Allergik rinit
Allergik rinit — yuqori nafas yo’llarining kasalligi bo’lib, organizmda allergik reaksiyaning paydo bo’lishi tufayli yuzaga keladi. Bu kasallik ko’pincha mavsumiydir (gul changiga allergiya bo’lsa). Rinit o’tkir va surunkali bo`lishi mumkin.
Allergik rinit — yuqori nafas yo’llarining kasalligi bo’lib, organizmda allergik reaksiyaning paydo bo’lishi tufayli yuzaga keladi. Bu kasallik ko’pincha mavsumiydir (gul changiga allergiya bo’lsa). Rinit o’tkir va surunkali bo`lishi mumkin.
Kasallik sabablari
Burun shilliq qavatining shishishi tufayli rinit paydo bo’ladi. Kasallikni qo`zg`atuvchi asosiy sabablar – allergiya uyg`otuvchilar bo`lib, ulardan eng tarqalganlari — o`simlik changchilari, chang, uy hayvonlari tuklari, kimyoviy moddalar, dori vositalari va zamburug`lar hisoblanadi.
Bu kasallik nasldan naslga o`tadi. Bolalarda bu kasallik immunitetning zaiflashishi tufayli yuzaga keladi.
Allergik rinitning belgilari
Allergik rinit quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
- tumov;
- burun bitishi;
- tez-tez aksirish;
- tomoqdagi qitiqlash hissi;
- davomli yo’tal xurujlari;
- ko’z qichishishi, ko`z yoshi ajralishining kuchayishi;
- ko`zlarning yorug’likka sezgirligi ortishi;
- hid bilish qobiliyatining yo`qolishi;
Diagnostika
Davolash uslubini aniqlash uchun allergolog-shifokor umumiy tekshiruvdan ot`kzagandan va bemor shikoyatini tinglagandan so’ng, quyidagi tekshiruvlar va tahlillarni tayinlaydi:
- qonning umumiy tahlili;
- immunogramma;
- burundan ajratilgan shilliq moddaning laboratoriya tekshiruvi;
- rinoskopiya;
- allergiya sababini aniqlash uchun provokatsion teri testlari.
Allergik rinitni davolash
Allergik rinitni davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- immunoterapiya;
- antigistamin dorilar;
- qon tomirlarini toraytiruvchi dorilar;
- hujayra membranasi stabilizatorlari;
- glyukokortikosteroidlar;
- davolovchi mashqlar;
- ingalyatsiya.
Burun to`sig`ining qiyshiqligi tufayli kelib chiqqan surunkali rinitda jarrohlik amaliyoti o`tkazilishi buyuriladi
Parhez
Kasallikni davolash paytida shifokor bemorga ma’lum bir parhezni belgilaydi, bu parhez quyidagi oziq-ovqatlarni iste’mol qilishni istisno qiladi:
- tovuq go`shti, tovuq tuxumi;
- mevalar (ayniqsa, sitrus mevalar);
- asal va u bilan bog`liq mahsulotlar;
- bo’yoqlar va oziq-ovqat qo’shimchalari bo’lgan yeguliklar va suyuqliklar.
Xavfli jihatlari
Agar allergik rinit o’z vaqtida davolanmasa, quyidagi asoratlar paydo bo’lishi mumkin:
- sinusit;
- otit;
- eshak yemi;
- bronxial astma;
- Kvinke shishi;
- atopik dermatit.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Burun bitishini yengillashtiruvchi 8ta chora
Xavf guruhi
Xavf guruhidagi bemorlar:
- naslida allergik kasalliklar borlar;
- ekologik jihatdan nosog’lom joyda yashovchi odamlar;
- tez-tez yuqumli kasalliklarga chalinadigan bolalar;
Profilaktika
Shifokorlar quyidagi profilaktika choralarini tavsiya qiladilar:
- allergiya qo`zg`atuvchilar bilan aloqada bo`lmaslik;
- yozda ochiq havoda harakat qilishni cheklash (agar o`simlik changiga allergiya bo’lsa);
- haftasiga kamida bir marta uyda nam tozalashni amalga oshirish;
- shampunlar, cho`milish uchun gellar, kremlar va boshqa kosmetika vositalarini ishlatishdan oldin, allergik reaksiyani tekshirish uchun ularni tirsakning bukiladigan joyiga surtib ko`rish;
- to’g’ri ovqatlanish.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.
Otrivin bu – burun bo’shlig’iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)
Eritma tarkibi:
Faol moddalar: ksilometazolin gidroxloridi 0,5 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o’n ikki suv, natriy xlorid, disodiy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi —
https://apteka.uz/uz/product/otrivin
Nafas yo’li yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop ,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.