12:57 / 21.07.2022

KRUPOZ ZOTILJAM

Krupoz zotiljam - o`pkaning butun bo`lagi yoki uning 1-2 segmenti zararlanishi, qikl bilan kechishi va jarayonga o`pkani o`rab turgan plevra varaqalarining tor tilishi (plevropnevmonit), hamda o`pka alveolalari va mayda bronxlar sathini qoplovchi fibrin

KRUPOZ ZOTILJAM
Krupoz zotiljam - o`pkaning butun bo`lagi yoki uning 1-2 segmenti zararlanishi, qikl bilan kechishi va jarayonga o`pkani o`rab turgan plevra varaqalarining tor tilishi (plevropnevmonit), hamda o`pka alveolalari va mayda bronxlar sathini qoplovchi fibrinli ekssudat rivojla nishi bilan kuzatiladigan
kasallik.

Etiologiyasi.

a. Infeksion omillar: pnevmokoklar, streptokoklar, stafilakoklar, Fridlender
diplobasillasi, Pfeyfer tayoqchalari, viruslar va h.k.
b. Moyil sharoitlar: organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyati susayishi,
uzoq vaqt sovqotish, bosh miya va ko`krak qafasi shikastlanishi, alkogol va tamaki
che kishni suiste’mol qilishlik, organizmni infekqiyaga se zuvchanligining oshishi.
Patogenezi. Kasallik qo`zg`atuvchi omillar o`pka to`qima siga bronx, qon va limfa yo`llaridan kiradi. Aksariyat mik roorganizmlar bronx orqali o`pka ildizi sohasidan o`pkaga kiradi va limfa tomirlariga o`tib oldin oraliq to`qima larda, so`ngra alveolalararo to`siqlarda yallig`lanish ja rayonini sodir qiladi. Bu erdan infekqiya alveolalar bo`shlig`iga tushadi va fibrinli eksudatni vujudga keltiradi. Natijada o`pka zichlashadi (qattiqlashadi), havosiz lanadi va uning «jigarlanishi» sodir bo`ladi. Bu davrda ko`p miqdorda virulentli mikroblar shikast langan o`pkada yig`iladi, balgam bilan tashqariga chiqadi, qonga o`tadi, shu bilan bir vaqtda antitanalar vujudga keladi. Antitanalar titri ma’lum darajaga etganda, mik roblar nobud bo`laboshlaydi, balg`am va qonda yo`qola-bosh laydi. O`pka to`qimasidan proteolitik fermentlarning ajralib chiqishi va fibrinli ekssudatning so`rilishi ku chayadi.Patologik anotomiyasi. Rosmana krupoz zotiljamda o`pka to`qimasida 4 bosqich o`zgarishlar aniqlanadi. Quyilish bosqichi - o`pka to`qimasida qizarishlik (gi peremiya), yallig`lanish shishi
kuzatilib, alveolalar tar kibida eritroqitlar, leykoqitlar, mikroblar va fib rin tolalari bo`lgan suyuq serozli ekssudat yig`iladi. Bu bosqich 12 soatdan 3 kechakunduzgacha davom etadi. Qizil jigarlanish bosqichi - ekssudat tarkibidagi fib rinlar zichlanishi, ko`p miadorda eritroqitlar, kamrok; - leykoqitlar to`planishi bilan ifodalanadi. O`pka hajmi kattalashadi, jigarga o`xshash qattiqlashadi. Davomiy ligi 1-3 kun. Kulrang jigarlanish bosqichi - ekssudat tarkibida eritroqitlar yo`qolishi o`rniga ko`p miqdorda leykoqit lar va fibrin tolalari to`planadi, bu holat o`pka to`qi masiga kul rangini beradi. O`pkaning yallig`langan qismi qattiqlashgan, kattalashgan. Davomiyligi 2-4 kun. So`rilish bosqichi - proteolitik fermentlar ta’siri da fibrin ipchalarining erishi va
so`rilishi, leykoqit lar parchalanishi kuzatiladi, natijada ekssudat so`rila boshlaydi.Mazkur bosqich boshqalarga nisbatan ancha uzoq davom etishi mumkin va uning davomati yalliglanish jarayonining hajmiga, kuchiga bog`liq.O`pka zararlanishi bilan bir vaqtda plevra varaqalari sathida fibrinsimon quyquil yig`ilishi bilan kuzatila digan plevra o`zgarishi vujudga keladi. Klinik ko`rinishi. Krupoz zotiljam to`satdan o`tkir boshlanadi. SHikoyati. Xastalik qaltirash va tana haroratining ko`ta rilishi (39-40° gacha), hansirish bilan kuzatiladi. Nafas olganda, aksirganda, yo`talganda zararlangan
