11:13 / 07.07.2022

Buyrak va siydik ajratuv yo‘llari kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni nаzоrаt qilish vа pаrvаrishlаsh

BUYRAK VA SIYDIK AJRATUV YO‘LLARI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING NAZORATI

NEFROLOGIYA ( yunoncha nephros-buyrak, logos-ta`limot ) buyrak kasalligining etiologiyasi, patogenezi va kasallikning klinik kechishi, diagnostikasi, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadigan ichki kasalliklar bo`limi. Urologiya (yunoncha uron-siydik, logos – ta`limot ) siydik tizimining jarrohlik kasalliklarini o`rganuvchi yo`nalish.  Buyrak va siydik kasalligi bilan og`rigan bemorlarni kuzatish va davolash ikki yo'nalishda olib borish kerak.  Kuzatuv va parvarishning umumiy chora-tadbirlari turli organlar va tizimlar kasalliklari bilan bir vaqtda, zarur g'amxo'rlik qilish chora-tadbirlari: Bemorning umumiy holati monitoringi, harorti, puls va qon bosimini aniqlash,  bemorni shaxsiy gigiena bilan ta'minlash va boshqalar kiradi.  Maxsus parvarish- siydik ayiruv tizimi kasalliklarining belgilari kuzatiladigan bemorlarga yordam berish uchun mo'ljallangan parvarish - bel sohasida og'riq, shish, siyish buzilishi, arterial gipertenziya va boshqalar.  Buyrak kasalligi va siydik yo'llallari bilan og`rigan bemorlarni  kuzatish ehtiyotkorlik va muntazam parvarishlash talab qiladi. Qachonki bemorning: siydik rangi o'zgarishi, qon bosimining ortishi, dispeptik buzilishlar sodir bo’lganda, umumiy ahvoli yomonlashganda darhol shifokorga xabar berish kerak.  Buyraklar asosiy vazifasi – siydik,  suvda erigan tuz, metabolizm mahsulotlarini ajratish (xususan, protein metabolizm mahsulotlari - "azot-qoldig`i bo'ladi"). Bundan tashqari, , buyraklar oqsillar, uglevodlar va yog'lar almashinuv jarayonlarida, gemodinamikada tartibga solishda ishtirok etadigan biologik faol moddalar (eritropoietin, renin, prostaglandinlar va boshqalar) ishlab chiqaradi. Har 5-10 minutda buyraklar orqali tanamizdagi barcha qon oqib o'tadi.  Sutkada buyraklarda  1000 litr gacha qon aylanadi. Buyrakdagi siydik doimiy asta-sekinlik bilan siydik pufagida to`planadi. Keng ma'noda,  "diurez" so’zi siydik shakllanishi va siydik ajratish nazarda tutladi, lekin u ko'pincha siydik chiqishi miqdorini tavsiflash uchun ishlatiladi (grekcha  diureo - siydik ajratmoq). Katta yoshli odamlarda siydik ajratish kundalik miqdori odatda, qabul qilingan suyuqlikning 50-80%ini tashkil qiladi, ya’ni 1000 dan 2000 ml orasida o'zgarib turadi.Suyuqlikning qolgan hajmi teri orqali (300-400 ml / kuniga)o`pka orqali ( 300-400mlgacha, jismoniy yuk paytida 500 mlgacha,) ajraladi. Ichaklar orqali 100 mlgacha suyuqlik ajraladi.  Jismoniy  og`ir ish bajarganda va issiq havoda haddan tashqari terlash, qayt qilish, ich ketishi paytida siydik chiqishi kamayadi va, aksincha:ko;p suyuqlik qabul qilinganda siydik ajralishi ko’payadi. Buyrak va siydik yo'llari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarda turli hil shikoyotlar kuzatiladi. Bunda bel sohasida shish, dizuriya, og'riq, qon bosimini oshishi kabi eng keng tarqalgan  alomatlar kuzatiladi.   