UMUMIY SIYDIK TAHLILI — ME’YORIY KO’RSATKICHLAR, O’ZGARISHI SABABLARI VA PATOLOGIYASI
Umumiy siydik tahlili (analizi)- bugungi kunda deyarli har qanday kasallik tashxisida standart laboratoriya tekshiruvidir. Ushbu tahlil shifokorga kasalliklarini tashxislashda juda foydali bo’ladi. Ma’lum bo’lgan toksik moddalarning aksariyati siydikda, bu
UMUMIY SIYDIK TAHLILI — ME’YORIY KO’RSATKICHLAR, O’ZGARISHI SABABLARI VA PATOLOGIYASI
Umumiy siydik tahlili (analizi)- bugungi kunda deyarli har qanday kasallik tashxisida standart laboratoriya tekshiruvidir. Ushbu tahlil shifokorga kasalliklarini tashxislashda juda foydali bo’ladi. Ma’lum bo’lgan toksik moddalarning aksariyati siydikda, bular tuzlar, organik moddalar va hujayra tarkibidagi moddalar erigan holda bo’ladi. Ushbu elementlarning kontsentratsiyasini o’rganish natijasida buyraklar, yurak-qon tomir tizimi va immunitet tizimining holatini aniqlash mumkin bo’ladi. Ushbu maqolada biz sizni umumiy siydik tahlilining barcha ko’rsatkichlari me’yoriy (normal) qiymatlari bilan tanishtirishga harakat qilamiz va ushbu indikatorlarning buzilgan sabablarini qisqacha bayon qilamiz.
Mundarija: [Yashirish]
- 1 Umumiy siydik tahlilining me’yoriy ko’rsatkichlari
- 2 Siydik ranggi
- 3 Siydikning shaffofligi
- 4 Siydikning maxsus zichligi
- 5 Siydik nordonligi
- 6 Siydikdagi oqsil miqdori
- 7 Siydikdagi glyukoza(qand) miqdori
- 8 Atseton tanalar — Keton tanalar
- 9 Siydikdagi bilirubin miqdori
- 10 Siydikdagi urobilinogen miqdori
- 11 Siydikda gemoglobin bo’lishi
- 12 Siydik cho’kmasi
- 13 Siydikda leykotsit bo’lishi
- 14 Siydikda eritrosit bo’lsihi
- 15 Siydikda epiteliy miqdori
- 16 Siydikdagi silindrlar
- 16.1 Siydikdagi silindrlar miqdori me’yori
- 16.2 Silindrlarning miqdorini oshishi va patologik shakllarning paydo bo’lishining sabablari
- 16.3 Gialin silindlarining sonini ko’payishi (1 ml da 20 gacha)
- 16.4 Donador silindirlar (har qanday miqdorda bu silindrlarni aniqlanishi patologiya hisoblanadi)
- 16.5 Mumsimon silindrlar (har qanday miqdorda bu silindrlarni aniqlanishi patologiya hisoblanadi)
- 16.6 Eritrotsitar silindrlar (bu silindrlarni har qanday sonda aniqlanishi patologiyadir)
- 16.7 Epitelial silindrlar (bu silindrlarni har qanday sonda aniqlanishi patologiyadir)
- 17 Siydikdagi tuzlar miqdori
- 17.1 Siydikdagi tuzlar miqdori me’yori
- 17.2 Siydik tarkibida siydik kislotasi tuzining ko’payishi sabablari
- 17.3 Siydikda urata miqdorini qanday kamaytirish mumkin?
- 17.4 Siydik tarkibidagi oksalatning ortishi sabablari
- 17.5 Siydikda oksalat konsentratsiyasini qanday kamaytirish mumkin?
