12:20 / 27.07.2022

BACHADONDAN DISFUNKTSIONAL QON KETISHLAR

Mazkur keys UASHning bachadondan disfunktsional qon ketishlar va bachadon miomasi muammosini echishda yordam beradi

Bachadondan disfunktsional qon ketishi deb, ayol jinsiy a`zolarida organik o’zgarishlar kuzatilmasdan, balki tuxumdonlar gormonal faoliyatining buzilishi, gonadotrop gormonlar ishlashining buzilishi sababli kelib chiqadigan qon ketishlarga aytiladi. Bu holatda endometriyda doimo morfologik o’zgarishlar kuzatiladi. BDQK ginekologik kasalliklarning 10- 15 % ni tashkil etadi va turli yoshdagi ayollarda, xatto qizlarda yuvenil qon ketishi, tug`ruq yoshidagi ayollarda, menopauzadan oldin va klimakterik yoshda xam kuzatiladi. Ayol organizmida xayz tsiklining kechishi juda murakkab biologik jarayon bo’lib, uning asosida bosh miya po’stloq qismi-gipotalamus –gipofiz–tuxumdon–bachadon sistemasining bir–biriga ta`siri natijasidagi jarayon yotadi. Bu 5 ta halqa o’zaro bog`langan bo’lib, ulardan birining faoliyatini izdan chiqqanda xayz tsiklining buzilishi kuzatiladi. Hayz tsikli buzilishining ko’rinishlaridan biri bachadondan disfunktsional qon ketishidar.

Марказий асаб системаси

  Бош мия

Юрак ±он томир системаси

 

         BDQK  yuzaga keltiradigan bir qancha omillar mavjud:

 1. Markaziy nerv sistemasining buzilishi– asab zo’riqishi, stress omillari, aqliy va jismoniy zo’riqish, jarohatlanish.

  1. O’tkir va surunkali infektsiyalar (gripp, surunkali tonzillit, revmatizm, sil ).
  2. Jinsiy a`zolarning surunkali yallig`lanish kasalliklari.
  3. Ichki sekretsiya bezlari xastaliklari.
  4. Ba`zi dorilarni muntazam ichish oqibatida (neyroleptiklar).

BDQK asosan ayollarning 3 davrida, balog`atga etganda, 20-25% xollarda «etilish» davrida va klimakterik davrida, ya`ni organizmning « so’nish» davrida 50-60% xollarda uchraydi.

         YUqorida ko’rsatilgan omillar ta`sirida bir-biri bilan uzviy bog`langan halqalardan birining funktsional o’zgarishi kuzatiladi, bu esa o’z navbatida tuxumdonlar faoliyatining buzilishiga olib keladi:

a) Ovulyatsiya buzilishiga .

b) Sariq tana rivojlanishi II  fazasining va progesteron ishlab chiqarishning boshlanmasligi.

v) Ayol organizmiga faqat estrogenlarning uzoq ta`sir etishi.

SHu o’zgarishlarga ko’ra BDQK ni quyidagicha tasniflash mumkin:

BDQK TASNIFI:

  1. Anovulyator qon ketishi:

a) follikullar atreziyasi tipida.

    b) follikullar persistentsiyasi tipida.

  1. Ovulyator qon ketishi:

a) Follikulin fazasining qisqarishi.

    b) Lyutein fazasining uzayishi.

    v) Lyutein fazasining qisqarishi.

Ayollarni yoshga qarab tasniflash:

  1. YUvenil qon ketishi.
  2. Tug`ruq  yoshidagi ayollarda DKK
  3. Klimakterik yoshidagi qon ketishi.

Follikul etilishining buzilishi 2 tipda kuzatiladi.

Follikulning uzoq persistentsiyasi – etilgan 1-2 katta follikul bir qancha vaqtgacha yorilmasdan turadi va estrogenning aktiv fraktsiyalarini chiqara boshlaydi. Organizmda estrogen gormonlar darajasining yuqoriligi aniqlanadi. Bu gormonlar ta`sirida bachadonda nafaqat proliferatsiya jarayoni, balki giperplaziya, polipoz, kistoz holatlari ham kuzatiladi. Boshqa a`zo va sistemalarda xam o’zgrishlar kuzatiladi. Bu holat ko’pincha tug`ruq  yoshidagi ayollarda ko’proq kuzatiladi.

Follikulaning atreziya holati – bunda follikul etilishi oxiriga etmay, balki kichik yoki katta follikul darajasida to’xtaydi va orqaga rivojlanish holati kuzatiladi.