Siydik va uning xususiyatlari Buyrakning asosiy vazifasi — siydik hosil qilish. Siydik va siyishni tekshirish buyraklar holati va ularning faoliyatini baholabgina qolmay, balki boshqa qator a’zolar va sistemalarning buzilishi (jigar kasalliklari, moddalar almashinuvi buzilishlari va boshkalar) kabida fikr yuritishga xam imkon beradi.  Siydikning umumiy  miqdori. Bir sutkada odam 1,5-2 l siydik ajratishi mumkin. Atrof-muxitning yuqori xaroratida ko’p ter ajralganda ter bilan suv chiqib ketishi oqibatida siydikning miqdori kamayadi. Uyqu vaqtida, ayniqsa  odam chuqur uxlayotgan  vaqtlarda, siydik hosil bo’lishi keskin kamayadi. Kechqurungi siydik kunduzgidan ko’ra to’qroq va suyuqroq bo’ladi. Ovqatdan so’ng suv va  ovqat tuzlari ichakda surilishi  oqibatida siydik  hosil  qilinishi oshadi va odatda  ko’p  miqdorda suyuk  bo’lmagan siydik ajralib  chiqadi. Siydik  miqdori  ko’p suyukdik ichganda  ko’payadi va kuyuk  ovqatlanishda Xamda ich ketganda kamayadi.  Siydikning rangi pigmentlarga bog’lik  bo’lib, odatda och sariq rangdan qizgish-sariq ranggacha o’zgarib turadi. quyuq siydik achchiqchoy rangida  bo’ladi.  Siydik chiqarish yo`lining patalogiyalari. Diurezda o`zgarishlar. Bu buyrak va siydik yo`llarida uchraydiga eng ko`p belgilrdn biri poliuriya. Bunda siydiq miqdori 2000 ml dan oshishi. Bu qachon bo`ladi. Suyuqlikni bir sutkalik normadan ko`p ichilganda, xomiladorlik va kuchli stress xolatlarida kuzatiladi. Yana bir turi shuki transudat va ekssudat xolatlarida, qandli diabetda va doimiy bo`lgan siydik kasalliklarida. Poliuriyada doimiy ravishda chanqoqlik va suvga tashnalik kuchli bo`ladi.  Oligouriyada esa siydikni normal xolatga nisbatan kam ajratish. Uning miqdori 500 ml ni tashkil etadi. Bu quydagi xolatlar kuzatiladi: ko`p terlash, fizikaviy og`ir mehnatlar, qattiq charchoqlar, o`tkir va surunkali nefritlarda. Umumiy xolatlarda: yurak yetishmovchligida, kuyganda shok xolatiga tushganda, buyraklar zaxarlanganda. Qo`rqish xolatlarida siydik ajralmaydi. Qorin va ichaklarni bosganda xam siydik ajralmaydi.  Ishuriya ( yun. ischo-to`xtash, yoki to`sqinlik qilish, uron- siydik ). Bunda siydik pufagi to`lganda ham uni tashqariga chiqara olmaslik kuzatiladi. Ishuriya bu - siydik yo`lining torayishi. Bu xolat bo`lganda 1-navbatda siydik pufagini bo`shatish lozim. Bunday xolatlarni bemorlarda qo`llash un kasalning atrofida xuddi kranda suv oqb turganidek yoki ckoynakda suvni tomchilatb qoyiladi. Yana bir yo`li shuki bunda iliq kuydirmaydigan qilib iliq suvli baloncha qoyiladi. Agarda bularning xech qaysisi yordam bermasa bemorga kateter ulab qo’yiladi.  Nekturiya. Bunda siydik ajratish kunduzgiga nisbatan kechasi ko`payadi. Bundau xolatlar qariyalarda va qandsiz diabetka chalingan bemorlarda kelb chiqadi.  Enurez. Bu kasallik turi asosan qariyalarda ko`p uchraydi,  siydikni tutib tura olmaslik.  Dizuriya.  Bunda siydik yo`llarining umumiy kasalliklari, qattiq og`riq, qiynalib siyish xolatlari.  Bu qaysi xolatlarda bo`ladi:  sistit, uretrit,  piyelo nefrit va buyrak tuberkulyozida. Stranguriya. Bunda siydik ajratish tomchilab bo`ladi. Bunga asosiy sabab organizmning shish hisobiga. Bu buyrak kassalikgi chiqarish yo`llarida kasallangan bemorlar uzoq vaqt davollanmasligi natijasida kelib chiqadi. Bu shishlar yuz va oyoqlarda kuzatiladi.  