ko`krak qafa sida og`riq kuchayadi. Yo`tal avvaliga quruq, keyin yopishqoq, kiyin ajraluvchi balg`am ko`chishi bilan kuzatiladi, so`ngra u zangsimon tusga kiradi. Balg`am ko`chishi 4-6 kun davom etadi. O`pka to`qimasining zararlanish darajasiga bog`liq xolda intoksikaqiya belgilari (darmonsizlik, umumiy lo xaslik, ko`p terlash, kuchli bosh og`rig`i, ishtaha yo`qoli shi, ko`ngil aynishi, qusish, uyquning buzilishi, alaxsi rash) vujudga keladi. Ko`zdan kechirganda - bemor ahvoli orir, yuz terisi, lunji sohasida (simpatik nerv shikastlanishi tufayli) qizargan, burun va lab burmalariga uchuq toshgan. Bemor orriqni kamaytirish uchun ko`pincha shikastlangan tomonda yotadi. Nafas olishda burun qanotlari qatnashadi, ko`krak qafasi harakati o`pkaning zararlangan
tomonida orqada qoladi. Bu holat patologik jarayonga plevraning jalb etilishi bilan izohlanadi. Bemorning nafas olishi tez lashadi, yuzaki, chunki chuqur nafas olinganda og`riq ku chayadi. Kasallik klinik 3 bosqichda kechadi. Xastalikning boshlang`ich davri - patanatomiyada quyi lish davriga to`g`ri keladi.
a. Paypaslaganda ovoz titrashining kuchayishi aniqlanadi.

b. Perkussiyada - bo`g`iqroq timpaniq tovush eshitiladi.
v. Auskultaqiyada - o`pka to`qimasi elastikligi va alveola devorlari
taranglashishining pasayishi, hamda alveola lar ichida yallig`lanish ekssudati
to`planishi tufayli ve zikulyar nafas susaygan.
g. Nafas olish cho`qqisida boshlang`ich krepitasiya (sgeritacio ipdux). sodir
bo`ladi.
d. Plevra varaqalarining ishqalanish shovqini eshitiladi.
Kasallikning shakllangan (avj olgan) davri patalogo anatolik qizil va kulrang
bosqichiga mos keladi.
a. Paypaslaganda o`pkaning zararlangan sohasida tovush titrashi kuchayadi.
b. Perkussiyada bo`g`iq tovush ifodalangan (yaqqollashgan).
v. Auskultasiyada - o`pka to`qimasi zichlashganligini ko`rsa tuvchi bronx nafasi
eshitiladi.
Tuzalish davri - patalogoanatolik so`rilish bosqichi ekssudat suyuqlasha boshlashi
bilan alveolalarga havo kirishi natijasida:
a. Paypaslaganda tovush titrashi me’eriga keladi.
b. Perkussiyada - bo`g`iq tovush pasayib, bilinar-bilinmas timpaniq ohangda
yaliglanish butunlay so`rilib ketganda o`pka tovushi eshitiladi.
v. Auskultasiyada -bronx nafas susayadi, keyinchalik vezikuyaar nafasga o`tadi.
oxirgi daral krepitaqiya (sgeritacio gedux) paydo bo`ladi, keyinchalik yo`qoladi.
ekssudat so`rilishi natijasida mayda pufakchali jarangli nam xirillashlar eshitiladi.
YUrak va qon tomiri tizimidagi o`zgarishlar mikroblar tok sinlari ta’sirida vujudga
keladi, yurak mushaklarida di strofik (degenerativ) o`zgarishlar va vazomotor
markazi ning shikastlanishi natijasida o`tkir qon tomir etishmov chiligi rivojlanadi:
tomir urishi tezlashadi, arteriya qon bosimi pasayadi.
Markaziy nerv tizimida turli xil o`zgarishlar ko`p uch raydi: bosh og`rigi,
uyqusizlik, injiqlik, gohida alaxsi rash va turli xil gallyuqinaqiyalar bezovta qilishi
mumkin.
