12:23 / 30.07.2022

Bolalar nerv sistemasining anatomo- fiziologik xususiyatlari

Nerv sistemasining kurtaklanishi xomila ichi davrining birinchi xaftasida sodir bo‘ladi. Bosh miya nerv xujayralarining eng intensiv bo‘linishi xomila rivojlanishining 10-18 xaftasiga to‘g‘ri keladi, shuning uchun bu davr MNS rivojlanishining kritik davri

Nerv sistemasining kurtaklanishi xomila ichi davrining birinchi xaftasida sodir bo‘ladi. Bosh miya nerv xujayralarining eng intensiv bo‘linishi xomila rivojlanishining 10-18 xaftasiga to‘g‘ri keladi, shuning uchun bu davr MNS rivojlanishining kritik davri xisoblanadi. Agar katta inson nerv xujayralarini 100% deb olsak, bola tug‘ilganida 25% xujayralar, 6 oyligida -66%, bir yoshida 90-95% xujayralar shakllanadi.
Bola tug‘ilganida bosh miyaning tana vazniga nisbati katta bo‘ladi: bu nisbat yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 1/8-1/9 1kg tana vazniga teng, bir yoshli bolada 1/11-1/12ga, 5 yoshida 1/13-1/14ga, kattalarda 1/40ga teng.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalar nerv sistemasi to‘liq yetilmaganligi va differensiatsiyalashmaganligi bilan boshqa sistemalardan farq qiladi. Faqatgina bola bir yarim yoshida miyasi makroskopik katta insonlar miyasiga yaqinlashadi, vazni xam kattalashadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar miyasining vazni 360-370g, 6 oyligida 600g, bir yoshida 900g.ni tashkil etadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar katta yarim sharlari strukturasi kam differensiyasiyalashgan. O‘tkazuvchi yo‘llari (piramida yo‘lidan boshqasi) yaxshi rivojlangan, lekin piramida yo‘llari 5-6 oylarda mielinizatsiyalashadi. Nerv sistemasining rivojlanish tempi bola kichik yoshligida tezroq kechadi. Ayniqsa birinchi 3 oyligida bu jarayon jadal kechadi. Bola 3 yoshligida nerv xujayralari differensiatsiyalashadi, va 8 yoshida bosh miya po‘stlog‘i tuzilishi jixatidan kattalar bosh miya po‘stlog‘i tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi.  
Bolalar bosh miyasi qon bilan ta’minlanishi kattalarga nisbatan yaxshiroq. Bu bolalar miyasining kapilyarlarga boyligi va bu jarayonning tug‘ilganidan keyin xam davom etishi bilan ta’riflanadi. Bolalar miyasining qon tomirlariga boyligi tez o‘suvchi nerv to‘qimasini kislorodga bo‘lgan extiyojini ta’minlab beradi. Miyaning kislorodga bo‘lgan extiyoji mushaklarga nisbatan 20 barobar ortiqdir.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar bosh miyasida qon oqib ketishi kattalarnikidan farq qiladi. Buning oqibatida turli kasalliklarda toksik moddalarning va metobolitlarning bosh miyada akkumulyasiyasiga sharoit yaratiladi. Buning oqibatida kichik yoshdagi bolalarda yuqumli kasalliklarning toksik shakllari tez tez kuzatilishi mumkin.
Shuning bilan birga bosh miya to‘qimasi miya ichki bosimining ortishiga sezgir. Likvor bosimining ortishi nerv xujayralarining degenerativ o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, gipertenziyaning uzoq muddat saqlanishi ularning atrofiyasiga va o‘limiga sabab bo‘ladi. Buni isbotini xomila ichida gidrotsefaliya bilan og‘rigan bolalarda ko‘rishimiz mumkin. 
Yangi tug‘ilgan chaqaloo‘lar miyasining qattiq pardasi nisbatan nozik(yupqa) katta maydonda bosh suyagi asosiga yopishgan bo‘ladi. Venoz sinuslari yupqa devorli va kattalarga nisbatan torroq. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning yumshoq va to‘r pardalari yupqa, subdural va subaroxnoidal bo‘shliqlar qisqa. Miya asosida joylashgan sisternalar nisbatan kattaroq. Miyaning silviev suv yo‘li kattalarga nisbatan keng. Nerv sistemasi rivojlanishi bilan birga bosh miya himik tarkibi xam o‘zgaradi. Suv miqdori kamayib oqsil, nuklein kislotalar, lipoproteidlar miqdori ko‘payadi. 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orqa miyasi bosh miyasiga nisbatan ko‘proq rivojlangan bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda orqa miyaning bo‘yin va bel kengaytmalari aniqlanmaydi, 3 yoshdan keyin takomillashib boradi.
