KATTALARDA ICH KETISHI (DIAREYA) — SABABLARI, KO’RSATKICHLARGA QARAB TASNIFLASH, DAVOLASH
Ich ketishi (diareya) — tez-tez defekatsiya (hojat chiqarish) qayd etilgan, axlat esa suyuq bo’lgan holatdir. Bu holat xavflidir, chunki u tananing suvsizlanishiga olib kelishi mumkin. Diareya oshqozon-ichak trakti infektsiyalari, noto’g’ri ovqatlanish, st
Bundan tashqari, kasallikning sababi gijja yoki ichak disbakteriozining mavjudligi bo’lishi mumkin. Defakatsiya qanchalik tez-tez kuzatilishiga, uning hidiga (nordon, o’laksa), rangiga (kulrang, oqimtir), qon mavjudligiga e’tibor berish kerak.
Hojat chiqarish buzilishining bir nechta turlari mavjud bo’lib, ularni aniqlash uchun o’ziga xos xususiyatlar mavjud, ular ushbu alomatni me’yoriy holatdan ajratib turadi.
Axlat ko’rsatkichi | Me’yorda | Ich ketganda |
Hojat chiqarishtezligi | Kuniga 1-2 marta | Kuniga 3-4martadan ko’proq |
Axlatning konsistentsiyasi | Bo’tqasimon | Suyuq yoki bo’tqasimon |
Axlatning ranggi | To’q sariqdan to’q jigarranggacha | Oqimtir, sariq, yashil, qon aralash, qora, to’q qizil, jigarrang |
Axlat tabiati | Bir jinsli, shakllangan | Tuli jinsli, shakllanmagan, suvli, ko’pikli |
Hidi | O’ziga xos yoqimsiz, lekin juda ham badbo’y emas | Badbo’y yoki umuman hidsiz, nordon hidli |
Aralashmalar mavjudligi | Oz miqdorda shaffof shilliq mavjud bo’lishi mumkin yoki aralashmalarsiz | Shilliq ko’p bo’ladi, hazm bo’lmay qolgan ovqat bo’lakchalari |
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar biroz aniqlikni talab qiladi, chunki norma va patologiya chegaralari har bir kishi uchun turlicha bo’ladi. Barcha an’anaviy fiziologik ko’rsatkichlar o’rtacha belgi bo’lib, ular juda keng doirali ko’rsatkichlarni birlashtiradi. Avvalo, kunlik defektsiyalarning ko’rsatkichini aniqlashtirish kerak. Ba’zi kishilarda u 2-3 kunda bir marta bo’lsa, boshqalarda kuniga 3-4 marta bo’ladi. Xuddi shunday, axlat konsistentsiyasi ham qattiq, shakllangan bo’lishi, ba’zilarda esa suyuq-bo’tqasimon bo’lishi mumkin.
Axlatning ushbu xususiyatlarini baholashda eng muhimi ularning muddati hisoblanadi. Agar ular uzoq vaqt (uzoq oylar va yillar) bir xil bo’lib, odamda salbiy alomatlar namoyon bo’lishiga olib kelmasa, unda xavotirlanmaslik kerak, chunki bunday xususiyatlar odamning shaxsiy me’yoridir. Bu ich ketishi emas.
Biroq, badbo’y hid va aralashmalarning mavjudligi kabi axlatning xususiyatlarining holati boshqacha bo’ladi. Ularning o’zgarishi har doim ich ketishini ko’rsatadi. Bundan tashqari, muntazam ravishda ularning xususiyatlarini tahlil qilib, kelib chiqish sababini aniqlash mumkin. Shuning uchun doimo axlatga e’tibor berish juda muhim, chunki ular hazm qilish holati va butun tananing salomatligi haqida gapirishadi.
KATTALARDA ICH KETISHI SABABLARI
Ich ketishi ichak traktining noto’g’ri ishlashi natijasidir: hazm qilish jarayoni tezlashadi va bu axlatning suyuqlashishiga va tez-tez defeksatsiyaga olib keladi.