      Giperplaziyaga uchragan endometriyda qon tomirlarining o’sib ketishi va kengayishi kuzatiladi. Estrogenlarning doimiy ta`sirida qon tomirlar yupqalashib, mo’rt bo’lib qoladi, ularning tonusi o’zgarib , siqilish yoki kengayish holatlari kuzatiladi. Bu endometriyda qon aylanishning buzilishiga, qon talash xolatlari va bu erda nekrozlarni yuzaga keltiradi. Nekrozga uchragan endometriy qismlari har joy har joydan ko’chib qon ketishiga sabab bo’ladi. qon ketish holatlari ko’pincha hayz tsiklining buzilishi, hayzning to’xtab qolishidan yuzaga keladi. qon ketish darajasiga qarab (uzoq yoki qisqa) atreziya yoki persistentsiya holatini aniqlash mumkin.

         Persistentsiya holatida qon ketishi ko’proq, lekin qisqa vaqt ichida kuzatiladi, follikul atreziyasida esa -  kamroq qon ketib, uzoq vaqtgacha cho’zilishi kuzatiladi. Har ikkala holatda ham qon ketishi ayolni kamqonlik kasalligiga olib kelishi mumkin.

BDQK DIAGNOSTIKASI.

         Bachadondan disfunktsional qon ketgan ayollarda umumiy ko’rinish o’zgarmaydi, ko’pincha ayolda hayz 2-3 oy to’xtab, keyin biroz qon surkala boshlaydi, keyin kuchayib ketadi. Qon ketishi hayz muddatidan o’tgach boshlanadi.

         Qin yoki ichak-qin orqali tekshirilganda bachadonning biroz kattalashganligi, sharsimon va yumshoqlanganligi aniqlanadi. Follikulaning qaysi tipda o’zgarganligini aniqlash uchun funktsional diagnostika testlari qo’llaniladi.

Funktsional diagnostika testlari.

  1. Follikula persistentsiyasiga xos o’zgarishlar:
    • bir fazali bazal xarorat
    • « qorachiq» simptomi +++ yoki ++++
    • yuqori darajali KPI – 50 – 70 %
    • qin surtmasi tipi III - IV jada bo’ladi
  2. Follikula atreziyasi tufayli qon ketishiga xos o’zgarishlar:
    • bir fazali bazal harorat
    • uzoq vaqtgacha kuzatiluvchi «qorachiq» simptomi + yoki ++
    • KPI – 15 – 25%.

    Diagnostikasida quyidagi usullardan foydalaniladi:

      1. aniq yig`ilgan anamnez (bepushtlik, homila tashlash holatlari ).
      2. umumiy va qin orqali bimanual tekshirish.
      3. gisteroskopiya
      4. exoskopiya
      5. endometriyni tekshirish (endometriy biopsiyasi, diagnostik qirish metodi, endometriy aspiratsiyasi).
      6. qon analizi.

a) qonda XG ni aniqlash

b) trombotsitlar miqdorini aniqlash.

v) leykotsitlar formulasini aniqlash.

      1. gormonlar miqdorini tekshirish usullari
      2. funktsional diagnostika testlari.

   YAkuniy diagnoz endometriyni gistologik tekshirish natijalari olingandan keyin (bezsimon – kistali giperplaziya ) qo’yiladi.

      BDKKni quyidagi kasalliklar bilan qiyosiy diagnostikasi o’tkazish lozim:

    • qon kasalliklari bilan: gemorragik diatez, trombotsitopeniya, gemofiliya.
    • bachadon miomasi
    • tuxumdonlar o’smalari
    • polipozlar
    • rak kasalliklari ( bachadon tanasi va bo’yni raki)
    • platsentar polip
    • adenokartsinoma
    • homiladorlikning vaqtidan ilgari to’xtashi, abortlar
    •  bachadondan tashqari homiladorlik
    • adenomioz va boshqalar.

BDQKni davolash.

       Bemorning yoshi, kasallikning kelib chiqish sabablari, patogenezi va boshqa a`zolar faoliyatining izdan chiqqanlik darajasini xisobga olib, har taraflama kompleks davolash tadbirlari qo’llaniladi. Davolashning asosiy tamoyillari: bemorning umumiy ahvolini yaxshilash, qon ketishini to’xtatish, uning takrorlanishining oldini olish, tuxumdon faoliyatini va gipotalamo-gipofiz-tuxumdon-bachadonning o’zaro buzilgan munosabatlarini tiklashdan iborat. Klimakterik davrda yoki menopauzaga yaqin bo’lganda tuxumdon faoliyatini sun`iy vositalar orqali so’ndirish masalasi qo’yiladi.

         BDQK ni davolashda umumiy aholni yaxshilovchi, simptomatik davolash, gormonlarni qo’llash  va jarrohlik usullari qo’llaniladi.