Perifirik konda leykoqitlar tayoqsimon va bo`g`imyadroli neytrofillar xisobiga
ko`payadi, leykoqitar formulasi ni chapga siljishi mieloqit va yosh neytrofillar
paydo bo`lguncha davom etadi, eozinofillar mivdori keskin kama yadi yoki
yo`qoladi, ECHT - ortadi.
Rentgenda - o`pkaning yallig`langan bo`lagida yoki ay rim qismida o`zgarishlar
turli tuman va kasallik bosqchiga bog`liq bo`lib, o`pka tasvirining kuchayganligi
va o`pka ildi zi soyasining kengayganligi aniqlanadi.
Balg`am tarkibida eritroqit va leykoqitlardan tashqari diplokokk, pnevmokokklar
va fibrin tolalari borligi aniqlanadi. Balgamni ekib antibiotiklarga nisbatan mik
roflora sezgisini aniqlash kerak.
Kechishi - zamonaviy davolash usullari natijasida krupoz zotiljamning klassik
turlari hozirgi kunda kam uchraydi. Aksariyat yuqori tana harorati 1-3 kun turadi
va to`satdan «kritik» yoki «litik» pasayadi. Kasallikni o`zi engil o`tadi. Lekin qon
o`zgarishlar asta-sekinlik bilan barqarorlashadi.
Asoratlari:Xastalikning cho`ziluvchan kechishi va surunkali bronx o`pka kasalliklaririvojlanishi. CHo`ziluvchan kechishining asosiy sababi speqifik va nospeqifik
himoyaning buzili shi, ya’ni makroorganizm reaktivligini o`zgarishidir. Bu tushuncha T va V immunokompetentli T va V xujayralar faaoliyatining
pasayishini, immunoglobulinlar sintezinin susayishini, komplement tizimining zaiflashishini, fagoqitoz kamayishini o`z ichigaoladi. Bularning hammasi
makroorganizm ning infekqiyaga qarshi himoyasini kamaytiradi va yallig`lanish o`chog`ini «cho`zilib» xal bo`lishiga sharoit tug`diradi. O`pka abssessi va gangrenasi aksariyat zotiljam kasalligida sensibilizasiyalashgan yoki turli xil kasalliklar (qandli diabet, podagra, zaxm, sil) ta’sirida zaiflashgan
organizmda vujudga keladi. Bunday holatlarda o`pkadagi yallig`lanish jarayoni shiddatli gipe rergik yallig`lanish ko`rinishida o`ta o`tkir kechadi, nati jada o`pka to`qimasida chirish jarayoni sodir bo`ladi. O`pka ning yiringli kasalliklari ko`pincha krupoz zotiljam ning avj olgan yoki oxirlashgan davrida rivojlanadi. Kasallikning klinik manzarasida bemorning umumiy ahvoli qaytadan og`irlashadi, tana harorati qayta ko`tariladi va qaltirash bilan kuzatiladi, ko`p miqqorda qo`lansa hidli balg`am ajralaboshlaydi. Auskultaqiyada oldin kuzatilma gan jarangdor namxirillashlar eshitiladi. O`pka abssessi tashxisini aniqlashda rentgen va balgamtekshirishlari muhim ahamiyatga ega. Parapnevmonik va metopnevmonikli ekssudativ plevrit. Krupoz zotiljamda quruq
plevrit hamroh kasallik asoratga kirmaydi. Ammo serozli-fibrinozli yoki yiringliplevrit krupoz zotiljamining og`ir asoratlaridan hisoblanadi va kasallikning oxirida kuzatiladi. Rentgen tekshiruvi plevra varaqalari oralig`ida suyuqlik borligish ko`rsatsa, plevrani punksiya qilish esa ishonchli ma’lumotlarni beradi.
