VITILIGO (PES) KASALLIGI — SABABLARI, ALOMATLARI, DAVOLASH, OLDINI OLISH
Vitiligo (lot. vitiligo — «teri ustki kasalligi», pes) — melaninning parchalanishi fonida derma tabiiy kelib chiqishli pigmentatsiyasini yo’qotishi bilan tavsiflanadigan teri kasalligining bir turi. Ushbu jarayon natijasida terining ayrim joylari rangini y
VITILIGO (PES) KASALLIGI — SABABLARI, ALOMATLARI, DAVOLASH, OLDINI OLISH
Vitiligo (lot. vitiligo — «teri ustki kasalligi», pes) — melaninning parchalanishi fonida derma tabiiy kelib chiqishli pigmentatsiyasini yo’qotishi bilan tavsiflanadigan teri kasalligining bir turi. Ushbu jarayon natijasida terining ayrim joylari rangini yo’qotadi, bu oq dog’lar hosil bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Kasallik uzoq vaqtdan buyon ma’lum, xalq orasida u ko’proq «pes» deb nomlanadi.
Tibbiy amaliyotda, «vitiligo» nomi bilan bir qatorda, mazkur kasallikning leykodermiya kabi nomlanishini ham uchratish mumkin. Lotin tiliga murojaat qilinsa, so’zning «oq teri» degan ma’noni anglatadi.
Statistikaga kelganda, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, dunyo aholisining 1 foiziga yaqini vitiligo kasalligiga chalingan. Kasallik ma’lum bir populyatsiyaga bog’liq emas, ammo qora tanli odamlarda dog’lar aniqroq seziladi. Ko’p hollarda, kasallik 10 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan davrda o’zini namoyon qiladi, bu davr barcha patologiya holatlarining 50 foizini tashkil qiladi.
Mundarija: [Yashirish]
- 1 Vitiligo alomatlari va belgilari
- 2 Vitiligo sabablari
- 3 Pes kasalligining bosqichlari
- 4 Vitiligo kasalligi xavflimi?
- 5 Vitiligo nasldan-naslga o’tadimi?
- 6 Vitiligo odamdan odamga yuqadimi?
- 7 Vitiligoni davolash qanday va nima yordamida amalga oshiriladi?
- 8 Vitiligoda qanday vitaminlar qabul qilish kerak?
- 9 Vitiligo dog’larini qanday qilib yashirish mumkin?
VITILIGO ALOMATLARI VA BELGILARI
Kasallikning asosiy belgisi — terida sut rangini eslatadigan oq va aniq chegaralangan dog’lar paydo bo’lishidir. Pes ko’pincha tananing yuz (og’iz, quloq, ko’z, burun atrofi), qo’llar va oyoqlar (ularning orqa tomoni, barmoq uchlari, tirsak, oyoq panjasi, tizzalar), chov sohasi va anal atrofi kabi sohalariga ta’sir qiladi. Oq dog’lar boshning sochli joylarida, shu jumladan erkaklarda soqol va mo’ylov sohalarida ham paydo bo’lishi mumkin.
Dog’lar bir nechta turda bo’lishi mumkin, ularning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
- Patologik jarayonga duchor bo’lgan terining sog’lom qismga o’tish joyida pigmentli kontur mavjud, dog’lar uchta rangga ega bo’ladi.
- Sezilarli pigmentatsiyaga ega bo’lgan bordyur bilan chegaralangan to’rt rangli dog’lar.
- Biroz ko’tarilgan val bilan cheklangan yallig’langan joylar.
- Ko’kimtir rangli dog’lar.