Umumiy davolashda  kasalga salbiy ta`sir etuvchi omillarni yo’qotish, aqliy va jismoniy jihatdan dam oldirish, bularni yo’lga qo’yishda preparatlardan:biopassit,notta va fizioterapevtik usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, endonazal elektroforez vitamin V1 bilan yoki elektroforez brom va kaltsiy bilan SHerbak yoqasi ko’rinishida qo’yiladi. Bachadon bo’ynini elektrostimullash usullaridan bachadon-gipofiz refleksini qo’zg`atishga yordam beradi.

         Simptomatik davolash – bachadonni qisqartiruvchi vositalarni qo’llash ( oksitotsin va boshqalar), qon to’xtatuvchi vositalar (kaltsiy xlorid, vikasol, ditsinon), kamqonlikka qarshi vositalar (globeks, tardiferon, aktiferrin, ferrum–lek tabletkalari), vitaminlar ( S, E, V guruxi, duovit pregnovit oligovit) qo’llaniladi.

Davolashning asosini gormonlar yordamida davolash tashkil etadi va u ikki xil xususiyatga ega – gemostatik va tuxumdonlar faoliyatini tartibga solish.        Gormonal gemostaz – yosh qizlarda va tug`ish yoshidagi ayollarda qon ketishini to’xtatish maqsadida qo’llaniladi (ko’pincha bachadonni diagnostik qirish usulidan keyin).

  1. Estrogenlarni qo’llash. Qon to’xtatish maqsadida follikulyar gormon ishlatilib u bachadon shilliq qavati regeneratsiyasini tezlashtiradi. Gipofizda FSGning ortiqcha ishlab chiqarishini kamaytirib, FSG va LGlarning o’zaro munosabatini normallashtiradi. Estrogenlar 3-4 kun davomida nisbatan katta dozada beriladi. Follikulin 10000 tb har bir soatda 4-6 marta qon to’xtaguncha yuboriladi (umumiy doza 60000 tb). Odatda 6 soat ichida qon oqishi to’xtaydi. Sxema bo’yicha: keyingi har bir kunda 10000tb kamaytiriladi (masalan , 2 - kunda 5 marta X 10000tb m/i, 3 kun – N4 , 4 kun – N3, 5 kun – N2, 6 kundan to 15 kungacha N1, keyin 16 – 25 kunlarda progesteron 2,5% - 10 ml kunora N5 m/i yuboriladi.
  2. Etinilestradiol 0,05 mg dan sutkasiga 3-4 marta keyingi kun 2-3 marta kamaytirilib, qon to’xtagach 2 - kunidan boshlab 6-8 kun progesteron 15mg yuboriladi yoki norkolut, dyufaston 1 tabletka 1 mahal beriladi.
  3. Estrogenlar va progesteron birgalikda sintetik progestinlar ko’rinishida qo’llanildi (Trikvilar, mikroginon, non- avlon va boshqalar). 10 kun davomida qo’llaniladi. 1kun 1 tabletkadan xar bir soat davomida kuniga 5-6 tabletkagacha qon to’xtaguncha. 2-i kundan 1 tabletkadan kamaytirilib to sutkada 1 tabletkagacha kamaytiriladi. 1 tabletkadan 21 – 28 kungacha ichiladi. Asosiy maqsad gipofizning gonadotrop faoliyatini to’xtatishdir.           

      YUvenil qon ketishida xorionik gonadotropin 4 xayz tsikli davomida 1 oy 1500 tb dan mushak orasiga , 12 dan 15 kungacha, 2 oy 1000tbdan , 3- oy 500tb dan mushak orasiga yuboriladi. Sintetik progestinlar 1tabletkadan hayzning 5 - kunidan 25 -  kunigacha 3 oy mobaynida beriladi.

TSIKLIK GORMONAL TERAPIYA follikula atreziyasi kuzatilganda va estrogenlar etishmovchiligida hamma yoshdagi ayollarda qo’llaniladi.

    Estrogenlar 10000 tb dan mushak orasiga ( yoki mikrofollin til tagiga ) hayz tsiklining 6-8, 10-12 -  kunlari yuboriladi, 14-16-18 -kunlari estrogen progesteron bilan birgalikda 10 mg yuboriladi. 20 -  kundan boshlab progesteron 10 mg dan 6-8 kun yuboriladi. Bunday davolash 3-4 hayz tsikli davomida olib boriladi.