O`pka shishi - yurak mushaklari va qon tomirlari devorlarining zaiflashishi natijasida rivojlanadi. Bemor ahvoli juda og`irlashadi, hansirash paydo bo`ladi,
havo etishmaslik hissi va yo`tal kuchayadi, ko`piksimon balgam ajaralishi kuzatiladi. Bemor yuzi bo`zaradi, yurak tovushlari bo`g`iqlashadi. Tomir urishi
tezlashadi, to`laligi kamayadi. Arteriya qon bosimi pasayadi. Bemor nafas olishi tezlashadi, nafas shovqinli, uzoq masofadan eshitilib turadi. Auskultasiyada o`pkada ko`p miqdorda har xil kalibrdagi nam xirillashlar eshitiladi.O`tkir tomir va yurak etishmasligi - o`pkadan tashqaridagi asoratlardan
hisoblanadi. Bu asoratlar keng tarqalgan yallig`lanish jarayonlarda, bemorni kechikib kasalxonaga yotqizilganda, davolash ishlarining samarasizligida,|
ko`pincha surunkali yurak-tomir tizimi xastaliklaridg (YUIK, yurak nuqsonlari xafaqonlik) vujudga keladi. O`tkir qon tomir etishmovchiligi (kollaps)da
bemorning umumiy ahvoli to`satdan yomonlashadi, behollik, quloq shang`illashi, ko`z oldida qorong`ulik, teri rangining bo`zarishi, terlash vujudga keladi. Bu holatda tomir urishi tezlashadi, ipsimon; arterial qon bosimi pasaygan, yurak tovushlari bo`g`iqlashgan bo`ladi.Krupoz zotiljamning atipik turlari.
Markaziy zotiljam - yalliglanish jarayoni o`pkaning chuqur joyida, ko`pincha xilusda joylashadi va o`pkaning yuza qavatiga hech qaysi erdan yaqin kelmaydi,natijada perkussiya, auskultaqiya ma’lumotlari pnevmoniyani aniqlash imkonini bermaydi. YUqori tana harorati, ifodalangan balam, leykoqitoz, xansirash, lab va burun uchlaridagi uchuq bemorda krupoz zotiljamga gumon tug`diradi. Faqat rentgen ma’lumotlari aniq tashxis qo`yishga imkon beradi.
Katta hajmdagi (massiv) zotiljam - perkussiyada o`pkaning 2-3 bo`lagini egallagan katta hajmdagi va ifodalangan bo`g`iq tovush, auskultaqiyada nafas eshitilishi, zaif yoki mutlaqo eshitilmasligi, xirillashlar va krepitaqiyalarning yo`qligi bilan ajraladi va ekssudativ plevritni eslatadi. Lekin bo`g`iq tovush plevritga nisbatan kichik hajmda, ko`ks oraligi a’zolarining qarama qarshi tarafga siljishi juda kam iodalangan. Areaktiv (astenik) pnevmoniya - ko`proq qariyalarda, yurak-qon tomir tizimi, buyrak, jigar kasalliklarida, kaxeksiyada uchraydi. Organizm reaktivligining zaiflashishi tufayli kasallik asta-sekin rivojlanadi: darmonsizlik, deyarli yuqori bo`lmagan tana harorati, ishtaxani yo`qolishi kuzatiladi. Bemorning qon tomir urishi va nafas olishi tezlashadi. Perkussiyada deyarli ifodalanmagan bo`g`iq tovush, auskultaqiyada aniq bo`lmagan kuchsiz bronx nafasi va krepitasiya eshitiladi. Nam xirillashlar oddiy zotiljamga nisbatan kam miqdorda va kam jaranglikda eshitiladi. Qon sinamasida leykositlar miqdori deyarli o`zgarmagan yoki ozgina kamaygan, ECHT oshgan bo`lishi mumkin. Tashxisni tasdiqlash uchun rentgen tekshiruvlarini o`tkazish tavsiya qilinadi. Daydi zotiljam - yallig`lanish jarayoni birlamchi zararlangan joydan sog`lom qo`shni sohaga o`tishi (o`pkaning yuqori bo`lagidan pastki bo`lagiga yoki aksincha) bilan ifodalanadi. YAllig`lanishning yangi sohaga o`tishi birlamchi qismdan yallig`lanish jarayonining so`rilish davrida sodir bo`ladi. SHuning uchun bunday zotiljamlar uzoq davom etishi bilan farqlanadi. Tashxisi. Krupoz zotiljamning tipik hollarida kasallikni o`tkir boshlanishi, xarakterli klinik ko`rinishi, laboratoriya va rentgen ma’lumotlari tashxisni aniq lashda asosiy o`rinni egallaydi. Qiyosiy tashxis. Krupoz zotiljamni o`tkir bronxit, qaytalangan surunkali bronxit,uchoqli zotiljam, ekssudativ plevrit, og`izsimon sil zotiljami, o`pka absessi va infarkti bilan qiyoslanadi. O`choqli qo`shilgan (slivnoy) zotiljamdan farqi krupoz zotiljam o`tkir boshlanadi. O`choqli zotiljamda esa kasallanishdan oldin bronxit belgilari namoyon bo`ladi. Bundan tashqari bronx nafasi, zangsimon balg`am, burun va lab chetlaridagi toshmalar, yuqori neytrofilli leykositoz, peshobda urobilin, qonda fibrinogen miqdorining ko`payishi ko`proq krupoz zotiljamga taalluqlidir.