Odatda ich ketish sababi virusli yoki bakterial infeksiya yoki oziq-ovqatdan zaharlanish hisoblanadi. Odatda ich ketishining qo’zg’atuvchilari ichak tayoqchasi va salmonella bakteriyalari bo’lib, ular oziq-ovqat yoki suvda bo’lishi mumkin. Bakterial infeksiya keltirib chiqaradigan ich ketishidan ko’pincha sayyohlar azob chekadi, asosan ekzotik mamlakatlarga sayohat qilganda. Bunday kasallikni ba’zan «sayyoh ich ketishi» deb atashadi.
Ich ketishining sabablari oddiy gerpes yoki gepatit viruslari, shuningdek, antibiotiklardan foydalanish bo’lishi mumkin.
Diareyaning yana bir sababi yarali kolit bo’lishi mumkin. U ham og’ir ich ketishga olib keladi, ammo kolit juda kech tashxislanadi, odatda, ichakning ichki tekshiruvi natijasida.
Ovqat hazm qilish tizimining tashqi muhit va tananing ichki a’zolari bilan yaqin aloqasini hisobga olgan holda, u doimiy ravishda ushbu ikki taraf bilan bog’liq ekanligini ta’kidlash mumkin. Shuning uchun hazm qilish tizimi tez-tez kasalliklarga duchor bo’ladi. Odatda normal faoliyatda har qanday ta’sirlanish yoki normal faoliyatdagi buzilishlar motorikaning tezlashishi, shilliq ajralishi va oxir-oqibat ich ketishi bilan namoyon bo’ladi.
Ich ketishiga sabab bo’lgan omillarning to’liq ro’yxati quyida berilgan:
VIRUSLI INFEKTSIYALAR
- Rotavirus;
- Enterovirus;
- Adenovirus.
BAKTERIAL INFEKTSIYALAR
- Salmonellyoz;
- Dizinteriya (shigellyoz);
- Vabo kasalligi;
- Oziq-ovqatdan zaharlanish;
- Eshxerixioz.
FERMENTATIV YETISHMOVCHILIK
- Pankreatit;
- O’t-tosh kasalligi;
- Fermentopatiya;
- Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini tug’ma ko’tara olmaslik.
ICHAK KASALLIKLARI
- Enterit;
- Enterokolit;
- Nospetsifik yarali kolit;
- Kron kasalligi;
- Uippl kasalligi.
SHISHLI O’SIMTALAR
- Poliplar;
- Adenokarsinomalar;
- Yallig’lanish tufayli asoratlangan divertikul.
AUTOIMMUN KASALLIKLAR
- Qizil yuguruk (volchanka) bilan ichakning zararlanishi;
- Revmatoid artrit;
- Atopik dermatit va allergik reaktsiyalar.
ZAHARLANISH
- Nitratli zaharlanish;
- Og’ir metallar;
- Pestitsidlar;
- Maishiy kimyo.
DORI VOSITALARINING TA’SIRI
- Antibiotiklar;
- Sitotoksik preparatlar;
- Ich surgi preparatlari qabulini oshirib yuborish;
- Antixolinesteraza preparatlari va prokinetiklar.
OSHQOZON-ICHAK QON KETISHLARI
- Ochiq oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yarasi;
- Ingichka ichakda qon ketishi;
- Yo’g’on ichakda qon ketishi.
ANTIBIOTIKLAR QABULIDAN SO’NG ICH KETISHI
Buning sababi, insonga yordam berish uchun mo’ljallangan yatrogenik (tibbiy) ta’sirlardan kelib chiqadi. Ular juda tez-tez uchraydi va jiddiy kasalliklar va hatto o’limga olib kelishi mumkin. Avvalambor, u antibakterial davolashning nojo’ya ta’sirini o’z ichiga oladi, u disbakteriozga va keyinchalik psevdomembranoz kolitga olib keladi. Oxirgi asoratning o’ziga xos xususiyati shundaki, unga har qanday davolash usullari zaif ta’sir ko’rsatadi va u doimiy ich ketishlarga sabab bo’ladi.
Bakterial va virusli infektsiya tufayli yuz bergan ich ketishi ham ahamiyatlidir. Ular boshqalarga qaraganda tez-tez uchraydi, lekin yaxshiyamki, ular ko’pincha xavfsiz tarzda yakun topishadi. Bu organizmning tabiatning tabiiy tarkibiy qismlari bo’lgan agressiv patogenlarni mag’lub etish qobiliyatiga bog’liq. Lekin toksik ta’sirlar va boshqa tashqi ta’sirlar tufayli rivojlanadigan ich ketishi bundan mustasno. Ular ham organizm uchun yot bo’lsada, faqat immunitet mexanizmlari yordamida, tashqi yordamsiz bartaraf qilina olmaydi.