Bundan tashqari, kasallikka quyidagi belgilar hamroh bo’lishi mumkin:
РЕКЛАМА
ЕСТЬ ПРОТИВОПОКАЗАНИЯ. ПОСОВЕТУЙТЕСЬ С ВРАЧОМ
- O’choqli alopetsiya;
- Xoreoretinit — ko’zning orqa qismi va to’r pardaning yallig’lanishi;
- Vitiligo bilan shikastlangan joylarda sochlarning oqarishi yoki rangining ochroq bo’lishi;
- Sklerodermiya;
- Psoriaz;
- Yassi temiratki (lishay);
- Oshqozon-ichak traktining surunkali kasalliklari;
- Shikastlangan hududlarda terlash jarayoni buzilishi, terining sovuqqa va boshqa qo’zg’atuvchilarga reaktsiya qaytarmasligi, mushak-tukli va vazomotor reflekslar yo’qolishi;
- Ko’pincha vitiligo turli dermatitlar bilan birga kechadi;
- Jigarning toksinlarga qarshi turish qobiliyatining kamayishi.
Boshqa sub’yektiv belgilarga kelganda, ular kuzatilmaydi va aksariyat hollarda bemor faqat kosmetik nuqsonlardan aziyat chekadi. Shuning uchun bunday turdagi teri kasalliklari bo’lgan shaxslar uzoq vaqt quyosh ostida bo’lishdan qochishlari kerak, chunki toblangan terida dog’lar yanada yaqqol ko’rinadi.
Patologik jarayonning lokalizatsiyasiga qarab, patologik o’choqlar terining muayyan sohasida joylashganda vitiligoning lokal klinik shaklini ajratish qabul qilingan:
- Shikastlanish sohasida shilliq qavat ham bo’lsa, shilliq leykodermiya;
- O’choqlar bitta nerv bilan (kalla-miya yoki orqa miya) ta’minlanadigan teri sohasida joylashgan bo’lsa, segmentar leykodermiya;
- Dog’lar yakka holda, bir yoki ikki teri sohasida joylashgan bo’lsa, o’choqli leykodermiya.
Bundan tashqari, vitiligoning yalpi shaklini ajratish mumkin, bu terida o’zgarishlar juda keng ekanligini bilan namoyon bo’ladi:
- Akrofastsial leykodermiya — patologik jarayon yuz va qo’l-oyoqlarni qamrab oladi;
- Vulgar leykodermiya — kasallik o’choqlari butun tanada joylashgan bo’ladi;
- Umumiy yoki universal leykodermiya — terining katta qismi qamrab olinishi (80% gacha) bilan ajralib turadi;
- Aralash leykodkermiya — kasallikning akrofastsial va vulgar shakllari, yoki segmental, vulgar va akrofastsial shakllarning kombinatsiyasi mavjud bo’lganda tashxislanadi.
VITILIGO SABABLARI
Odam pes kasalligi bilan tug’ilmaydi, ushbu teri patologiyasi bir qator tashqi va ichki omillar ta’siri ostida shakllana boshlaydi. E’tiborli jihati kasallik juda kamdan-kam hollarda yoshlikda, ya’ni 10 yoshgacha bo’lgan davrda namoyon bo’ladi. Yoz va bahor davrlarida quyosh faolligining oshishi va vitiligoning ilk namoyon bo’lishi orasida aloqa mavjudligi o’rnatilgan.
Kasallik rivojlanishini rag’batlantiradigan sabablar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
- Organizmdagi autoimmun buzilishlar. Bunday holda immunitet tizimining ishlashida va yot agentlarni yo’q qilish uchun ishlab chiqarilgan antitanalarning faoliyatida buzilish sodir bo’ladi va ular organizmning o’z sog’lom to’qimalariga hujum qila boshlaydi. Vitiligo va autoimmun jarayonlarning o’zaro bog’liqligiga oid bunday xulosalar teri kasalliklari bilan og’rigan odamlarning aksariyatida ko’pincha shuningdek revmatoid artrit, qalqonsimon bez kasalliklari, tizimli qizil volchanka va boshqalar mavjudligiga asoslanadi.