Ekssudativ plevritda, katta hajmli krupoz zotiljamdan farqi, ovoz dirillashi, bronxnafasi va leykositozlar kuzatilmaydi; ko`ks oraligi a’zolari qarama qarshi tomonga siljiydi, rentgen tekshiruvi va plevra punksiyasi plevra bo`shlig`ida suyuqlik borligini aniq ko`rsatadi, gemogramma odatda o`zgarmaydi.
Og`izsimon sil zotiljami bilan krupoz zotiljamining umumiy belgilari (tana haroratining ko`tarilishi) o`pkaning yuqori bo`laklari zararlanishi, intoksikasiyaning ifodalanganligi, zangsimon balg`am, bronx nafasi, nam xirillashlar) o`xshash. Ko`krak qafasini rentgen tekshiruvlari, balgamda kox
tayoqchasining topilishi va umumiy antibiotiklar davosining samarasizligi og`izsimon silni tasdiqlaydi. Krupoz zotiljam nospesifik davo vositalari ta’sirida
1,5 xafta ichida tuzalsa, sil jarayoni spesifik davo ta’sirida ham bunday tezlikda tuzalmaydi.O`pka infarktida ko`krak qafasidagi og`riq, qon aralash balg`am ajralishi, perkutor tovushni bo`g`iqlashganligi, auskultaqiyada dagal vezikulyar yoki bronx nafasi, jarangli nam xirillash, plevraning ishqalanish shovqining eshitilishi krupoz zotiljamni eslatadi. Bunday xolatda rentgen tekshiruvi to`gri tashxis qo`yadi.Davolash. O`tkir zotiljam bilan og`rigan bemorlar davosi hozirjavobli va kompleksli bo`lib, o`z ichiga kun tartibini, rasional ovqatlanish rejasini, farmako va fizio terapiyani oladi. Davolash tadbirlari qo`zgatuvchi omilni va infeksiya orqali vujudga kelgan intoksikasiyani bartaraf etishga qaratilgan. Mazkur tadbirlarning asosiy vazifalari - yallig`lanish reaksiyasini yo`qotish, o`pka drenaj faoliyatini tiklash, organizmning immunbiologik reaktivligini va simptomatik vositalar ta’sirini oshirmoqlik Antibakterial davo - asosiy davolash usuli hisoblanadi.Antibiotiklar. Kasallikni qo`zgatuvchi omilni va uni antibiotiklarga sezuchanligini aniqlash uchun avval balg`am ekiladi. Grammusbat mikroblar (diplokokklar,pnevmokokklar, streptokokklar) zotiljami penisillin bilan yaxshi davolanadi (har 4-6 soatda 0,5-1,0 g. dan mushak ichiga yuboriladi).
Kasallikning og`ir, ayniqsa stafilokokkli va penisillinga chidamli turlarida yarim
sintetik peniqillinlar - metiqillin (har 4-6 soatda 1 g mushak ichiga), eritromisin
(tabletkada bir kunda 3-4 mahal 250 mg dan ovq atdan so`ng), oksasillin (0,25-0,5
g mushak ichiga), sefalosporinlar (qefamizin, kefzol bir kunda 1-2 g dan 2 3 Mahal
mushak yoki vena ichiga), linkomisin (ichishga 0,5 g dan 3 mahal yoki mushak
ichiga 60 mgdan 1 kunda 2 marta), oleandomisin va sigmamisin (0,25 g tabletkada
kuniga 4-6 marta), kloks (kapsulada 250-500 mg dan kuniga 1-2 g dan
ovqatlanishdan 1 soat oldin).