Ich ketishi mexanizmlariga kelsak, ular ham turli xil bo’lishi mumkin. Jadvalda eng tipik patogenetik mexanizmlar va tegishli sabablar keltirilgan.
Shakllanishiga ko’ra ich ketishi turi | Qachon kuzatiladi |
---|---|
Sekretor — ichak hujayralari tomonidan shilliq va suyuqlik ajralishining oshishi | Ichakning yallig’lanishli kasalliklarida va saratonida |
Motorik yoki giperkinetik — ichak qisqarishining tezlashuvi | Og’ir zaharlanishlardan tashqari ich ketishning barcha holatlarida |
Osmotik — ichakda so’rilish buzilishi natijasida suyuqliklarning ushlanib qolishi | Fermentativ yetishmovchilik |
Invaziv — ichak hujayralarining patogen mikroorganizmlar bilan shikastlanishi | Infektsion ich ketishlarda, antibiotiklar qabuli fonidagi disbakteriozda |
Odatda ich ketishida uni amalga oshiradigan faqat bitta mexanizm bo’lmaydi. Ulardan kombinativ bo’lib, birining ustunligi kuzatiladi.
ICH KETISHI TURLARI
- Infektsion ich ketishi dizenteriya, salmonellyoz, oziq-ovqat infektsiyalari, virusli kasalliklar (virusli diareya), amyobiyaz va boshqalar.
- Alimentar ich ketishi noto’g’ri ovqatlanish, ayrim mahsulotlarga allergiya bo’lishi bilan kechadi.
- Dispepsik ich ketishi oshqozon, oshqozon osti bezi, jigar, ingichka ichakdagi fermentlarning ajralishi yetishmovchiligi bilan oziq-ovqatni hazm qilish buzilganligi tufayli yuzaga keladi.
- Toksik ich ketishi uremiya bilan birga, simob va margimush bilan zaharlanish natijasida yuzaga keladi.
- Medikamentoz ich ketishi — ichak fiziologik florasi buzilganda, disbioz rivojlanishida paydo bo’ladi.
- Neyrogenli ich ketishi — ichakning motor faolligini asab tomonidan boshqaruvi buzilishining natijasi (masalan, hayajonlanish yoki qo’rquv ta’siri ostida sodir bo’lgan ich ketishi).
Qisqa va yengil ich ketishi insonning umumiy holatiga deyarli ta’sir qilmaydi. Jiddiy yoki surunkali — tanani ishdan chiqaradi, suvsizlanish, gipovitaminozga olib keladi, organlarda sezilarli o’zgarishlarga olib keladi.
ICH KETISHI ALOMATLARI VA BELGILARI
Ich ketishining klinik ko’rinishlari odatda standart shikoyatlar va obyektiv tekshiruv ma’lumotlari bilan tavsiflanadi. Uning ba’zi turlarining kasallikning tabiatini va kelib chiqish sababini aniqlash imkonini beradigan o’ziga xos va farqlovchi xususiyatlari mavjud. Ammo, shunday vaziyatlar bo’ladiki, qo’shimcha laboratoriya-instrumental tadqiqotlar ham hamisha informativ bo’lmaydi. Hech narsani o’tkazib yubormaslik uchun, ich ketishi bilan birga kuzatiladigan boshqa alomatlarga ham e’tiborli bo’lish kerak.
ICH KETISHIDA ISITMA
Ko’plab bemorlarda qo’shimcha simptom sifatida qayd etiladi. Uning rivojlanishi ko’plab diareya turlari uchun xosdir. Avvalo, bu mikrob (virusli va bakterial) turlarga tegishlidir. Chunki immunitet hujayralariga har qanday begona oqsilning kirishi antitanalar ishlab chiqarishga sabab bo’ladi, bu yallig’lanish mediatorlari ajralishi va harorat reaktsiyasi bilan birga kechadi.