- Vitiligo va irsiyat orasidagi bog’liqlik eksperimental ravishda tasdiqlangan. Kolorado universitetida ishlovchi olim R. Spits ushbu teri patologiyasining rivojlanishiga irsiy (genetik) moyillik mavjudligini aniqladi. Bundan tashqari, jigarrang ko’zli odamlarda kasallikning rivojlanish xavfi kulrang va ko’k ko’zlar egalariga nisbatan yuqori ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
- Endokrin bezlar. Endokrin bezlari faoliyatining jiddiy buzilishlari, shuningdek gormonlar darajasidagi o’zgarishlar kasallikning boshlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Ushbu sabablar neyroendokrin guruhga birlashtiriladi. Bundan tashqari, oshqozon osti bezi, tuxumdonlar, gipofiz va buyrak usti bezlari buzilishi ham kasallik rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
- Teri oziqlanishining buzilishi. Bu uning turli jarohatlaridan kelib chiqqan bo’lishi mumkin (kuyishlar, shu jumladan quyosh nurlaridan kuyish, chandiqlar va mikrojarohatlar).
- Ba’zi dori vositalarini qabul qilish ham patologik jarayonning boshlanishiga olib kelishi mumkin.
- Safro dimlanishi va a’zo parenximasidagi o’zgarishlarni yuzaga keltiradigan jigar kasalliklari.
- Oshqozon-ichak trakti kasalliklari. Disbakterioz, malabsorbsiya sindromi kabi kasalliklar. Fermentlarning so’rilish jarayonining buzilishi, terida melaninning normal shakllanishi uchun kerakli oziqa (rux, mis, marganets, magniy) yetishmasligiga olib keladi.
- Teri qoplamiga turli kimyoviy moddalarning ta’siri. Bu sifatsiz pardoz vositalari, fenol va uni o’z ichiga olgan reagentlar, formaldegid va boshqalar bo’lishi mumkin.
Ko’pchilik shifokorlar asossiz ravishda vitiligo tananing umumiy muammolari haqida gapiruvchi eng kuchli signal ekanligiga ishonishadi. Axir, ko’p hollarda kasallik, boshdan o’tkazilgan virusli infektsiyalar, intoksikatsiyalar, jismoniy, ayniqsa bosh jarohatlaridan so’ng rivojlana boshlaydi.
PES KASALLIGINING BOSQICHLARI
Kasallikning bir necha bosqichlarini ajratish qabul qilingan. Ular orasida:
- Kasallikning progressiv bosqichi. Uch oy mobaynida dog’ o’lchamining sezilarli darajada kattalashishi kuzatilsa, eski depigmentatsiyalangan maydonlarning o’sishi boshlansa yoki yangi dog’lar shakllanishi kuzatilsa ushbu bosqich haqida gapiriladi. Vitiligo bir necha oy mobaynida birinchi markaz yaqinida yangi o’choqlar paydo bo’lishi bilan asta-sekin rivojlanishi mumkin. Sekin rivojlanish kasallikning tabiiy rivojlanishi hisoblanadi. Biroq, yashin tezligida rivojlanadigan vitiligo turi ham mavjud. Bu holda bemor tanasida dog’lar soni oshishi bir necha hafta ichida sodir bo’ladi.
- Dastlabki bosqich, bu teri ustida bitta nuqta hosil bo’lishi bilan tavsiflanadi. Kasallik xarakteriga qarab, bu bosqich keyinchalik progressiv, barqaror yoki repigmentatsiya bosqichiga o’tadi.
- Statsionar bosqich, bemor terisida bitta dog’ mavjud bo’lib, u barqaror holatda bo’lishi bilan tavsiflanadi. Bu dog’ uzoq vaqt davomida kattalashmaydi, yangi dog’lar paydo bo’lmaydi.
- Repigmentatsiya bosqichi. Ko’pincha bu bosqich terapevtik tadbirlar, masalan ma’lum bir dorilarni qabul qilish natijasida kelib chiqadigan dog’ning spontan shakllanishi paytida kuzatiladi. Taassufki, teri kasalligining ushbu shaklida mustaqil va to’liq repigmentatsiya juda noyob holat hisoblanadi.