- 17.6 Kristallar uchrashi sababi
- 18 Siydikdagi bakteriyalar
- 19 Siydikda zamburug’larning uchrashi
- 20 Sidyikdagi amilaza(diastaza) miqdori me’yori
UMUMIY SIYDIK TAHLILINING ME’YORIY KO’RSATKICHLARI
Umumiy siydik tahlili- me’yoriy ko’rsatkichlar | |
Siydik rangi | Sariq somon rang |
Siydik shaffofligi | Shaffof |
Siydik hidi | O’tkir emas |
Siydik reatsiyasi yoki pH | рН 4-7 oralig’ida |
Siydik zichligi | 1012 gr/l – 1022 gr/l oralig’ida |
Siydikdagi oqsil | bo’lmaydi, 0,033 gr/l gacha |
Siydikdagi glyykoza | bo’lmaydi, 0,8 mmol/l gacha |
Siydikdagi keton tanalar | bo’lmaydi |
Siydikdagi bilirubin | bo’lmaydi |
Siydikdagi urobilinogen | 5-10 mg/l oralig’ida |
Siydikdagi gemoglobin | bo’lmaydi |
Siydikdagi eritrotsitlar | kuzatuv maydonida 0-3 ta(ayollarda) |
kuzatuv maydonida 0-1 ta(erkaklarda) | |
Siydikdagi leykotsitlar | kuzatuv maydonida 0-6 ta(ayollarda) |
kuzatuv maydonida 0-3 ta(erkaklarda) | |
Siydikdagi epitelial hujayralar | kuzatuv maydonida 10 tagacha |
Siydikdagi silindrlar | bo’lmaydi |
Siydikdagi tuzlar | bo’lmaydi |
Siydikda bakteriyalar | bo’lmaydi |
Siydikda zamburug’lar | bo’lmaydi |
Siydikda parazitlar | bo’lmaydi |
SIYDIK RANGGI
Normada siydik ranggi sarg’ish, somon rang, shaffof |
Siydik rangi iste’mol qilingan oziq-ovqat, dori-darmonlar, suyuqliklar sabab o’zgarishi mumkin. Ammo siydikning to’q rangi jigar kasalliklari (gepatit C, gepatit A, xolesistit) yoki qon (gemolitik anemiya, Villebrand kasalligi) haqida guvohlik berishi mumkin.
SIYDIK RANGINING O’ZGARISHI SABABLARI
To’q rangdagi siydik (achchiq qora choy rangi) | Jigar kasalliklari (gepatit, tsiroz, jigar yetishmovchiligi, xolesistit), qizil qon hujayralarining ommaviy nobud bo’lishi (qon quyishdan keyin, infektsiyalarning ko’pligi, bezgak). |
To’q sariq rang | Suvsizlanish, ich ketishi, suyuqlikni kam ichish, yurak yetishmovchiligi fonida tananing suvsizlanishi. |
Oqish yoki rangsiz | Qandli diabet, qandsiz diabet, ko’p suv ichish, buyrak patologiyasi. |
Qizg’ish rang siydik | Pigmentli meva va sabzavotlarni (chernika, sabzi, lavlagi, uzum) iste’mol qilish. |
Qizil rang siydik | To’yingan qizil rang siydikda qon mavjudligini ko’rsatishi mumkin. Ushbu alomatlar siydik tosh kasalliklari, qovuq saratoni, buyrak infarkti, pielonefrit, glomerulonefritda kuzatilishi mumkin. |
Go’sht yuvindisi rangida | Jigarrang kulrang siydik, xira. Mumkin bo’lgan sabablar: o’tkir glomerulonefrit, surunkali glomerulonefrit, buyrak toshlari, buyrak infarkti, buyraklar va siydik yo’llarining tuberkulyozi, eritrotsitlarni tezda nobud bo’lishi, dori vositalaridan foydalanish (streptotsid, sulfonal, antipirin, piramidon, trional). |
Qizil-jigarrang | Preparatlarni qo’llash: metronidazol, sulfonilamid preparatlari, yong’oqdan olingan dorilar. |
Qora rang | Bunga Makiyafa Mikelli kasalligi, alkaptonuriya, melanoma kabi kasalliklar sabab bo’ladi |
SIYDIKNING SHAFFOFLIGI
SIYDIK SHAFFOFLIGI ME’YORI |
Siydik shaffof |
