14:46 / 29.09.2022

Til yuganchasining kaltaligi (til qayishi)

U tilning pastki qismi va ogʻiz boʻshligʻida joylashgan.

Hayotining birinchi oylarida chaqaloq emishga qiynalishi mumkin. Keyinchalik u tilning harakatchanligi bilan bogʻliq muammolarga duch keladi, tilini tepadagi tishlarga yetkazishi, yon tomonlarga harakatlantirishi, yegulikni yalashi qiyin boʻladi; tilini chiqarganda, u uchli emas, balki yurak shaklida boʻladi. Bola “ch”, “sh”, “j”, “l” va “r” tovushlarini talaffuz qilishga qiynaladi. Ushbu tovushlarni talaffuz qilish uchun tilning qisqa yuganchasini til uchi erkin harakatlanadigan darajada choʻzish kerak. Bolaning quyuq ovqatlarni yutishi va ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasiga rioya qilishi qiyin kechishi mumkin.

Bunday holat baʼzida oilaning bir nechta aʼzolarida, koʻproq oʻgʻil bolalarda uchraydi. Muammoni baholashda quyidagilarni hisobga olish kerak:

  • nuqson darajasi (tilning koʻrinishi va harakatchanligi);
  • nuqsonning emish samaradorligiga taʼsir qilish darajasi.

Kichkintoy emayotganda til pastki jagʻ tishlari ustida boʻlishi kerak. Agar chaqaloq tilini yaxshi qimirlata olmasa yoki uni toʻgʻri holatda ushlab turolmasa, u soʻrish oʻrniga chaynashni boshlaydi. Natijada emizish ogʻriqli boʻlishi va koʻkrak uchlariga zarar yetishi mumkin, baʼzi hollarda chaqaloq yetarlicha emmaydi va vazn toʻplay olmaydi.

Til yuganchasini kesish (frenektomiya)

Til yuganchasini olib tashlash tartibi oddiy: chaqaloqlarda u ogʻriqsizlantirishsiz va asoratlarsiz amalga oshirilishi mumkin. Eng yaxshisi – lazer usuli, u operatsiyaning toʻgʻri oʻtishini, qon ketmasligini, ogʻriq boʻlmasligini va jarohat tikilmasligini taʼminlaydi. Agar muolaja zarur boʻlsa, uni hayotning birinchi oylarida, imkon qadar erta amalga oshirish tavsiya etiladi. Odatda onalar nuqson kesilganidan 48  soat oʻtib bolaning koʻkrakni ogʻzida tutib turishi va emishi yaxshilanganini, bundan oldin koʻkrak ogʻrigʻidan shikoyat qilgan onalar esa endi ogʻriq sezmayotganini aytadi. Davolanishdan soʻng chaqaloq yangi emish usuliga moslashishi uchun vaqt kerak boʻladi.

Til yuganchasining kaltaligi odatda jiddiy muammo emas va muolaja talab qilmaydi; vaqt oʻtishi bilan tilning harakatchanligi yaxshilanadi va muammo oʻz-oʻzidan hal boʻladi. Baʼzida shunday holatlar kuzatiladiki, operatsiya zarurligi toʻgʻrisida juda shoshqaloqlik bilan xulosa qilinadi, hatto ota-onalarga tugʻuruqxonaning oʻzida operatsiya oʻtkazish taklif etiladi. Agar chaqaloqda emizish bilan bogʻliq muammolar boʻlmasa va emizish ona uchun ogʻriqli kechmasa, bir yoki ikki oy kutish maqsadga muvofiq.

Keywords

ko‘krak suti bilan boqish

Category

Salomatlik va farovonlik

Child Age

1-oy

2-oy

3-4-oylar

5-6-oylar

7-9-oylar

10-12-oylar

13-18-oylar

19-24-oylar

25-36-oylar

37-48-oylar

49-60-oylar