VITILIGO KASALLIGI XAVFLIMI?
Ushbu kasallik inson hayoti yoki sog’lig’iga bevosita tahdid solmasligiga ishoniladi. Biroq, o’z-o’zidan, vitiligo ko’pincha organizmda e’tiborsiz qoldirmaslik kerak bo’lgan muammolar natijasidir.
Shuning uchun, agar kishida vitiligo bo’lsa, u quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak:
- Qalqonsimon bezning ishlashi.
- Dori-darmonlarni qabul qilish, ular kishiga mos kelmasligi va zudlik bilan almashtirishni talab qilishi mumkin.
- Boshqa teri kasalliklari, xususan, psoriaz, teri sohasining tuksizligi va boshqalar.
- Immun tizimining buzilishi va bu buzilishni keltirib chiqaradigan omillar. Bundan tashqari, vitiligo va qandli diabet kasalligi orasida bog’liqlik haqida ma’lumot mavjud.
- Tez-tez stress yoki psixikaning beqarorligi.
- Organizmda oziqa moddalarining yetishmasligi.
- Ko’pincha vitiligo pnevmoniya, progressiv miopiyada qayd qilinadi.
Shuning uchun, agar vitiligo bilan bir qatorda bemorni biron bir boshqa alomatlar bezovta qilsa, shifokor qabulida unga bu haqida xabar berish kerak. Bundan tashqari, bemorlar ko’picha psixologik yordamga muhtoj bo’lishadi, chunki bunday sezilarli kosmetik nuqson psixologik travma, depressiya, tashqi ko’rinishdan norozi bo’lish va boshqalarga sabab bo’ladi.
VITILIGO NASLDAN-NASLGA O’TADIMI?
Kasallikning nasl surishi haqidagi savol bir necha bor turli olimlar tomonidan o’rganilgan. Biroq, hozirgacha aniq bir fikrga kelinmagan, aksariyat izlanishlar bir oila a’zolari orasida vitiligo namoyon bo’lishiga mas’ul bo’lgan genlarning ma’lum kombinatsiyasi mavjudligini ko’rsatmoqda. Shuning uchun, pesning nasldan-naslga o’tish xavfi 15 dan 40 foizgacha oraliqda bo’ladi.
Ammo shuni bilish kerakki, dog’lar majburiy tarzda emas, balki faqatgina xavf omillari ta’siri ostida shakllanadi. Shu sababli, vitiligo kasalligiga chalingan ota-onaning farzandi umr bo’yi bu kasallik alomatlarini boshdan kechirmasdan yashashi mumkin. Shu bilan birga, og’ir oila anamnezi bo’lgan bolalar xavf guruhiga kiradi.
Olimlar vitiligo bilan kasallangan bemorlardan eng ko’p uchraydigan ayrim gaplotiplarni o’rganishgan. Ammo ularning uchrash soni doimiy o’zgarib turadi va o’rganilayotgan populyatsiyaga bog’liqdir. Shu bois, depigmentatsiyaga turtki bo’ladigan omillarga ko’proq e’tibor qaratish lozim.
VITILIGO ONADAN BOLAGA UZATILADIMI?
Tabiiyki, vitiligoga duchor bo’lgan onalar teri patologiyasi bolasiga yuqishidan xavfsiraydi. Bu holatda bir narsani chalkashtirmaslik muhim: tug’ilgan bolada kasallikning o’zi emas (ya’ni unda tug’ma dog’lar bo’lmaydi), balki uning rivojlanishiga moyillik bo’ladi.
Shuning uchun, agar ona yoki boshqa oila a’zolarida vitiligo bo’lsa, ularning farzandlari turtki bo’luvchi omillar ta’siriga imkon qadar kamroq duchor bo’lishi kerak. Ular orasida psixologik va jismoniy jarohatlar, ultrabinafsha nurlari, kuyish va hokazolar mavjud.