Odatda siydik to’lganidan keyin bir necha soat davomida tiniq bo’lishi kerak. Unda kam miqdorda epitelial hujayralar yoki shilliq borligi sababli biroz xiralashishi mumkin. | |
XIRA SIYDIK SABABLARI
|
SIYDIKNING MAXSUS ZICHLIGI
SIYDIK ZICHLIGI ME’YORI
|
|||||||||||||
Siydikning nisbiy zichligi undagi moddalarning konsentratsiyasiga bog’liq. Siydik tanadan qanchalik konsentratsiyalangan bo’lib ajralib chiqsa, shunchalik zichroq bo’ladi. Siydikning zichligini uning tarkibidagi tuzlar, shuningdek organik moddalar (oqsil, shakar, bilirubin) va hujayralar (bakteriyalar, leykotsitlar, eritrotsitlar) mavjud bo’lishi aniqlaydi. | |||||||||||||
SIYDIK ZICHLIGINING OSHISHI SABABLARI (1030 G/L KO’P)
|
SIYDIK ZICHLIGINING PASAYISHI SABABLARI (1010 G/L DAN KAM)
|
||||||||||||
Zichlik tekshiruvi uchun aniq natija olish uchun yana bir marta Zimnitskiy tahlili qilinishi mumkin. Ushbu tahlil buyraklar faoliyati va aniq tashxisni batafsil o’rganishga imkon beradi. |
SIYDIK NORDONLIGI
SIYDIK NORDONLIGI ME’YORI |
Siydik pH 4-7 oralig’ida |
Siydikning nordonligi eng ko’p o’zgaruvchan indeksdir. Hatto kun davomida bu ko’rsatkich sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Bu o’zgaruvchanlikning sababi buyraklar qonning nordonligini saqlab turishda ishtirok etish va filtrlash jarayonida qondan ortiqcha vodorod ionlarini olib tashlashidir. | |
SIYDIL NORDONLIGINING KAMAYISHI SABABLARI (PH >7)
|
SIYDIL NORDONLIGINING ORTISHI SABABLARI (PH >7)
|
SIYDIKDAGI OQSIL MIQDORI
SIYDIKDA OQSIL MIQDORI NORMASI |
Oqsilning siydikdagi konsentratsiyasi 0,033 g/l dan oshmasligi kerak |
SIYDIKDAGI OQSILNING MAVJUDLIGI SABABLARIHar doim ham siydikda oqsil bo’lishi buyrak shikastlanishi bilan bog’liq emas. Siydikda oqsil bo’lishi (albuminuriya) siydik pufagida va siydik yo’llarida yallig’lanish bo’lganda namoyon bo’ladi. Ba’zan siydikdagi protein(oqsil) sog’lom odamlarda jiddiy jismoniy zo’riqish, uzoq yurish, shamollash va ko’p terlashda paydo bo’ladi.Bundan tashqari, siydikdagi oqsil 7-16 yoshdagi jismonan kam rivojlangan bolalarda va homilador ayollarda aniqlanadi.Buyrak bilan bog’liq bo’lmagan albuminuriya:
Yuqoridagi barcha holatlar bu funktsional albuminuriya.Buyrak bilan bog’liq albuminuriya:
Shuning uchun siydikdagi oqsillarni aniqlash juda muhim diagnostik testdir. |
SIYDIKDAGI GLYUKOZA(QAND) MIQDORI
SIYDIKDAGI GLYUKOZA MIQDORI ME’YORI |
Normada siydikda glyukoza bo’lmaydi, biroq uning miqdori 0,8 mmol/l gacha bo’lishi me’yoriy hisoblanadi. |
Siydikda glyukoza(qand)ning aniqlanishiga qandli diabet yoki buyrak yetishmovchiligi sabab bo’lishi mumkin. Bu holatda qo’shimcha tadqiqotlar zarur bo’ladi.Siydikdagi qandning bo’lishiga diabet xizmat qilgan bo’lsa, qonda glyukoza kontsentratsiyasi qabul qilinishi mumkin bo’lmagan 10,0 mmol / l ga etadi. Va bu endokrinolog shifokorga murojaat qilishga keskin sabab bo’lishi kerak. | |
SIYDIKDA GLYUKOZA(QAND)NING BO’LISHI SABABLARI
|
ATSETON TANALAR — KETON TANALAR