Grammanfiy mikroblar zotiljamlarida ampisillin (ichiga 0,5g dan 4-6 marta),
gentamisin, Fridlender basillasi va Pfeyfer tayoqchasi zotiljamida aminoglikozidlar
(streptomiqin 500 mg dan 2 marta kuniga, kanamiqin 0,5 g kuniga 1 marta,
gentamisin 4-8 mg 2-3 marta kuniga mushak oralig`iga) ishlatiladi. Ornitoz virusi,
Bernet rikketsiyasi, mikoplazmalar zotiljamida tetrasiklin (0,25-0,5 g dan kuniga 4
mahal), metasiklin (rondomiqin, kapsulada 0,3 g dan 2 marta kuniga) buyuriladi.
Zamburug`li va kandidozli zotiljamlarda antibiotiklar bilan piskaptin, levorin,
nistatin, artoteriqin va amfoglyukamin tavsiya qilinadi.
Turli xil etiologik shakllaridagi zotiljamda ichiga sefradur (5000 mg dan kuniga 2
marta), tarivid (1 tab letkadan 2 mahal), mushak orasiga azaktam (oztreonam 500
mg dan 2 marta), sefatreksil (sefapirin 500 mg dan kuniga 4 marta) qabul qilinadi.
Sulfanilamidlar (sulfadimezin, etazol, metilsul fazin) kasallik boshlanishida 1
marta zarbali doza 2 g, keyin 1 g dan har 4 soatda tana harorati pasayguncha va
intoksikaqiya kamayguncha, qolgan kunlarda 1,0 g dan har 6 soatda) ichiga
yuboriladi. Butun davolash davrining umumiy dozasi 24-28 g. Ta’sir davri
uzaytirilgan sulfanillamidlar (sulfadimetoksin, sulfamonometok sin 1,0 g dan 1
mahal, baktrim-biseptol 480 yoki sulfat rim 2 tabletkadan 2 marta ichiladi).
YAllig`lanishga qarshi: aspirin 0,5 dan 2-3 marta, amidopirin 0,25 g dan 3-4 marta,
butadion 0,15 dan 2-3 mahal; ichiladi.
Intoksikasiyaga qarshi: reopoliglyukin, gemodez, gidrolizin, aminopeptid, jelatinol
200-400 ml tomir ichiga tomchilab yuboriladi.
Bronx yo`li o`tkazuvchanligini va drenaj faoliyatini yaxshilash.
Bronxspazmni yo`qotuvchilar: atropin, eufillin, ad renalin, bronxolitin.
Balgam yumshatuvchi va ajratuvchilar: kaliy yod, mu kaltin, bromgeksin.
Bronxlarni tozalovchilar: dezoksiribonukleaza, gialuronidaza.
Lizosim faolligini oshiruvchi: akseroftol.
Makroorgannzmni himoyalovchi immun mexanizmlarini tiklash:
Bakteriyali immunmodulyatorlar: pirogenal, prodigi ozin, betin, anabol, salmozan.
Timus preparatlari: timozin, timalin, T-aktivin.
Fizioterapiya.
Aerozol orkali antibiotiklar, sulfonilamidlar va aseptik vositalari yuboriladi,
yallig`lanishni yo`qotuvchi va o`pxaning drenaj faoliyatini oshiruvchi.
FMT, SMT, IKV, ultratovush qo`llaniladi.
Ko`krak qafasini uqalash.
Xalk tabobati vositalari.
Balg`am yumshatuvchi va ko`chiruvchilar.
Maydalangan 1 osh qoshiq (10 g) arpabodiyon mevasini termosga solib, 0,5 l
qaynoq suv quyiladi kechasi bi lan dimlab qo`yiladi. Bu damlamadan ovqatdan 20
daqiqa ilgari iliq holda 1/2 stakandan kuniga 3 marta qabul qilinadi.
15 g oodaldirmoq (ko`ka) yaprog`ini 1 stakan suvda 5 daqiqa qaynatiladi, suziladi
va har 3 soatda 1 osh qoshiqdan ichiladi.
1 choy qoshiq gulxayri guli ustiga 1 stakan qaynoq suv quyib 1-2 soat damlab
qo`yiladi, suziladi. Iliq holda 1 choy qoshiqdan kuniga 3 marta iste’mol qilinadi.