Agar kasallik ayolga homiladorlik paytida ta’sir etsa, bu uning homilasi rivojlanishiga ta’sir qilmaydi va xavf tug’dirmaydi. Ammo homiladorlik vaqtida gormonal o’zgarishlar sodir bo’ladi, bu kasallikning tezroq tarqalishiga olib kelishi mumkin.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda vitiligo belgilari kamdan-kam hollarda aniqlanadi. Shu sababli chaqaloq terisida oq nuqtalar aniqlansa, unda psoriaz, oq yoki rangli temiratki, shuningdek allergiyadan gumonsirash mumkin. Lekin vitiligodan farqli o’laroq, bu holda teri qipiqlanishi ham qayd etiladi.
VITILIGO ODAMDAN ODAMGA YUQADIMI?
Bu savolga javob aniq — yo’q, yuqmaydi. Bu kasallik infektsion emas va unga duchor bo’lgan kishi kasallik yuqtirish jihatidan boshqalarga xavf tug’dirmaydi. Shuning uchun terisida bunday dog’lari bo’lgan odamlar bilan qo’rqmasdan muloqot qilish mumkin.
VITILIGONI DAVOLASH QANDAY VA NIMA YORDAMIDA AMALGA OSHIRILADI?
Agar terida bir yoki bir nechta oq nuqtalar paydo bo’lgan bo’lsa, u holda dermatolog-shifokorga ko’rinish kerak. U terini maxsus lampa bilan tekshiradi va depigmentatsiya xarakterini aniqlaydi. Agar zarur bo’lsa, tashxisni aniqlashtirish uchun material olinadi. Bu usullar muhimdir, chunki vitiligoni boshqa teri kasalliklaridan ajratish kerak.
Terapiyaga kelganda, vitiligodan to’liq va o’z-o’zidan shifo topish holatlari uchrab turishiga qaramasdan, kasallik tegishli davolanishsiz yanada kuchli rivojlanishi ehtimoli yuqori. Patologiyaga ko’pincha boshqa kasalliklar hamrohlik qilishini inobatga olib, to’g’ri dori vositalarini tanlay bilish muhimdir.
Glyukokortikoidlar (autoimmun jarayonlar va allergik reaktsiyalarni bartaraf etishga yo’naltirilgan vositalar) bilan davolash quyidagi holatlar uchun ko’rsatiladi:
- Kasallikning lokalizatsiyalangan shakli. Bunday holatda, malhamlardan foydalanish tavsiya etiladi. Dastlab o’rtacha darajada faol bo’lgan moddalar buyuriladi. Ular orasida Butirat gidrokortizon, Esperson, Alkometazon, Ftorokort, Triakort va boshqalarni ajratib ko’rsatish mumkin. Kurs kamida 3 oy davom etishi kerak. Hech qanday ta’sir sezilmasa, yuqoriroq faollikka ega malhamlar buyuriladi. Ular orasida Elokom, Kutiveyt, Sinalar, Dermoveyt, Beloderm va boshqalar bor. Ushbu vositalar 8 haftadan ortiq muddat uzluksiz qo’llanilishi kerak. Kurs 1-4 oy o’tgach takrorlanishi lozim.
- Kasallikning umumiy shakllari. Bu holda, tabletka shaklidagi dorilardan foydalanish ko’rsatiladi. Glyukokortikoidlarni qabul qilish natijasida qandli diabet va Itseno-Kushenko sindromi rivojlanishi xavfi yuqori bo’lganligi sababli, parallel ravishda puls-terapiya ishlatish, dorilarni esa tanaffuslar bilan qabul qilish kerak. Umumiy shakldagi vitiligoni davolash uchun ishlatiladigan bu dorilar guruhi orasida Triamtsinolon, Deksametazon, Prednizolon, Metilprednizolonni ajratib ko’rsatish mumkin.