ATSETON(KETON) TANALARNING ME’YORIY KO’RSATKICHI |
Atseton(keton)tanalar mavjud emas |
Keton tanalari bu aseton, asetosirka kislota va oksimoy kislota.Keton tanalarning siydikda mavjud bo’lishining sababi tanadagi metabolik jarayonlarning buzilishi.Bu holat turli xil patologiyalarda kuzatilishi mumkin. | |
SIYDIKDA KETON TANALARNING BO’LISHI SABABLARI
|
SIYDIKDAGI BILIRUBIN MIQDORI
SIYDIKDAGI BILIRUBIN ME’YORI |
Normada siydikda bilirubin aniqlanmaydi |
Bilirubin — odatda bilirubin ichakga o’t suyuqligi orqali ajralishi kerak. Ammo ba’zi hollarda qonda bilirubin darajasining keskin o’sishi kuzatiladi, bu holda bu organik moddani tanadan ajratish funktsiyasi qisman buyraklarga to’gri keladi. | |
SIYDIKDA BILIRUBINNING BO’LISHI SABABLARI:
|
SIYDIKDAGI UROBILINOGEN MIQDORI
SIYDIKDAGI UROBILINOGEN MIQDORI ME’YORIY KO’RSATKICHLARI |
Normada siydikda urobilinogen aniqlanmaydi |
Urobilinogen- bu o’t suyuqligidagi bilirubindan ichakda hosil bo’lgan organik moddadir. Urobilinogen qisman ichakning qon oqimiga qaytariladi. Qon oqimi bilan urobilinogen jigarga tushadi, u yerda u yana bir necha marta o’t suyuqligi bilan chiqariladi. Bir qator holatlarda jigar barcha kelgan urobilinogenni biriktirishga qodir emas va uning bir qismi umumiy qon oqimiga ketadi. Bunday hollarda urobilinogen buyrak orqali siydik bilan tanadan chiqariladi. | |
SIYDIKDA UROBILINOGENNING BO’LISHI SABABLARI:
|
SIYDIKDA GEMOGLOBIN BO’LISHI
SIYDIKDAGI GEMOGLOBIN MIQDORI ME’YORI |
Normada siydikda gemoglobin bo’lmaydi |
Gemoglobin kislorod almashishida ishtirok etadigan oqsildir. Gemoglobin odatda eritrosit ichida joylashgan. Eritrotsitlarning ommaviy nobud bo’lishi bilan ko’p miqdordagi gemoglobin qon oqimiga chiqishi mumkin, jigar va taloq ko’p miqdordagi gemoglobinni parchalashga ulgurmaydi. Bu holda erkin gemoglobin siydik orqali buyraklar tomonidan qisman chiqariladi. Mushak to’qimasining qisilishi, miokard infarkti kabi bir qator holatlarda gemoglobinga o’xshash bo’lgan mioglobin ko’p miqdorda qonda erkin holda uchrashi mumkin. Mioglobin qisman qonning bir qismi sifatida tanadan buyraklar tomonidan chiqariladi. | |
SIYDIKDA GEMOGLOBIN BO’LISHI SABABLARI
Siydikda eritrotsitlar uchrashi buyraklarga shikast yetkazilganda (yorilishi, jarohati), buyrak saratonida, o’tkir nefrit (glomerulonefrit, pielonefrit) bilan paydo bo’ladi. Shuningdek, siydik bilan qon ajralishi uretrit, sistit, siydik yo’llarida yoki buyrak kanallarida qon ketishi, buyrak toshlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. |
SIYDIK CHO’KMASI
Siydik cho’kmasi (cho’kindisi) — siydikning umumiy tahlilida cho’kindi qisqa muddatli santrifuga natijasida cho’kkan hujayralar, silindrlar, tuz kristallari kabilar tushuniladi. Siydik cho’kmasini o’rganishda nimalar aniqlanishi haqida batafsilroq quyidagi boblarda o’qiymiz:
- Siydikdagi leykotsitlar
- Siydikdagi eritrotsitlar
- Siydikdagi silindrlar
- Siydikdagi epiteliy
- Siydikdagi tuzlar
