siljish bilan
leykotsitoz, ECHT oshgan.
Balg’am umumiy taxlili: sarg’ish-yashil rangda,
ko’p miqdorda neytrofillar.
Ko’krak qafasini rentgenografiyasi – o’pka
rasimini kuchayishi va deformatsiyasi, 30 % -
bemorlarda o’pka emfizemasi.
8. Tashxis qo’yish Klinik fikrlash Qabul qilingan tasnif asosida klinik tashxis qo’yish
va asoslash, kasallik og’irlik darajasini aniqlash.
9. Qiyosiy tashxis
o’tkazish
Klinik fikrlash Bronxial astma, o’pka sili, bronxoektatik kasallik,
o’choqli zotiljam.
10. Davolash
tamoillarini
aniqlash
Klinik fikrlash

1. Antibakterial davo.
2. Bronxlarni drenaj faoliyatini
yaxshilash: balg’am ko’chiruvchi,
mukolitiklar, bronxoilatatorlar.
3. Yiringli bronxit qo’zish davrida
dezintoksikatsion terapiya.4. Kislorodterapiya.
5. O’pka gipertenziyasini davolash.
6. Fizioterapiya va sanator-kurort
davo.