Beldagi og`riqlar. Buyrak va siydik chiqarish yo`llari bilan kasalangan bemorlarda uchraydi. Asosan buyrak kasalligida. Buyrak shishganda bu paytlarda kamdan kam lekin tez tez bo`ladi. Ko`p holatlarda buyrak va bel og`rishi qon bosimi ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Beldagi og`riq ko`p hollarda siydik yollari qovuqlar va jinsiy a`zolar bilan birga bir vaqtda og`riq bo`ladi. Bunday hollarda shifokor kelguniga qadar iliq suvli vanna yoki grelka qo`yiladi. Vannalar qabul qilishda harorat 38-39C dan oshmasligi lozim. Davomiyligi 10-20 minutdan oshmasligi kerak virach ko`rsatmasiga binoan qabul qilish kerak. Arterial gipertenziya. Buyrak kassaligi bilan ogrigan kasallarda qon bosimi ko`tarilishi kechadi. Bunda hechqanday qon bosimi oshishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar bo`lmaydi. Buyrak to`liq davolanmaguncha qon bosimi tushmaydi. Bu holatni davolash uchun doctor nazoratiga 2-3 martta borip qon bosimini o`lchatib turish kerak va bu kasalga davolash bir yo`la buyrak bilan baravar ketadi.  O`tkir buyrak yetishmovchiligi bu– nefrotoksik zaharlanishdan, buyraklardan siydik o`tishi buzilishi natijasida, sho`k holatlaridan kelib chiqadi. O`tkir buyrak yetishmovchiligi bemorda holatni umumoiy og`irlashuvi hotiraning buzilishi yurak tomir faoliyatining yetishmovchiligi qayt qilish kabilar kuzatiladi va bunda siydik chiqara olmaslik bilan kechadi. Qator holatlarda  U B Y o`lim bilan tugaydi. U B Y  virach ko`rsatmasiga binoan gemodinamik qo`llaniladi shu bilan birga oshqozonni yuvish, ham shokka qarshi muolajalar qo`llaniladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi: SBY - uzoq davom etgan surunkali buyrak kasalligidan kelib chiqadi. Shuningdek buyrak faoliyatining kansentratsion - ajratib chiqish funksiyasiing buzilishi natijasida kelib chiqadi. Bemorga nihoyatda qattiq parhez belgilanib ovqatlanish ratsionida oqsillarning sutkalik 30-40 gramm gacha cheklanadi, og`ir hollarda 20-25 gramgacha tuz esa 23 gramm. Kasallik ko`ngil aynishi qusish, qorinda og`riq ham anoreksiya kabi holatlar bilan kechadi. Bunday holatlarda vrachlar tomnidan bemor holatiga qarab oshqozonni yuvish, 2% li Natriy karbonat bilan klizma qilinish buyuriladi. Davolashning radikal usuli buyrak ko`chirib o`tkazishdir. BUYRAK HAMDA SIYDIK CHIQARISH YO’LLARI KASALLIKLARIDA KASALLARNI PARVARISH QILISH Bu kasalliklarda eng avvalo bemorning suyuqlik qabul qilishi hamda siydik chiqarish normasini  kontroll qilish lozim. Hamshiralar bemorning sutkalik siydigini millimetrigacha aniq hisoblab yozib borishi kerak. Bemoqrning sutkalik suyuqlik ichishini hisoblaganda faqat ichgan suyuq ovqati choy sharbatgina emas balki qabul qilayotgan suyuq dorilari kapilnitsalar ham hisobga olinadi. Sutkalik doza kasalning 1 sutkada ichgan suyuqligi hamda yig`ilgan siydik miqdori bilan taqqoslanadi. Agar ichilgan suyuqlikdan siydik kam chiqsa salbiy baravar yoki siydik ko`proq chiqsa ijobiy hisoblanadi.  SIYDIKDAGI MODDALARNI MIQDORINI ANIQLASH 1 ml sikdikdagi moddalar miqdorini Nechiporenko usulida aniqlash. 