- Siydikdagi bakteriyalar
SIYDIKDA LEYKOTSIT BO’LISHI
SIYDIKDAGI LEYKOSIT MIQDORI ME’YORI |
|
||||
Leykotsitlar tanadagi himoya (immun) funktsiyasini bajaradigan oq qon hujayralari. Leykotsitlar toksinlarni zararsizlantirishda, bakteriyalar, parazitlar, viruslar va saraton hujayralarining yo’q qilinishida ishtirok etadi. Siydikda oq qon hujayralari normada uchrashi mumkin, faqat kam — kuzatish maydonida 3 dan ortiq bo’lmagan miqdorda. Leykotsitlar soni kuzatish maydonida 3-10 ta bo’lsa, unda bunday natija shubhali hisoblanadi. Kuzatish maydonida 10 tadan yuqori bo’lgan siydikdagi oq qon hujayralari darajasining ortishi shifokorning siydik tizimining patologiyasiga shubha qilishiga sabab bo’ladi.Ko’p hollarda siydik ichidagi oq qon hujayralarining ko’payishi sabablari tasodifan yoki tashxis paytida aniqlanadi.Siydikda leykosit paydo bo’lishining sabablari nima? Ushbu laboratoriya alomatlari buyrakning turli kasalliklari, siydik pufagi yoki uretra, erkaklardagi kasalliklarda, prostatit kasalligida siydikdagi leykotsitlar miqdorining o’sishi kuzatilishi mumkin. | |||||
SIYDIKDAGI LEYKOTSITLARNING UCHRASHI SABABLARI
|
|||||
SIYDIKDA LEYKOTSITLAR MIQDORI YUQORI BO’LSA NIMA QILISH KERAK?Agar sizning tahlil natijalaringiz siydikdagi oq qon hujayralari sonini yuqori ekanligini ko’rsatsa, siz maslahat uchun urolog shifokirga murojaat qilishingiz kerak. Qo’shimcha tadqiqotlar o’tkazish kerak bo’lishi mumkin: umumiy qon tahlili, buyraklarning ultratovush tekshiruvi(UTT), Nechiporenko usuli bo’yicha siydik tahlili. |
SIYDIKDA ERITROSIT BO’LSIHI
SIYDIKDAGI ERITROSITLAR MIQDORINING ME’YORIY KO’RSATKICHLARI |
|
||||
Eritrositlar kichik o’lchamli qizil qon tanachalari. Bu qonning eng ko’p miqdordagi hujayralari. Ularning asosiy vazifasi — kislorodni uzatish va uni organlarga va to’qimalarga yetkazishdir. Odatda, siydikda qizil qon hujayralari mavjud bo’lmasligi kerak, ularning mavjudligi normal hodisa, lekin juda kam miqdorda (kuzatuv maydonida 3 dan oshmaydi). Ko’proq qizil qon tanachalarini aniqlanishi buyrak va siydik yo’llarining jiddiy patologiyasini ko’rsatishi mumkin. | |||||
SIYDIKDA ERITROTSITLAR MIQDORINING KO’PAYISHINING SABABLARI:
|
SIYDIKDA EPITELIY MIQDORI
SIYDIKDA EPITELIY MIQDORI ME’YORI |
Kuzatuv maydonida 10 tagacha |
Siydik cho’kmasida turli xil epiteliy hujayralari — buyrak epiteliysi, qovuq epiteliysi va boshqalar mavjud. Buyraklar epiteliysining siydikda mavjudligi buyraklarning nefrozi yoki o’tkir nefritlarning mavjudligini ko’rsatadi. Siydik yo’li va qovuq epiteliya hujayralaring bo’lishi kuzatilganda sistit yoki siydik yo’llarining yallig’lanishi haqida gap boradi. Siydikda ayollarda tekis epiteliya hujayralari bo’lishi mumkin — bu hujayralar genital traktdan chiqadi va buyrak kasalligi haqida gap bormaydi. |
SIYDIKDAGI SILINDRLAR
SIYDIKDAGI SILINDRLAR MIQDORI ME’YORI |
Silindrlar bo’lmaydi, yakka gialinli silindrlar mavjudligi me’yoriydir |