     Klimakterik davrda, 48–50 yoshdan keyin yuzaga kelgan BDQKda tuxumdonlar faoliyatini to’xtatish, androgenlarni qo’llash yo’li bilan olib boriladi. Bu maqsadda testosteron propionat 5% 1ml mushak orasiga 5 ta in`ektssi hr kuni , 5 tasini kun ora , 5 tasini har 2 kunda 1 oy ichida yuborish taklif etiladi. Kurs dozasi 750 mg.

Androgenlarni qo’llashga qarshi ko’rsatmalar: gipertrixoz, gipertoniya kasalligi, jigar xastaliklari.

     Bachadondan disfunktsional qon ketganda qo’llaniladigan zarur choralardan biri bachadon bo’shlig`ini diagnostika maqsadida qirishdir. Bunda nafaqat tashxis qo’yish, balki qon ketishini to’xtatishga ham erishiladi. Bu metodni qo’llash yosh qizlarda oxirgi chora bo’lsa , 30-40 yoshdagi ayollarda birinchi bo’lib qo’llaniladigan choradir. Agar gistologik tekshiruvda rak oldi xolatlari kuzatilsa

(atipik giperplaziya, adenomatoz poliplar proliferatsiya bilan) unda jarrohlik usulini qo’llash zarur.

Jarrohlik usulini qo’llashga ko’rsatmalar:

  1. Adenokartsinoma.
  2. Adenomatoz yoki endometriyning atipik giperplaziyasi .
  3. Atipik giperplaziya mioma bilan qo’shilib kelsa, yoki tuxumdonlar kattalashgan bo’lsa.
  4. Takrorlanuvchi endometriyning bez - kistozli giperplaziyasi .
  5. Qo’llanilgan davolash choralaridan foyda bo’lmasa va qon ketish hayot uchun xavf tug`dirsa.

                Katta yoshdagi ayollarda – klimakterik qon ketishi kuzatilganda bachadon endometriysini kirish usulidan keyin tarkibida estrogen bo’lgan preparatlar tavsiya etilmaydi, chunki ular yurak - tomirlar faoliyatini , jigarning surunkali xastaliklarini, o’t pufagi kasalliklarini qo’zg`atishi, qon bosimini ko’tarishi, giperxolesterinemiya, giperglikemiya holatlarini chaqirishi mumkin. Bu yoshdagi ayollarga toza gestogenlar va androgenlar tavsiya etiladi:

  1. 17 -0 OPK 125 - 250 mg bachadon qirishdan keyin 14, 17 ,21 kun va 4-6 oy ichida hayzning shu kunlari yoki haftada 2 marta 6 oy davomida  - 48 yoshdan oshgan ayollarga tavsiya etilib, hayz xolatini to’xtatadi.
  2. Norkolyut 5-10 mg hayzning 5 dan 25 kunigacha 4 – 6 oy davomida.
  3. Omnadren – 250 yoki Sustanon – 250 1 ml dan 1 oyda 1 marta 3-4 oy ichida, so’ng metiltestosteron 5-10 mg dan til ostiga 1-2 oy davomida ichiladi.
  4. Keyingi yillarda 40 yoshdan boshlab sof gestogenlardan: femoston, dyufaston keng qo’llanilmoqda.
  5. Gormonal davolashga qarshi ko’rsatmalar bo’lsa, u holatda gomeopatik dori vositalaridan remens tavsiya qilinadi,ba`zan rentgenkastratsiyani qo’llash mumkin.

BDQK PROFILAKTIKASI.

BDQKning oldini olish choralari juda muhim va ko’p qirralidir:

    • barcha genital va ekstragenital kasalliklarni davolash
    • qiz bolalarni yoshligidan boshlab sog`lomlashtirish ishlarini olib borish, jismoniy tarbiya bilan shug`ullantirish, to’g`ri ovqatlantirish, o’qish, dam olish.
    • Jinsiy hayot gigienasiga rioya kilish va boshqalar.

BDKKning oldini olish, o’z vaqtida to’g`ri davolash, keyinchalik turli onkologik kasalliklarni oldini olish.

BDQK YUVENIL TURI .

YUvenil qon ketishi balogat yoshiga etgan qizlarda bachadondan atsiklik qon ketishi bo’lib, bu holat ginekologik kasalliklarning 10% ni tashkil etadi.

ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI.