3 soatlik siydik yig`ilib, katakchalari moddalar Ambyurje usulida tahlil etiladi 1 sutkalik yig`ilgan siydik asosida katakchali moddalar hisoblanadi. Kakoviskiy Adissa usulida. Buyraklarning siydik yo`llarining yuqumli bakteriyalar tekshiruvdan o`tkaziladi. Siydik chiqarish yo`llari bilan kasallangan bemor palatasi yaxshi isitilgan bo`lishi shart. Chunki sovuq xonada, ayniqsa oyoqlar sovqoyganda siydik chiqarish ko`payadi. Bunday kasallar tagiga kilyonka solish zarur. Siydikni tutib turolmagan bemorlarni taxorat qildirib bolalar kremini surish kerak. SIYDIK TAHLILI Siydikni tahli etish faqat buyrak va siydik yo`llari kasalligida emas balki barcha kasalliklarda muhim o`rin tutadi. Siydik tahlili usullari. Umumiy tahlil: siydikning rangi, tiniqligi, hidi, suyuq quyuqligi aniqlanadi. Siydik quyqasini mikroskopda ko`riladi va bunda eritrositlar, leykositlar, trambositlar va tuzlar aniqlanadi. Kimyoviy tahlil asosida oqsil, glukoza, bilirubin hamda minerallar aniqlanadi. KASALLARNI TEKSHIRUVGA TAYYORLASH Hamshira bemorga siydik tahlilini tushuntirishi kerak. Siydik topshirishdan avval bemor sovunlab tahorat olishi kerak. Siydikni tahlilga topshirishda bemor ertalabki siydikning oldini unitazga tushurib keyingisini idishga 150-200 ml olishi kerak. Analiz idishi sovunlab yuvilishi va yaxshilab quritilgan bo`lishi shart. Analizlar 1 soatdan ortiq turmasligi va laboratoriyaga yuborilishi shart. Umumiy siydik tahlili uchun 150-200 ml; Nechiporenko usulidagi tahlil uchun 5-10 ml; Ambyurje usulidagi tahlil uchun 0.5 l; Kakovskiy Addis usulida tahlil uchun bemor kechki 10 da unitazga siyib kechasi siydik ajratmasligi kerak, so`ng ertalab soat 8:00da 0.5-1 l siydik topshirishi kerak. Zimneyskiy usuli uchun ertalab 6 da unitazga siyib so’ng har 3 soatlik siydikni alohida alohida qilib yig`iladi,har bir idish normasi va vaqti ifodalanadi.  SIYDIKNING BAKTERIALOGIK TAHLILI Bemor ertalab kaliy permanganat bilan tahorat qilib 10-15 ml siydikni olib topshiradi.  SUTKALIK SIYDIK. Ertalab soat  8:00 da unitazga siyib qolgan siydikni sutka davomida 3 litrli bankaga yig`iladi. Agar glukoza yoki oqsilga tekshirilayotgan bo`lsa  shu 3 litrli siydikdan  100-150 mlni olib hamshira laboratoriyaga yuboradi. BUYRAK SIYDIK YO`LLARI RENTGEN TAHLILI Retrograf urografiya siydik katetori orqali yuborilib tekshiriladi. Bunga bemorni tayyorlash shart emas. Bu tekshiruv usulida anomaliyalar, har hil yaralar, o`smalar aniqlanadi. Rentgen orqali tekshirish uchun bemor 2 3 kun oldin parhez qilishi lozim. Kaloriyali hamda qorinni dam qiluvchi taomlar iste’mol qilmasligi kerak.   Non, kartoshka, dukkakli ovqatlar, sut, sabzavot va mevalar iste’mol qilmasligi shart. Tekshiruvdan 12-18 soat oldin suyuqlik ichish man etiladi. 2 soat oldin tozalovchi klizma och qoringa qilinadi.   Siydik rangining o’zgarishi  Tinikligi: normal siydik tinik bo’ladi; turib qolganda unda hech kanday diagnostik ahamiyatga ega bo’lmagan xiralanish paydo bo’ladi. Tiniq, xiraroq, xira, sutsimon siydik ajratiladi.  Siydik hidi muhim ahamiyatga ega emas, qandli diabetda paydo bo’ladigan kimyoviy moddalarning ko’p miqdorda ekanligini ko’rsatuvchi meva hidi bundan mustasno. Bir kecha-kunduzda ajratiladigan siydik miqdori (bir sutkali diurez)ni aniqlash muhim ahamiyatga ega

 