Vitiligoni davolashda ko’pincha ultrabinafsha nurlari qo’llanilishi sababli, shifokorlar bemorlarga fotosensibilizatsiyalovchi vositalar qabul qilishni tayinlaydi. Ular melanositlarning ultrabinafsha nurlar ta’siriga sezuvchanligini oshiradi.
O’simlik asosli furokoumarinlar orasida quyidagilarni ajratish mumkin:
- Bergapten va ksantoksin saqlovchi Beroksan;
- Faqat ksantoksin saqlovchi Puvalen, Oksoralen, Lamadin, Metoksalen;
- Imperatonin va ksantoksin saqlovchi Meladinin;
- Ksantoksin, bergapten va izopimpinellin saqlovchi Ammifurin;
- Anjirdan olinadigan Psoberan;
- Oqquray o’simligidan ajratib olinadigan Psoralen.
Tizimli terapiya gormonal buzilishlarni bartaraf etish, bemorlarni depressiyadan chiqarish, asabiy va boshqa asab tizimi kasalliklarini bartaraf etishga qaratilgan bo’ladi. Bemorga yetishmayotgan mikroelementlar va vitaminlar o’rnini bosish muhimdir. Shuning uchun unga askorbin kislotasi va mis saqlovchi komplekslarni buyurish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuningdek, shifokor tomonidan antioksidantlar va immunomodulyatorlar belgilanishi ham mumkin.
Tibbiyot bir joyda to’xtab turmaydi va vitiligoni davolash usullari doimo mukammallashib boradi. Kasallik bilan kurashishning yangi usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Lazer yordamida davolash yoki lazeroterapiya.
- Teridagi dog’larning sezilarligini kamaytirish uchun terini oqartirish muolajasi.
- Jarrohlik aralashuvi (melanositar transplantatsiya).
- Bemorning shikasatlanmagan teri sohalaridan o’z pigment hujayralarini (melanositlarni) muammoli teriga ko’chirib o’tkazish.
Bundan tashqari, olimlar kasallikning rivojlanishiga olib keladigan autoimmun reaktsiyani bartaraf etadigan vaktsinani ishlab chiqishga urinishdan voz kechish istagida emas.
Bundan tashqari, kamdan-kam hollarda, shifokor vitiligoning tashqi yoki ichki omillar bilan bog’liqligini aniqlay oladi. Birlamchi sababni yo’q qilish orqali patologik jarayonni to’xtatishga erishish mumkin. Ko’pincha bunga bemorni gijjalardan halos etish yoki ma’lum bir kimyoviy moddalar bilan aloqa qilishni cheklash natijasida erishiladi.
PARHEZ VA PROFILAKTIK CHORALAR
Bemorning ovqatlanishiga oid tavsiyalarga to’xtalganda, taomnomada mis elementiga boy mahsulotlar ko’p bo’lishi kerak. Ular orasida: dengiz mahsulotlari, olma, pomidor, karam. Bundan tashqari, tarkibida rux elementi ko’pligi bois guruch, suli yormasi va makkajo’xori ham tavsiya etiladi.
Kasallikning rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun maxsus profilaktika choralari mavjud emas. Shu bilan birga, kasallik tarixi bilan ajralib turadigan kishilarga quyoshda iloji boricha kamroq yurish va bu teri patologiyasini keltirib chiqarishga qodir kasalliklarni o’z vaqtida davolash tavsiya etiladi.
VITILIGODA QANDAY VITAMINLAR QABUL QILISH KERAK?
O’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar ma’lum vitaminlar (masalan, E, C, alfa-lipoik kislota) qabul qilish kasallikning kechishiga ta’sir qilishi va terapevtik samarani kuchaytirishi mumkinligini isbotladi. Shuning uchun shifokorlar bu teri kasalligi bilan og’rigan bemorlarga ko’pincha ushbu guruhdan ma’lum preparatlarni buyuradilar. Eng mashhurlari orasida tiamin, askorbin kislota, pantoten kislota va riboflavinni ajratib ko’rsatish mumkin.