Orqa miya xajmiga va og‘irligiga bosh miyaga nisbatan sekinroq o‘sadi. 10 oylikda orqa miya 2 barobor, 3-5  yoshda uch barobar kattalashadi. 7-10 yoshda  orqa miya uzunligi 2 barobar o‘sadi, biroq umurtqa pog‘onasi orqa miyadan bir oz ko‘proq o‘sadi, shuning uchun orqa miya yosh kattalashganida yuqoriroq joylashadi. Bu orqa miya punksiyasi bajarilayotganida miyani shikastlamaslik uchun ahamiyatlidir. Miya ichi nervlari bola 3 oyligida mielinizatsiyalanadi, periferik nervlar 3 yoshligida mielinizatsiyalanadi.
Vegetatav nerv sistemasi bola tug‘ilganidan boshlab ishlaydi, va tomirlar tonusi, adaptatsion trofik reaksiya, ichki a’zolar faoliyatini boshqaruvini ta’minlaydi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar fiziologik reflekslari
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda asosiy shartsiz reflekslar muxim ahamiyatga ega. 
Shartsiz reflekslar-nasldan o‘tuvchi (tug‘ma) organizm reflekslari bo‘lib, xamma tirik mavjudotlarga hosdir. Himoya funksiyasi va gomeostazni ta’minlashda ishtirok etadi, ya’ni organizmning ichki muxitini doimiyligini ta’minlaydi.
Shartsiz reflekslar-bu organizmning nasldan naslga o‘tuvchi, paydo bo‘lishi va kechishidan qat’iy nazar tashqi yoki ichki muxitning turli ta’sirlariga bo‘lgan o‘zgarmas reaksiyasidir. Shartsiz reflekslar organizmning tashqi muxitga moslashuvini ta’minlaydi. 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va ko‘krak yoshidagi bolalar asosiy shartsiz reflekslari 2 guruxga bo‘linadi: segmentar xarakat avtomatizmi, miya stvoli (oral avtomatizm) va orqa miya (spinal avtomatizm) segmentlari ta’minlaydi. 
Oral segmentar avtomatizm
So‘rish refleksi. Ko‘rsatkich barmog‘imiz bilan bola og‘ziga tekizilsa, bola ritmik so‘ruvchi xarakatlar qiladi, buni bola og‘ziga ko‘krak uchini tutilganda yaqqol ko‘rish mumkin. 
Yuz nervi parezi, chuqur orqada qolish, og‘ir somatik xolatlarda bu refleks chaqirilmaydi.
Qidiruv refleksi (Kussmaul refleksi). Bolaning og‘iz burchaklarini silaganda (lablariga tegish mumkin emas) lablarning pasayishi, tilning chetlashishi, boshni silagan kishi tomoniga yo‘nalishini ko‘rish mumkin. Bu refleks ovqatlantirishdan oldin yaqqol namoyon bo‘ladi, ovqatlantirilgandan so‘ng sust namoyon bo‘ladi. Bu refleks ikki tomonlama bir xil, simmetrik chaqiriladi. Qidiruv refleksi 3-4 oylikkacha chaqiriladi, keyin yo‘qoladi. Refleksning assimmetriyasi yuz nervining bir tomonlama parezida kuzatiladi, yuz nervining ikki tomonlama parezi va MNS jaroxatida refleks chaqirilmasligi mumkin.
Xartumcha refleksi. Barmoq bilan bola labiga asta urib ko‘rilganda aylanma og‘iz mushagining beixtiyor qisqarishi yuzaga keladi va lablar xartumcha ko‘rinishiga keladi. Bu refleks 2-3 oygacha saqlanadi. 
Babkinning kaft-og‘iz refleksi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning kaftini tenorga yaqin soxasi (ikkala kaft bir vaqtda) barmoq bilan bosganda uning og‘zi ochilib, boshi egiladi. 2-3 oylikda yo‘qoladi. Refleksning sustlashuvi yoki chaqirilmasligi MNSning shikastlanganidan dalolat beradi. Qo‘lning periferik parezida refleks bir tomonlama chaqirilishi mumkin. 
Spinal xarakat avtomatizmi
Ximoya refleksi
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni qorni bilan yotkazib qo‘yilsa, reflektor ravishda boshini yonga buradi. Bu bola xayotining birinchi soatlaridanoq yaqqol namoyon bo‘ladi. MNS shikastlanishi bo‘lgan bolalarda bu refleks chaqirilmasligi mumkin, agar bola boshi burib qo‘yilmasa nafas ololmay qolishi mumkin. 