Buyrak shishlari kuchli rivojlanib, ba’zan yuzdan boshlanadi, so’ngra badan va oyoq-qo’llarni qoplaydi, ba’zida bo’shliqlarning istisnosi yuzaga keladi. Shish atrofidagi teri och rangda bo’ladi. Shishlar boshqa siydik belgilari bilan birga kuzatiladi.  Arterial bosimning ko’tarilishi. Buyrak kasalliklari arterial bosimning ko’tarilishi kuchli bosh og’riqlar bilan kechadi.  Siydik tarkibining o’zgarishi.Siydikda oqsil, qon aralashmalari (quyqa, chuvalchangsimon ko’rinishda bo’ladi, ba’zida siydik go’sht yuvindisi rangida) paydo bo’lishi bilan bog’liq. Siydik yo’llarining yallig’lanish kasalliklari siydikda yiring (leykositlar) paydo bo’lishi bilan kechadi.  Siydik ajratish ritmining o’zgarishi. kechki vaqtlarda siydik ajralishining ko’payishi buyrak funksiyasi buzilganidan dalolat beradi. Buyrakda almashinuv mahsulotlari ajralishi buzilganda organizmning azot almashinuvi mahsulotlaridan zaharlanish vujudga keladi va buyrak yetishmovchiligi shu tarzda namoyon bo’ladi. Me’da-ichak yo’li orqali azotli chiqindilarning ajratilishi me’da va ichakning shilliq qavati zararlanishiga olib keladi, qusish, ich ketish yuzaga keladi.  Muolaja. Siydikni tekshirish uchun yig’ish  Ko’p hollarda tekshirish uchun siydik ertalab, uyqudan so’ng darhol olinadi. Tahlil uchun siydikni yig’ishdan avval bemor siydik chiqarish yo’llarini iliq suv bilan yuvishi lozim. Siydik yig’adigan idishni yaxshilab yuvish, idishda sovun qoldiqlari bo’lmasligi lozim, chunki ular analizni buzishi mumkin. Siydik yig’ilganidan 1 soat so’ng laboratoriyaga olib borish zarur. Umumiy klinik tahlil uchun bemor ertalabki siydikdan 100— 200 ml yig’ishi zarur. Siydikning dastlabki bir necha millilitri tahlil uchun olinmaydi. Siydik olishdan oldin harakat va ichish rejimi o’zgarmaydi. Maxsus tahlillar uchun siydik yig’ishning maxsus usullari mavjud.  Bajarilishi:  1. Bemorning ertalabki (soat 6) siydigini to’kib tashlang — u hisobga olinmaydi.  2. Bir sutka mobaynida bemor ajratgan siydikni yig’ing va hajmini o’lchang, ma’lumotlarni kuzatuv kundaligiga yozib boring (ertalab soat 6 gacha).  Baholash: bir kecha-kunduzdagi siydik miqdori bemor bir kecha-kunduzda iste’mol qilgan suyuqlikning 70-80 foizini tashkil qilishi zarur; kunduzgi va kechqurungi porsiyalar ajratiladi: ko’pincha kunduzi barcha siydikning 2/3 qismi ajralib chiqadi, yurak yetishmovchiligida tungi diurez ustun turadi.  Muolaja. O’ziga o’zi xizmat ko’rsatish cheklanganda,o’rinda bemorning tagini yuvish (tashqi jinsiy a’zolarini parvarish qilish)  Ko’rsatmalar: gigienik muolaja.  Tayyorgarlik: bemorga ushbu muolajaning zarurligini tushuntiring, xatto ruhiy qiyinchiliklarda ham.  Jihozlar: parda, suv uchun idish, tuvak salfetka, qo’lqop.  Bemorning holati: klyonkada chalqancha yotish, oyoqlar orasi ochiq, tizzalari bukilgan, tagiga tuvak qo’yiladi.  Bajarilishi (erkaklarda):  1. Qo’lqopni kiying.  2. Extiyotlik bilan bemorning jinsiy olatining boshchasini oching.  3. Salfetka yoki qo’lqopni iliq suv bilan ho’llab, siqing va jinsiy olatning boshchasini arting.  4. Ko’zachadan chot sohasiga suv quyib, salfetka bilan orqa chiqaruv teshigi yo’nalishi bo’yicha harakatlar qiling.  5. Jinsiy a’zo va moyak xaltachasining terisini artib, yaxshilab quriting.  6. Klyonka, tuvakni olib tashlang, qulqopni yeching, pardani oling.  Bajarilishi (ayollarda):  1. Qo’lqopni kiying.  