Cho'chqa grippining simptomlari. Cho'chqa grippi bilan kasal bo'lmaslik uchun nima qilish kerak?
Ko'p hollarda uyda qolib, tinch bo'lish, ko'p suyuqlik ichish va og'riq tushuradigan dorilarni qabul qilish mumkin.
Qizig'i shunda-ki, cho'chqa grippi simptomlari oddiy gripp simptomlariga o'hshashdir. Ular:
- Tana haroratining birdan ko'tarilishi;
- Sovqatish;
- Tananing sim-sim o'grishi;
- Bosh og'rishi;
- Ko'z qizarib ketish hollari mavjud, chiroqqa qarash qiyin;
- Tomoq qizarishi, yo'tal, burun bitishi kam kuzatiladi.
Inkubasion davr bir necha soatdan 1 haftagacha. (95% holatlarda 1-3 kun)
Ko'p hollarda uyda qolib, tinch bo'lish, ko'p suyuqlik ichish va og'riq tushuradigan dorilarni qabul qilish mumkin. Bolalar va yoshlarda Reye sindromi rivojlanmasligi uchun aspirini bo'lmagan og'riqni qoldiruvchi dorilarni berish kerak.
Cho'chqa grippi bilan kasal bo'lmaslik uchun nima qilish kerak?
Cho'chqa grippi bilan kasal bo'lmaslik uchun quyidagilarni amalga oshirgan ma'qul:
- Burun va og'zingizni ushlamang;
- Doimiy ravishda qo'lingizni yahshilab sovunlab yuving, yoki spirtli suyuqliklar bilan dezinfeksiyalab turing.
- Kasallik alomatlari ko'rinayotgan insonlar bilan aloqada bo'lmang;
- Odam ko'p bo'lgan joylarga iloji boricha bormang;
- Honangizni oynalani ochib turib, shamollatib turing.
- So'g'lom hayot tarida bo'ling, etarlicha uhlab, to'g'ri ovqatlanib, jismoniy aktiv bo'ling.
Agar gripp bo'lib qoldim deb o'ylasandiz:
- Uyda qolib, odamlar ko'p bo'ladigan joylarga bormang;
- Dam olib, ko'p suyuqlik ist'emol qiling;
- Aksirish yoki yo'talishda og'zingizni salfetka bilan yopib, uni darxol tashlab yuboring;
- Tez-tez va yahshilab qo'llingizni yuvib turing, ayniqsa yo'talish yoki aksirishdan so'ng;
- Oila a'zolaringizga habar bering, uy yumushlarida ulardan yordam so'rang;
- Sizga yordam beradiganlar maskada bo'lishlari shart;
- Vaqtida tibbiy yordamga murojaat qiling.