Ichak eng kuchli immunitetli organlaridan biri ekanligini hisobga olib, haroratning ko’tarilishidan ajablanmasligi kerak. Aksincha, odamda yuqumli ichak kasalligi belgilari bo’lsa, ammo harorat ko’tarilmasa, bu immunitet tanqisligi mavjudligini ko’rsatadi. Uning o’ziga xos qiymatiga kelsak, ular mikrobning patogenligi va organizmning reaktivligiga bog’liq va 37.1 °C — 39 °C va undan yuqori bo’lishi mumkin.
ICH KETISHI BILAN BIRGA KO’NGIL AYNISHI VA QAYT QILISH
Ko’ngil aynishi — albatta, har qanday kelib chiqishli ich ketishida eng ko’p uchraydigan alomat. Buning mantiqiy izohi bor. Oziq-ovqat massasi ichakda normal harakatlanish buzilganidan keyin mutlaqo teskari yo’nalishda noto’g’ri harakatlanishi yuz beradi.
Bundan tashqari, har qanday ichak falokati fonida yuzaga keladigan zaharlanish bu toksik moddalarni qon oqimiga so’rilishiga va barcha organlar va to’qimalarga tarqalishiga olib keladi. Birinchi bo’lib bunga miyaning qusish markazi javob beradi, natijada klinik tasvirda ko’ngil aynishi va keyinchalik qayt qilish ko’rinadi. Aytgancha, qayt qilish refleksi organizmni har qanday kelib chiqishli zaharlardan tozalash uchun eng muhim fiziologik mexanizmlardan biridir.
QORINDAGI OG’RIQ
Bu har doim ichak motorikasining tezlashishi natijasidir. Odatda, kuchli va intensiv bo’ladi. Paroksizmal kechadi, og’riqning o’tkir xuruj olishi va bosqichma-bosqich pasayishi va tugallanishi bilan ta’riflanadi. Odatda og’riqdan keyin yoki og’riq paytida hojat chiqarishga undash mavjud bo’ladi, bu og’ir ich ketishi bilan namoyon bo’ladi.
Og’riqning ko’rinishi diareyaning deyarli barcha turlariga xosdir, lekin ko’pincha uning mikrobli shakllari va oziq-ovqatdan zaharlanish tufayli yuz beradi. Qolgan barcha turdagi ich ketishlar qorinda bezovtalik va og’irlik bilan kechadi.
O’LAKSA HIDLI KEKIRISH
Bu asosiy simptom sifatida yoki ich ketish fonida asta-sekin rivojlanadi. Birinchi holda, ich ketishdan oldin uning ko’rinishi oshqozon osti bezi, oshqozon va o’t yo’llarining fermentativ yetishmovchiligini ko’rsatadi.
Tana ichiga tushadigan oziq-ovqat hazm bo’lmasa, uning chirishi sodir bo’ladi. Bu oxir-oqibat qorin bo’shlig’ida badbo’y gazlar hosil bo’lishiga va ularning kekirik orqali chiqib ketishiga olib keladi. Tabiiyki, ichakka hazm bo’lmagan ovqat tushishi ichakni ta’sirlantiradi va ich ketishiga sabab bo’ladi.
KATTALARDA ICH KETISHINING RANGI
Suyuq axlatning rangi va odatdagi xususiyatlariga ko’ra tajribali shifokor diareyaning kelib chiqishini aniqlashi mumkin. Bunday holda, qolgan alomatlar ham inobatga olinishi kerak. Bu diareyaning haqiqiy sababchisini va kelib chiqishining ba’zi tafsilotlarini tushunish va aniqlash imkonini beradi.
YASHIL RANGLI ICH KETISHI
Faqat bakterial va virusli ichak shikastlanishlari uchun xarakterlidir. Yashil rang paydo bo’lishi axlatda leykositlar to’planishi va mahalliy immunitetning zaiflashuvi fonida chirituvchi stafilokokklarning rivojlanishi bilan bo’gliq.
Klinik ko’rinishi — bu bir jinsli bo’lmagan, bir oz yashil birikmalar aralashgan yoki qalin yashil shilliq bilan qoplangan va aralashgan suyuq najasdir. Odatda, bunday ich ketishi kuchli isitma, qorin og’rig’i, ko’ngil aynishi va qayt qilish bilan birga kechadi. Qattiq zaharlanish va qon tahlilida yallig’lanish jarayoni ko’rsatkichlari mavjudligi kuzatiladi.