FOLIY KISLOTANING ROLI
Shvetsiyada foliy kislota va vitamin B12`ning vitiligoga ta’siri bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi. Tadqiqotda vitiligo bilan kasallangan 100 bemor ishtirok etdi, ularning barchasi kuniga 2 marta 5 mg foliy kislotasi va 1 mg miqdorda kuniga 1 marta B12 vitamini qabul qilishdi. Shartli muolaja terigahar kuni ultrabinafsha nurlarini ta’sir ettirish edi. 3 oydan keyin natijalar umumlashtirildi. Barcha ishtirokchilarning yarmidan ortig’i ijobiy natijalarga erishdi va bir nechta bemor 100% davolandi.
VITILIGO DOG’LARINI QANDAY QILIB YASHIRISH MUMKIN?
Yuz va tanadagi oq dog’larni yashirish — vitiligo bilan og’rigan odamlarning tabiiy istagi. Davolash amalga oshirilayotgan davrda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
- Kosmetik vositalardan foydalanish. Bu dog’larni sezilmas qilish uchun eng maqbul va qulay usul. Shu bilan birga, tonal krem va boshqa vositalarini to’g’ri qo’llash kerak. Dastavval terini tabiiy ranggacha olib borish, shundan so’ng uning yaltirashini bartaraf etish kerak. Bundan tashqari, permament tatuajdan foydalanish mumkin. U uzoqroq muddat saqlanib turadi va kiyim yoki suv bilan aloqa qilishda o’chib ketmaydi.
- «Avtozagar»dan foydalanish. Ushbu amaliyotni salon sharoitida bajarish orqali rangning tabiiyroq bo’lishi va uzoqroq saqlanishiga erishish mumkin. Bundan tashqari, kerakli rangni tanlash va uni tanaga qo’llash oson ish emas. Kosmetikadan farqli o’laroq, bunday vositalarni qo’llar va oyoqlarda ishlatish qulay, chunki u kiyimlarni bo’yamaydi.
- Yashil (pishmagan) yong’oq po’stlog’ini ishlatish. Buning uchun ularni blenderda maydalab, 2 soatgacha qoldirish kerak. Shundan keyin aralashma jigarrang tushga kiradi. So’ng undan sharbati siqib olinadi va paxta yordamida dog’larga surtiladi, bu ularni bo’yashga hissa qo’shadi. Ushbu vositaning afzalliklaridan biri kiyimda hech qanday iz qoldirmasligidir.
- Vitiligoni yashirishga dermabraziya yordam berishi mumkin. Bu holda teriga qavatma-qavat ishlov beriladi, penetratsiya chuqurligi esa kasallikning shakli, dog’larning yoshi va hokazolarga bog’liq.
Biroq, ushbu vositalardan foydalanganda, ta’sirlangan terining parvarish qilish qoidalarini unutmaslik kerak. Unga ortiqcha zarar yetkazmaslik yoki allergenlar ta’sir ettirmaslik zarur. Tor bo’lgan kiyim yoki poyabzal kiymaslik, dog’larning ishqalanishiga yo’l qo’ymaslik, agar ustaradan foydalanish zarurati tug’ilsa, o’ta ehtiyotkor bo’lish kerak. Taqinchoqlar bo’yin va barmoqlarda ko’rinadigan iz qoldirmasligi kerak (qisishi natijasida). Quyoshda va sovuqda vaqt o’tkazishni cheklash lozim. Chunki quyoshda toblanish ko’pincha yangi dog’lar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Vitiligo kasalligi hukm emas va ko’p hollarda davolanish muvaffaqiyatli bo’ladi. Davo usullarining biri samarasiz bo’lib chiqsa, ruhiyatni tushirmaslik kerak, bu kasallik bilan kurashish uchun boshqa usul yordam berishi mumkin. Vitiligodan butunlay qutulishning iloji bo’lmagan taqdirda ham, zamonaviy terapiya usullaridan foydalanib, dog’larni yetarli darajada sezilmas qilish mumkin.