Silindrlar buyrak to’qimasida (buyrak kanallarida) jiddiy patologiya vaqtida paydo bo’lgan silindrsimon jismlardir. Silindrlar tarkibi turli xil bo’lishi mumkin va quyidagi elementlarni o’z ichiga olishi mumkin: eritrotsitlar, buyrak kanallarining kesma xujayralari, oqsil. Tashqi ko’rinishida esa ular farqlanadi: donador (tarkibida eritrotsitlar va buyrak kanallari hujayralari ustun), gialinsimon (buyrak kanallari hujayralari va oqsil ustun), eritrotsitar (bu silindrlarning asosi qizil qon hujayralaridir). | |
SILINDRLARNING MIQDORINI OSHISHI VA PATOLOGIK SHAKLLARNING PAYDO BO’LISHINING SABABLARIGialin silindrlarining soni 1 ml da 20 tadan ko’p bo’lishi va boshqa turdagi silindrlarni aniqlanishi buyrak patologiyasining belgisi hisoblanadi. |
|
GIALIN SILINDLARINING SONINI KO’PAYISHI (1 ML DA 20 GACHA)Bu silindrlar buyrak kanallari orqali birlamchi siydik o’tishi paytida qayta sintezlana olmagan (birlamchi siydikdan qonga qaytib o’tmagan) oqsildan hosil bo’ladi.
|
|
DONADOR SILINDIRLAR (HAR QANDAY MIQDORDA BU SILINDRLARNI ANIQLANISHI PATOLOGIYA HISOBLANADI)Ushbu turdagi silindrlar buyrak kanallarining ichki yuzasini qoplab turuvchi hujayralarning jarohatlanishi natijasida hosil bo’ladi.
|
|
MUMSIMON SILINDRLAR (HAR QANDAY MIQDORDA BU SILINDRLARNI ANIQLANISHI PATOLOGIYA HISOBLANADI)Mumsimon silindrlar gialin yoki dondaor silindrining buyrak kanallarida uzoq vaqt turishi natijasida hosil bo’ladi.
|
|
ERITROTSITAR SILINDRLAR (BU SILINDRLARNI HAR QANDAY SONDA ANIQLANISHI PATOLOGIYADIR)Normada buyrak kanallarida eritrotsitlar bo’lmasligi kerak. Ammo, buyrak tomir devorining o’tkazuvchanligi buzilganligi natijasida, eritrotsitlar buyrak kanaliga kirib borishi mumkin. Buyrak kanaliga kirgan barcha qizil qon hujayralari siydik bilan birga chiqariladi. Biroq, eritrotsitlar buyrak kanaliga katta miqdorda kirib kelganda, kanalda tiqilish yuzaga keladi va eritrositar silindrlarining shakllanishi kuzatiladi.
|
|
EPITELIAL SILINDRLAR (BU SILINDRLARNI HAR QANDAY SONDA ANIQLANISHI PATOLOGIYADIR)Ular buyrak kanalchalari epiteliyasining begona qilinishi natijasida hosil bo’ladi. Ushbu silindrlar jiddiy buyrak patologiyasini ko’rsatadi.
|
SIYDIKDAGI TUZLAR MIQDORI
SIYDIKDAGI TUZLAR MIQDORI ME’YORI |
Tuzlar bo’lmaydi |
Siydikda juda ko’p miqdorda minerallar mavjud. Ushbu jarayon tufayli organizmda doimiy kislota va elektrolit muvozanati saqlanadi. Qonning ortiqcha moddalari yoki organik moddalari siydik bilan birga chiqariladi. Minerallarning yetishmovchiligi bilan siydikda elektrolitlar tarkibi kamayadi. Ba’zi hollarda siydikdagi noorganik moddalar ma’lum nordonlik, konsentratsiya va siydik chiqarishning tezligi sharoitida bir-biri bilan o’zaro ta’sirlasha oladi siydikda cho’kma sifatida tushadi. Ushbu jarayonlarning natijasida buyrak toshlari shakllanishi mumkin. | |
Siydikda siydik kislotasining tuzlari (uratlar) | |
SIYDIK TARKIBIDA SIYDIK KISLOTASI TUZINING KO’PAYISHI SABABLARI
|
SIYDIKDA URATA MIQDORINI QANDAY KAMAYTIRISH MUMKIN?