Tayanch va avtomatik yurish refleksi
Yangi tug‘ilgan chaqaloq tik tura olmaydi, lekin ularda tayanch reaksiyasi mavjud. Agar bolani vertikal xolatda turgizsak, oyoqlarini xamma bo‘g‘imlaridan bukadi. Tayanch xolatiga turgazilgan bola tanasini to‘g‘irlaydi va yarim bukilgan oyoqlarida to‘liq turadi. Agar bolani engil oldinga egiltirsak qadam tashlash xarakatlarini bajaradi (chaqaloqning avtomatik yurishi). Avtomatik yurish tayanch reaksiyasi 1-1,5 oygacha fiziologik xisoblanadi.So‘ng refleks so‘nadi va fiziologik astaziya-abaziya rivojlanadi. Bola bir yoshida erkin turish va yurish ko‘nikmalari paydo bo‘ladi, bu xolat shartli refleks sifatida qaraladi va buning uchun katta yarim sharlar po‘stlog‘i normada ishlashi lozim. 
Miya ichi jaroxatlari, asfiksiya bilan tug‘ilgan bolalarda tayanch va avtomatik yurish refleksi sust yoki umuman chaqirilmaydi. Nasliy nerv mushak kasalliklarida tayanch reaksiyasi va avtomatik yurish refleksi mushaklar gipotoniyasi xisobiga chaqirilmaydi. MNS shikastlanishida ushbu reflekslar uzoq vaqtgacha kuzatilmasligi mumkin.
Bauerning emaklash refleksi
Bolani qorni bilan yotkazib qo‘yildi, bu xolatda bola emaklash xarakatlarini bajaradi-spontan emaklash. Agar bola oyoqlarining kaftiga kaftimizni qo‘ysak, bola reflektor ravishda itariladi va emaklash xarakatlari kuchayadi. Bola yonboshlab yoki chalqancha yotganida bu xarakatlar yuzaga kelmaydi. Bunda qo‘l va oyoqlar xarakati koordinatsiyasi bo‘lmaydi. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlar emaklash xarakatlari bola xayotining 3-4 kunida yaqqol namoyon bo‘ladi. Refleks 4 oylikkacha fiziologik bo‘lib, keyin so‘nadi. Orqa miya jaroxatlari, miyaga qon quyilishi, asfiksiya bilan tug‘ilgan bolalarda bu refleks sust chaqirilishi, yoki chaqirilmasligi mumkin. Refleksning assimmetriyaligiga xam e’tibor qaratish lozim. Markaziy nerv sistemasi kasalliklarida boshqa shartsiz reflekslar kabi emaklash refleksi 6-12oygacha saqlanadi. 
Ushlab olish refleksi (Robinzon refleksi). Agar kichkintoy kaftiga ko‘rsatkich barmog‘ingizni bersangiz, u uni shu darajada mahkam ushlaydiki, hatto o‘z vaznini ham ko‘tara oladi. Bu refleksga etti oyga etganda ko‘nib boradi. Qo‘l parezlarida refleks sust chaqiriladi yoki chaqirilmaydi, qo‘zg‘aluvchan bolalarda refleks kuchaygan bo‘ladi. Refleks 3-4 oygacha fiziologik xisoblanadi, keyinchalik ushlab olish refleksi asosida buyumlarni ixtiyoriy ushlash ko‘nikmasi rivojlanadi. 4-5 oydan so‘ng refleksning saqlanib qolishi MNSning shikastlanganidan darak beradi. 
Babinskiy refleksi. Bolaning tovonidan barmoqlariga tomon barmog‘ingiz bilan «chiziq» o‘tkazsangiz, kichkintoy avval katta barmog‘ini bukadi, keyin qolgan barmoqlarini elpig‘ich kabi qolgan barmoqlarini yozadi va yana yig‘ib oladi. 
Galant refleksi. Paravertebral chiziq bo‘yicha bolaning bel qismiga chiziqli ta’sirlasak chaqaloq belini yoysimon bukadi. Ta’sirlangan tomondagi oyoqlar ko‘p xolatlardi chanoq son va tizza bo‘g‘imlarida bukiladi.
Bu refleks bola xayotinig 5-6 kunlarida yaxshi rivojlanadi. Markaziy nerv sistemasi jaroxatlangan bolalarda bu refleks susaygan yoki 1 oylikkacha chaqirilmaydi. Orqa miya jaroxatlarida refleks uzoq muddat chaqirilmasligi mumkin. Refleks 3-4 oylikkacha fiziologik xisoblanadi. 
Peres refleksi. Bola umurtqa pog‘onasining o‘tkir o‘siqlariga barmog‘imiz bilan bir oz bosgan xolatda dum soxasidan bo‘yinga qarata xarakatlantirsak, bola yig‘laydi, boshini ko‘taradi, tanasini yoyib, oyoq qo‘llarin bukadi. Bu refleks chaqaloqda salbiy emotsional reaksiyani chaqiradi. 
Refleks 3-4 oygacha fiziologik xisoblanadi. Refleksning sust chaqirilishi va qayta rivojlanishi MNS kasalliklarida kuzatiladi.