SARIQ RANGLI ICH KETISHI
Ichakning peristaltikasi (qisqarishi) ning tezlashuvi tufayli yuz beradi va turlari ichida eng maqbuli hisoblanadi. Ichak harakatlanishining tezlashishi natijasida axlat normal shakllana olmaydi va quyuqlashishga ulgurmaydi. Shu bilan birga, ularning deyarli to’liq fermentativ qayta ishlanishi va faol tarkibiy qismlarning qisman so’rilishi kuzatiladi. Natija — axlat odatiy rangda, ammo suyuq. Qorin bo’shlig’idagi biroz bezovtalik va og’irlikdan tashqari qo’shimcha alomatlar bo’lmaydi.
QORA RANGLI ICH KETISHI (QORA AXLAT)
Juda xavfli yoki aksincha, odatiy alomatlarini bildiradi. Avvalo, bu xavfli belgi ekanligi sifatida qaraladi. Qora, smola kabi axlat faqatgina bitta narsani — oshqozondan qon ketishini anglatishi mumkin. Aynan shunday rangning shakllanishi qorin bo’shlig’idagi xlorid kislotaning ta’siri ostida eritrositar gemoglobining parchalanishi bilan bog’liq. Bunday holatda gemin hosil bo’ladi, bu esa xarakterli rangni beradi. Bunday hollarda siz bir daqiqa ham yo’qotmasdan, shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilishingiz kerak.
Qora axlat paydo bo’lishi mumkin bo’lgan ikkinchi vaziyat — hayvonlar qoni asosidagi (krovyanka) mahsulotlar iste’moli, lavlagi, smorodina yoki muayyan dori-darmonlarni (faollashtirilgan ko’mir, vismut preparatlari — vikalin, de-Nol) katta miqdorda qabul qilishdir. Aynan shu holat odamlarni ko’pincha tibbiy yordamga murojaat qilishga undaydi. Qora axlat kelib chiqishida differentsial-diagnostik (farqlovchi) mezon anamnezga, ya’ni yuqorida sanab o’tilgan mahsulotlar is’temol qilinganligi yoki gemodinamika ko’rsatkichlarining kamayishi (gipotoniya, taxikardiya) mavjudligidir.
OQ DIAREYA (OQIMTIR RANG)
Qora axlatdagi kabi, oqimtir axalat sababini ifodalovchi yagona o’ziga xos xususiyati mavjud. Bu holda ichaklarda oziq-ovqat massasini safro (o’t) bilan qayta ishlashning yetarli emasligidir. Bu umumiy o’t kanali shish yoki tosh tomonidan tiqilgan yoki bloklangan holatda bo’lishi mumkin.
Odatda, bunday ich ketishida terining sariqligi va siydikning to’q rangga kirishi kuzatiladi. Og’riq, isitma va suvsizlanish ko’pincha kuzatilmaydi.
QON BILAN ICH KETISHI
Ich ketishi turlari ichida eng xavflisi, chunki bu ichak trakti bo’shlig’iga faol qon ketishini ko’rsatadi. Odatda, ichak devorining shilliq qavatini butunlay parchalanishiga olib keladigan ichakning yirik o’stimtalarini buzilishi, kuchli ichak infektsiyalarida ro’y beradi.
Ba’zida qonli diareyaning ko’rinishi turli xil kimyoviy birikmalar va zaharlarning ichaklarda toksik ta’siri natijasi bo’lishi mumkin. Qonli diareya toza qon bilan emas, balki suyuq to’q qizil rangli axlat bilan ifodalanadi. Bunday holda qon ketish manbai yo’g’on ichakning o’ng yarmida joylashganligini aniq aytishimiz mumkin.
SHILLIQ BILAN ICH KETISHI
Ushbu bir xususiyat bilan diareyaning haqiqiy kelib chiqishini aniqlab bo’lmaydi. Axir shilliq butunlay boshqacha bo’lishi va har xil miqdorda ajralishi mumkin. Shilliqning shaffof shakli oziq-ovqatdan zaharlanish va yengil zaharlanish belgisidir. Shilliq qavat yashil, jigarrang yoki qonli tusga ega bo’lganda, u har doim og’ir ich ketishi yoki davolanishning samarasi yo’qligini ko’rsatadi.