YAllig`lanishga qarshi vositalar. Sirli kastryulga 1 stakan sut va 1 osh qoshiq
maydalangan dorivor movrak bargi solinadi. Idish bilan bekitilib, aralashma
qaynatiladi, tindirila di, suziladi, so`ngra yana isitilib uyqudan oldin ichiladi.
1 osh qoshiq tog` rayxoni, 2 osh qoshiqdan oqqaldirmoq yaprog`i dorixona
moychechagi, ledum o`ti olinib, maydalanadi, 2 osh qoshiq maydalangan
aralashmaga 500 ml qaynoq suv solinadi 10 daqiqa qaynatiladi, 30 daqiqa
damlanadi, suziladi va iliq holda 1/3 stakandan 3 mahal ovqatlangandan so`ng
qabul qilinadi.
Profilaktikasi.
Tashqi muhitni tozalash.
Kasbiy ziyonliklardan himoya qilish.
Badantarbiya.
PLEVRITLAR
Tarifi. Plevrit - plevra varaqalarining yallig`lanishi bo`lib, plevra sathida
fibrinsimon nalet sodir bo`ladi yoki uning bo`shlig`ida ekssudat yig`iladi. U odatda
ikkilamchi kasallik - o`pkadagi ko`pgina patologik jarayonlarning yoki kam
hollarda plevra bo`shlig`iga yaqin turuvchi boshqa organ va to`qimalar (ko`krak
qafasi, ko`ks oralig`i, diafragma, diafragma osti maydoni) kasalliklarning sindromi
yoki aso-rati hisoblanadi. Birlamchi plevrit juda kam uchraydi va shikastlanish
yoki plevra mezoteliomasi oqibati hisoblanadi. Quruq (fibrinsimon) va ekssudativ
(nam) plevritlar farqlanadi.
Tarqalishi. Plevritlar umum o`pka kasalliklarini 3,8-6,5%ni tashkil qiladi, shundan
1,2-3,0 %i para-pnevmonik va metapnevmonikli plevritlar.
Etiologiyasi. Plevritlar yuqumli va yuqumsiz (aseptik) bo`ladilar.
YUqumli plevritlar spesifik (sil mikobakteriyalari, zahm spiroxetalari) va
nospesifik qo`zg`atuvchilar (pnevmokokklar, stafilokokklar, ichak tayoqchalari,
viruslar, zamburug`lar va boshqa mikroblar) ta’sirida vujudga keladi.
Aseptik plevritlar ko`krak qavatining yopiq shikastlanishida, plevra varaqalari
orasiga qon quyilganda, o`pka infarktida, me’da osti bezi fermentlarining ta’sirida
(pankreatit), plevraning xavfli o`smasi bilan jarohatlanishida (karsinomatozida),
biriktiruvchi to`qimasining sistemali kasalliklarida (revmatizm, kollagenozlarda),
buyrak va jigar xastaliklarida kuzatiladi.
Patognezi.
Kontakt yo`li. YUqumli plevritlarda kasallik qo`zg`atuvchi omillarning plevraga
bevosita kirishi subplevral joylashgan o`pka to`qimasi o`choqlari (zotiljam,
abssess, bronxoektazlari, o`pka sili) orqali rivojlanadi.
Limfa yo`li orqali infeksiyaning tarqalishi - to`qima suyuqligining retrogradli
oqimi katta ahamiyatga ega.
Qon yo`li bilan infeksiyani plevraga tarqalishi deyarli ahamiyatga ega emas.
Ko`krak qafasining ochiq shikastlanishida va operasiyalarda mikroorganizmlar
tashqi muhitdan plevraga bevosita tushishi mumkin.
Plevritning ba’zi bir turlari patogenezida, shaxsan sil kasalligida, patologik jarayon
ta’sirida organizmning sensibilizasiyalashishi natijasida oz miqdordagi infekt
tezlikda tarqalgan ekssudatni vujudga keltiradi (infeksion - allergik plevrit).
Blastomatozli plevrit rivojlanishida limfa tugunlari va tomirlarining o`sma
metastazlari bilan qamal qilinishi ahamiyatli. YAllig`lanish doimo zararlangan
plevra kapillyarlari devorining o`tkazuvchanligini oshishi bilan kuzatiladi.