2. Bemorning yon tomoniga turib, bir qo’lingizda ko’zada suv, ikkinchi qo’lingizda salfetkali qisqich ushlab, suvni jinsiy a’zolarga quying; salfetka bilan jinsiy a’zolar yo’nalishi bo’yicha orqa chiqaruv teshigi tomon harakatlantiring, salfetkani har bir harakatdan so’ng almashtiring. 3. Quruq salfetka bilan shu yo’nalishda  quriting.  4. Klyonka, tuvakni olib tashlang, qo’lqopni yeching, pardani olib tashlang. Buyrak va siydik ajratish faoliyati bilan bog’liq  muommolar Buyrak funksiyasining o’zgarishi qonni filtrlash va organizmni chiqindilardan tozalash vazifasi buzilishiga olib kelishi mumkin. Chiqindilar to’planishi shishlar paydo bo’lishi, bir qator muhim a’zolarning buzilishi bilan bog’liq. Siydik ajratish sistemasi funksiyasi buzilishi ko’p uchraydi va ko’p hollarda infeksiya tomonidan qo’zg'atiladi, bu qovuq ichida yoki atrofida yallig’lanishga olib keladi; infeksiya ko’pincha siydik ajratish sistemasi a’zolariga siydik chiqarish kanali orqali kiradi. Muolaja. Erkaklarning qovug’ini kateterlash  Ko’rsatmalar: siydikning tutilib qolishi, qovuqni yuvish, qovuqqa dorivor preparatlarni kiritish.  Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy kiyinchiliklarni tug’dirishi sababli bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.  Jihozlar: qo’lqop, sterillangan yumshoq kateter, qisqich, antiseptik eritma (0,02 foizli furasilin eritmasi), paxtali tamponlar, lotok — siydikdon, sterillangan glitserin (vazelin moyi).  Bemorning holati: chalqanchasiga yotib, oyoqlar orasi ochiq, tizzalar bukilgan.  Bajarilishi:  1. Qo’lqopni kiying.  2. Chap qo’lning  V, IV barmoqlari bilan jinsiy olatning boshchasini oching, I va II barmoqlar bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.  3. Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon bilan siydik chiqarish kanali atrofini tozalang.  4. Uchi glitserin bilan artilgan kateterni yon teshikdan 5—6 sm masofada qisqich bilan mahkam ushlab olib, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va V barmoqlari bilan ushlang.  5. Kateterni siydik chiqarish kanaliga extiyotlik bilan kiriting. Kateter kiritilgan vaqtda to’siq va noxush his paydo bo’lsa, bemorga tinchlanishni va bo’sh yotishni maslahat bering.  6. Siydik paydo bo’lgandan so’ng kateterning tashqi uchini lotokka tushiring.  7. Siydik chiqarilgandan (yoki siydik chiqarish kanalida boshqa muolaja o’tkazilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.  8. Lotokni olib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuving, bemorni yotqizib, ustini yopib qo’ying.  9. Kateterni sterillang. Muolaja. Ayollarning qovug‘ini kateterlash  Ko’rsatmalar: siydik tutilib qolishi, qovuqni yuvish, qovuqqa dorivor preparatlar kiritish.  Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy qiyinchiliklar tug’dirishi sababli bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.  Jihozlar: qo’lqop, sterillangan yumshoq kateter, qisqich, antiseptik eritma (0,02 foizli furasilin eritmasi), paxtali tamponlar, siydikdon, sterillangan glitserin (vazelin moyi).  Bemorning holati: chalqanchasiga yotib, oyoqlar orasi ochiq, tizzalari bukilgan. Bajarilishi:  1. Qo’lqopni kiying.  2. Chap qo’lning I va II barmoqlari bilan katta va kichik jinsiy lablarni ochib, siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.  3. Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini tozalang.  4. Uchi glitserin bilan moylangan kateterni qisqich bilan yon teshikdan 5—6 sm masofada ushlang, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va V barmoqlari bilan ushlab oling.  5. Kateterni extiyotlik bilan siydik chiqarish kanaliga 5—7 sm ichkariga kiriting.  6. Kateterning tashqi uchini siydikdonga tushiring.  7. Siydik chiqarilgandan (yoki siydik chiqarish kanalida boshqa muolaja bajarilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.  8. Lotokni olib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuving, bemorni yotqizib, ustini yoping.  9. Kateterni sterillang.  Muolaja. Qovuqni yuvish  Ko’rsatmalar: qovuq funksiyasi buzilishi, dori preparatlarni kiritish.  Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy qiyinchiliklar tug’dirishi sababli muolajaning mohiyatini tushuntiring.  Jihozlar: kateterlash uchun zarur bo’lgan jihozlar singari, qo’shimcha Jane shpritsi, 37°C gacha isitilgan antiseptik eritma (0,02 foizli furasilin eritmasi). Bajarilishi:  1. Qovuqni kateterlash yo’li bilan bo’shating.  2. Jane shpritsi yordamida qovuqqa kateter orqali antiseptik eritmani (150—200 ml) kiriting.  3. Kateterdan shpritsni ajratib oling, qovuqqa kiritilgan suyuqlik to’kiladi.  4. Muolajani toza suyuklik chiqquncha bir necha marta takrorlang.  5. Kateterni chiqarib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuvib, kateterni sterillang.  Yordamchi bo’lmaganda kateterlash va qovuqni yuvishni mustaqil bajarish mumkin.  Muolaja. Qovuqni mustaqil ravishda kateterlash  1. Butun algoritmni (harakatlarning ketma-ketligini) diqqat bilan o’qib chiqing.  2. Suvni qaynating, tana haroratigacha sovuting.  3. Sterillangan kateter va muolaja uchun zarur bo’lgan barcha jihozlarni tayyorlang.  4. Sovun bilan qo’lingizni va chot sohasini yaxshilab yuving.  5. Son va qorinni ikki tomonidan dazmollangan toza mato bilan yoping.  6. Qo’lingizni aroq yoki spirt bilan tozalang.  7. Sterillangan kateterni oling.  8. Kateter uchini sterillangan vazelin bilan arting.  9. Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini aniqlab, kateterni kiriting (muolaja vaqtida keyinchalik o’tib ketadigan noxush hislar paydo bo’lishi mumkin).  10. Siydikni chiqaring, zarur hollarda qovuqni yuving.  11. Muolaja tugagandan so’ng chot sohasini, kateterni tozalab, qo’lingizni yuving. Simptom. Buyrak sanchish xuruji  Siydik tosh kasalligi — buyrakda toshlarning paydo bo’lishi. Toshlar paydo bo’lganda siydik chiqishi buziladi. Siydikning turib qolishi siydik yo’llarida infeksiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tosh harakatlanganda siydik yo’llarining shilliq qavati shikastlanadi va buyrak sanchiq xuruji paydo bo’ladi.  Buyrak sanchig’i xuruji belning shikastlangan tomonida kuchli og’riq bilan kechadi. Og’riq chot sohasiga, jinsiy a’zolarga, oyoqqa o’tib, siyish qistaydi; ko’p xollarda qusish paydo buladi. Ogriq juda kuchli bulib, bemor uzini kuy i sh ga joy topolmaydi. Ba’zan xuruj siydikda qon paydo bulishi bilan kechishi mumkin.  Buyrak sanchig’ida birinchi yordam  1. Zudlik bilan yordam chaqirish, shifokorning maslahati zarur.  2. Bel sohasiga isitgich qo’yish yoki iliq vanna sanchiqni qoldirib, toshning ko’chishiga yordam beradi.  