|
Siydikdagi oksalatlar (kaltsiy oksalat) | |
SIYDIK TARKIBIDAGI OKSALATNING ORTISHI SABABLARI
|
SIYDIKDA OKSALAT KONSENTRATSIYASINI QANDAY KAMAYTIRISH MUMKIN?
|
Siydikdagi gippura kislotasi kristallari | |
KRISTALLAR UCHRASHI SABABI
|
|
Siydikdagi fosfatlar | |
SIYDIKDA FOSFATLAR DARAJASINING OSHISHI SABABLARI
|
SIYDIKDAGI FOSFAT KONTSENTRATSIYASINI QANDAY KAMAYTIRISH MUMKIN?Siydikda fosfatning yuqori miqdori sabab tosh shakllanishiga yo’l qo’ymaslik uchun:
|
SIYDIKDAGI BAKTERIYALAR
SIYDIKDAGI BAKTERIYALAR BO’LISHINING NORMAL KO’RSATKICHLARI |
Bo’lmaydi |
SIYDIKDAGI BAKTERIYALARNING MAVJUDLIGI SABABLARISiydik chiqarish tizimidagi bakterial kasalliklar siydikdagi bakteriyalar aniqlashining sababi bo’lishi mumkin:
|
|
Odatda siydik yo’lini yallig’lanishlarida siydikdagi bakteriyalarning mavjudligi yallig’lanish belgilari va siydikda ko’p miqdorda leykotsitlarning mavjudligi bilan birga keladi. |
SIYDIKDA ZAMBURUG’LARNING UCHRASHI
SIYDIKDAGI ZAMBURUG’LAR ME’YORI |
Bo’lmaydi |
SIYDIKDA ZAMBURUG’ MAVJUDLIGI SABABLARI1. Siydik yo’llarining zamburug’li kasalliklari:
2. Tashqi genital organlarning zamburug’lar bilan zararlanishi:
3. Immunitet tanqisligi sharoitlari4. Antibiotiklardan uzoq vaqt foydalanish |
SIDYIKDAGI AMILAZA(DIASTAZA) MIQDORI ME’YORI
SIDYIKDAGI AMILAZA(DIASTAZA) KONSENTRATSIYASI ME’YORI |
1-17 birlik/litr. |
Siydik diastaziyasi (amilaza) katta diagnostik ahamiyatga ega. Ushbu tahlil tufayli pankreatit kabi kasalliklarni aniqlash mumkin. Amilaza hazm qilish vaqtida uzun zanjirlardagi karbongidratlarning parchalanishida qatnashadigan ferment. Sintez qiluvchi me’da osti bezi hisoblanadi va pankreatik sharbatlarda bu fermentning eng yuqori kontsentratsiyasi mavjud. Oshqozon osti bezining yallig’lanishi bilan amilazaning bir qismi qon oqimiga kiradi. Qonda erigan amilaza buyraklarga etib boradi, filtratsiya tufayli u siydikda qoladi va tanadan ajralib chiqadi. Shunday qilib, tana toksik ta’sirga ega bo’lgan amilazadan tozalanadi. | |
SIYDIKDA DIASTAZANING OSHISHI SABABLARIYuqorida aytib o’tilganidek, siydikda amilaza ko’payishi qonda amilazaning ko’pligini ko’rsatadi. Ammo siydik tahlili qon namunasisiz amilaza kontsentratsiyasini kuzatish imkonini beradi.Diyastaz indeksidagi sezilarli o’sish — 8000 birlikdan dan yuqori surunkali pankreatitning rivojlanishi yoki o’tkir pankreatit mavjudligini ko’rsatadi. |