            Kasallik polietiologikdir, asosan o’tkir va surunkali infektsion kasalliklar (angina, surunkali tonzillit, gripp, revmatizm, pnevmoniya), noto’g`ri ovqatlanish (gipovitaminozlar), ko’ngilsiz voqealar – ruhiy tavmalar, charchash hollari va boshqalar sabab bo’ladi. Bunda endogen va ekzogen omillar ontogenez davrida gipotalamus xujayralarining retseptor faoliyatiga ta`sir etishiga ko’ra  uning markazining ta`sirchanligi oshadi. Gipotalamus buholda gipofizga to’liq ta`sir ko’rsata olmaydi, gonadotrop gormoni kam ajraladi. Bu o’z navbatida tuxumdonda follikullar etilishiga ta`sir etib, anovulyatsiyani yuzaga keltiradi. YUQK da anovulyatsiyaning o’ziga xos turi, follikullar atreziyasi (yorilmay qolishi) yoki kistaga aylanib qolishi kuzatiladi.

         Estrogenlar uzoq vaqt davomida, progesteron oz miqdorda ajraladi. Bu hol endometriyda proliferatsiya xolatini keltirib chiqaradi. Giperplaziya yuzaga kelib, bez–kistali o’zgarishlar yuz beradi. Bu hol qon–tomirlar o’zgarishiga, nekroz xolatiga va qon ketish holatini yuzaga keltiradi.

         KLINIKASI. Ko’p miqdorda , uzoq ( 7 kun va undan ko’p) qon ketishi bilan xarakterlanadi. Ko’pincha hayz tsikli to’xtab qolgandan keyin (1,5 – 6 oy) qon ketib, qizni kamqonlik kasaligiga olib kelishi mumkin.

Atsiklik qon ketishi menarxe vaqtidan boshlanishi yoki menarxedan 1,5 – 2 yil keyin, biron infektsion kasallikdan keyin, aqliy jismoniy charchash tufayli yuzaga keladi. 87% hollarda endometriyda giperplastik o’zgarishlarni, adenomatoz va atipik giperplaziya xolatlarini ko’rish mumkin, shifokor bunday holatlarga e`tiborli bo’lishi kerak.

         YUQK klinikasi qancha miqdorda qon yo’qotganligiga bog`liq: tez charchash, xolsizlik, ishtaxaning yo’qligi, bosh og`rishi , yurakni vaqti vaqti bilan og`rish hollari kuzatiladi. Qon analizida tromotsitlar miqdorining o’zgarganligi , fibrinogen kontsentratsiyasi pasayishi, qonning ivish qobiliyati pasayishi kuzatiladi.

         YUQKda tekshirish usullari:

  1. Bazal haroratni o’lchash.
  2. UTT o’tkazish.
  3. To’g`ri ichak orqali tekshirish.
  4. Umumiy qon va trombotsitlar sonini tekshirish.
  5. Qonda progesteron miqdorini tekshirish.
  6. Gonadotrop gormonlar ( FSG, LG ) kontsentratsiyasini aniqlash.

DIFFERENTSIAL DIAGNOSTIKA

Bachadondan qon ketishi bir qancha boshqa kasalliklarda ham kuzatilib, buning differentsial diagnostikasida quyidagi patologik holatlarni e`tiborga olish kerak bo’ladi:

  1. Tuxumdonning granulyoz hujayrali va mezodermal o’smalari, tekoma  disgerminoma.
  2. Bachadon va qindagi xavfli o’smalar ( mioma, rak).
  3. Jinsiy a`zolar sili
  4. Gemorragik diatez
  5. Trombotsitopeniya (Verlgof kasalligi ).
  6. Gemofiliya S (qiz bolalarda X omilning etishmasligi natijasida qonning ivishi ancha sust bo’ladi).
  7. Angiogemofiliya Villebrand – YUrgens kasalligi – bunda qon ivishida ishtirok etuvchi VIII omil bo’lmagani uchun qon ketishi uzoq davom etadi.
  8. Kapillyarlar toksik va allergik o’zgarganda.
  9. Bo’qoq bezi, buyrak usti bezi, dientsefal patologiya.

DAVOLASH.

Bachadondan YUQKni davolash usullari shu patologik xolatni vujudga keltirgan sabablarni aniqlab, shu asosda davo choralarini qo’llashdan iborat. Bu har bir bemorni chuqur o’rganishni talab qiladi. Davolashni asosan ikki bosqichga bo’lish mumkin:

    • qon ketishini to’xtatish;
    • hayz tsiklini tartibga solish;

      Agar kasalxonaga murojaat qilgan qiz bolada o’tkir kamqonlik belgilari kuzatilsa: arterial qon bosimi pasaygan, taxikardiya, xolsizlik, gemoglobin miqdori 70 g/litrdan past bo’lsa, gematokrit 20% - bu holda SZP 300-400 ml, ifezol va qon o’rnini bosuvchi eritmalar (stabizol, refortan) quyish zarur, keyin gormonal gemostaz usuli va tsiklik yoki sintetik progestin bilan terapiya o’tkaziladi.