3. Siydik miqdori, tiniqligi, rangi, aralashmalar mavjudligini aniqlash.  O’tkir yoki surunkali buyrak kasalliklari kuchayganda bemorni parvarish qilishda:  1. Yotish rejimiga qat’iyan rioya qilish, tananing gorizontal holati buyrak tomirlarining isishi va kengayishiga, qon bilan ta’minlanishiga yordam beradi.  2. Bel sohasiga isitgich qo’yish tavsiya qilinadi, bu diurezni kuchaytiradi.  3. Osh tuzi va suyuqlik ichish rejimi cheklangan parxezga rioya qilish zarur, o’tkir holatlarda parxezni shifokor tavsiya qiladi.  4. Terining qichishi va o’zgacha quruqligi, ishtahaning yomonlashishi, ko’ngil aynish, qusish, chanqashning kuchayishi buyrak yetishmovchiligidan darak beradi.  5. Bemorda kayfiyatsizlik, kunduzgi vaqtda uyqu kelishi, kechasi uyqusizlik paydo bo’lganda, ko’rish qobiliyati pasayganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.  6. O’tkir va surunkali buyrak kasalliklari ko’p hollarda yurak yetishmovchiligi rivojlanishi bilan bog’lik bo’ladi; puls, arterial bosim, nafas olish chastotasini doimiy ravishda nazorat qilish zarur.  7. Bemorni ortiqcha qo’zg’atuvchi ta’sirlardan saqlash, xonani tez-tez shamollatib, tozalab turish lozim.  8. O’tkir buyrak kasalligini boshdan kechirgan bemor sovqotishdan, og’ir jismoniy zo’riqishdan extiyot bo’lib, dorilarni to’g’ri qabul qilib, ovqatlanish rejimiga rioya qilishi zarur. Spirtli ichimliklar qat’iyan man qilinadi.  Muolaja. Erkaklarda siydik tutolmaslikda siydikdon ulamuui  Ko’rsatmalar: siydik tutolmaslik.  Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini va zarurligini, bemor yura olsa, o’zini tutish qoidalarini tushuntiring.  Jixozlar: siydikdon, siydik uchun konteyner, lenta, qo’lqop, salfetka, antiseptik eritma, kleyonka va taglik.  Bemorning holati: kleyonkada chalqancha yotib, oyoqlar orasi ochiq  Bajarilishi:  1. Qo’lingizni yuving va qo’lqopni kiying.  2. Bemorning sonlari orasiga lotok va salfetka qo’ying.  3. Jinsiy olatni chetga surib, boshchasini oching.  4. Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini antiseptik eritma bilan ho’llangan steril salfetka yordamida arting, so’ngra quruq steril salfetka bilan quriting.  5. Siydikdon solingan o’ramni oching, jinsiy olatni kutarib, unga siydikdonni kiydiring.  6. Siydikdonni jinsiy olat asosigacha olib borib, yopishqoq lenta bilan mahkamlab qo’ying.  7. Siydikdonga naychani o’rnatib, siydik to’latgichni siydik yeg’uvchi konteynerga ulab qo’ying.  8. Konteynerni krovat yoki bemorning soniga (agar bemor yursa) mahkamlab qo’ying.  Yuradigan bemor siydik to’lishi, siydikdonning tozaligini o’zi kuzatadi. Siydik hidi paydo bo’lishini oldini olish uchun uni tez-tez yuvib, dezinfeksiyalab turishi zarur.  Siydik ajratishi buzilgan va o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatishi cheklangan bemorlarni parvarish qilishda quyidagilar zarur:  1. Ichki kiyimlar tozaligi va o’rin jildni himoya qiluvchi kleyonka borligiga e’tibor berish.  2. Bemorning tagini tez-tez yuvish va yotoq yaralarning oldini olish.  3. Chov sohasidagi teri yuvilgandan so’ng yaxshilab artish va yog’ (vazelin yoki bolalar kremi) bilan yog’lash, terini talk bilan upalash mumkin.  4. Bemor yotgan xona tez-tez shamollatib turiladi.