SUVLI DIAREYA
Har qanday ilmiy qo’llanma yoki oddiy ayollar salomatligi jurnalida suvli ich ketishi savoliga bitta javob topish mumkin. Bu albatta vabo. Kasallikning qo’zg’atuvchi agenti shunday tuzilganki, ichakka tushib, ich ketishining barcha mumkin bo’lgan mexanizmlarini faollashtiradi, natijada qattiq axlat emas, balki tinimsiz suvli ich ketishi bilan namoyon bo’ladi. Qizig’i shundaki, bunday hollarda isitma juda kam uchraydi. Ammo hojat chiqarish miqdori shunchalik ko’p bo’ladiki, bemorlar uni sanay ham olishmaydi. Natijada, kuchli suvsizlanish rivojlanadi, bu darhol va massiv infuziyon davolashni talab qiladi.
KATTALARDAGI ICH KETISHINI DAVOLASH
Ich ketishini to’g’ri va samarali davolash faqat uning tabiati va kelib chiqishi mexanizmini aniq bo’lganida erishiladi. Bu masalalarga bir oz aniqlik kiritishga quyidagi jadval yordam berishi kerak.
KATTALARDAGI ICH KETISHIDA PARHEZ
Ovqat hazm qilish tizimining har qanday kasalliklarida ovqatlanish masalasiga alohida e’tibor berilishi kerak. Ayniqsa, ich ketishida. Umuman aytganda, qattiq, qovurilgan, yog’li, dudlangan taomlarni iste’mol qilmaslik kerak. Har bir mahsulot yengil hazm bo’ladigan va ichakka botmasligi kerak. Suv ichish tartibiga amal qilish kerak, har qanday shaklda yetarli miqdordagi suyuqlik ichilishi kerak.
Mahsulot turi | Mumkin | Mumkin emas |
---|---|---|
Non va non mahsulotlari | Qora non, kecha yopilgan non, suxarik | Yangi yopilgan non, shirin bulochkalar, ruletlar, pirojnoe, pechene |
Go’sht mahsulotlari | Parhezbop quyon va tovuq go’shti, kurka go’shti | Cho’chqa, mol, o’rdak va boshqa yog’li go’shtlar, dudlangan kolbasa |
Sut mahsulotlari | Yengil yogurtlar, ryajenka, tvorog, prostokvasha | Qaymoq, yog’li smetana, to’liq sut |
Meva va sabzavotlar | Limon sharbatini suv bilan aralashtirib, chernika, kartoshka, pishirilgan olma | Pomidor, bodring, karam, apelsin, banan, olxo’ri, o’rik |
Yormalar va bo’tqalar | Suli, grechka, guruchli | Manna |
Dukkaklilar va no’xot | Man etiladi | Barchasi |
Yong’oqlar va qoqilar | Olma, nok, na’matak | Mayiz, barcha turdagi yong’oqlar |
Yuqorida ko’rsatilgan ovqatlanish sxemasi mo’ljal sifatida qaralishi kerak. Ich ketishda ovqatlanish diareya intensivligidan, kasallikning shakli va bosqichidan kelib chiqib tanlanadi. Tabiiyki, ich ketishining dastlabki soatlarida umuman ovqatlanishdan tiyilib turgan yaxshi, faqat biroz shirin choy va har xil suyuqliklardan tashqari. Bunday yondashuv shikastlangan ichak hujayralari uchun oziqlantiruvchi bo’ladi va ularni ta’sirlantirmaydi. Asta-sekin oziq-ovqat mahsulotlarining hajmi kengayib, ruxsat etilgan mahsulotlar joriy etiladi.
Pishirish usuliga kelsak, u faqat qaynatilgan yoki dimlangan bo’lishi kerak. Yaxshisi bo’tqalar, pyurelar, bug’da pishirilgan kotletalar tayyorlash kerak. Ruxsat etilgan mevalardan kisellar va jelelar ham yaxshi ketadi. Ich ketishi pasayishi bilan asta-sekin odatiy ratsionga qaytiladi.