Fibrinsimon (quruq) plevritda ozgina ekssudat yig`ilishi va uning qoniqarli oqishi
kuzatiladi, natijada ekssudatning suyuq qismi qayta to`la so`rilib, plevra pardalari
sathida faqat ekssudativ cho`kkan fibrin qoladi. Ekssudativ plevritda parietal
plevraning yallig`lanish infiltrasiyasi, uning sathidagi fibrinsimon surtmali
cho`kmalar hamda plevra ichidagi yuqori bosim plevra lyuklari orqali ko`krak
qafasidagi limfa sistemasiga suyuqlik oqishini keskin buzadi va ekssudat
yig`ilishini vujudga keltiradi. Sog`ayish davrida ekssudatning suyuq qismi
so`riladi, fibrinsimon cho`kmalar esa plevra shvartlarini va chandiqlarini vujudga
keltiradi.
Patologik anatomiyasi. Quruq plevritda plevra qalinlashgan, qizarinqiragan
ko`rinadi. Plevraning o`zgargan sathiga fibrin yig`iladi va u g`adir-budur bo`lib
qoladi, qaytadan so`rilishi natijasida chandiqlar hosil bo`ladi. Ekssudativ plevrit
plevra bo`shlig`iga suyuqlik yig`ilishi bilan ifodalanadi.
Tasnifi. 1984 yilda qabul qilingan Putov ishchi tasnifi patologik jarayon
etiologiyasini, harakterini (tabiatini), suyuqlik borligini, joylashishini, kechishini
hisobga oladi.
Etiologiyasi bo`yicha yuqumli va yuqumsiz (aseptik) plevritlar farqlanadi.
YUgqumlilari qo`zg`atuvchi omil turiga, aseptiklari esa kasallik harakteriga qarab
(shikastli, karsinomatozli, revmatikli va hokazo) bo`linadilar.
YAllig`lanish ekssudati tabiatiga ko`ra: fibrinsimon (quruq), serozli, qonli
(gemorragik), yiringli, eozinofilli, xilezli turlarga ajraladi.
Kasallikning kechishi bo`yicha o`tkir, yarim (o`rtacha) o`tkir, surunkali turlari
tafovut qilinadi.
Joylashuviga ko`ra diffuzli (total) va chegaralangan (xaltachasimon) bo`ladi.
Zotiljam bilan birgalikda rivojlangan plevritga para-pnevmoniyali va zotiljamning
tuzalish davrida vujudga kelganiga - metapnemoniyali plevrit deb nom berilgan.
QURUQ PLEVRIT.
Klinik ko`rinishi. Kasallik to`satdan boshlanadi.
SHikoyati.
Asosiy belgisi og`riq. Ko`krak qafasining shikastlangan tarafining oldingi va yon
bosh sohalarida joylashadi. Ko`pincha bo`yinga va elkaga qarab tarqaladi. CHuqur
nafas olganda, yo`talganda, kuchanganda, sog` tomonga engashganda kuchayadi,
jarohatlangan tomonga yon boshni bosib yotganda kamayadi.
Yo`tal quruq yoki juda kam miqdorda balg`am ajralishi bilan kuzatiladi.
YAna et junjikishi, tana haroratining ko`tarilishi, behollik, lohaslik, ishtaxa
pasayishi bezovta qiladi.
Ko`zdan kechirganda teri qoplamlari bo`zarganligi, lab ko`karishi, nafas olishning
tezlashganligi, yuzakiligi, ko`krak qafasining nafas harakatidan orqada qolishi
qayd qilinadi.
Paypaslaganda zararlangan tomonda mushaklar og`rishi va tarangligi aniqlanadi.
Perkussiyada o`pka to`qimasida infiltrasiya bo`lmasa o`zgarish kuzatilmaydi.
Auskultasiyada xastalikning asosiy belgisi - plevraning ishqalanish shovqini
aniqlanadi. Vezikulyar nafas yallig`lanish sohasida susaygan.
Rentgent tekshirishida diafragmaning yuqori turishi va nafasdagi harakatining
chegaralanganligi aniqlanadi.
Qon sinamasida odatda o`zgarishlar kuzatilmaydi, kam hollarda neytrofilli
leykositoz, ECHT ortadi.
Kechishi. Quruq plevrit yoshlarda engil kechadi, odatda 1-3 xaftada sog`ayish
bilan tugaydi. Gohida o`pkada sil jara-yonining faolligini tasdiqlovchi residivlar
kuzatilishi mumkin. Plevra bo`shlig`iga suyuqlik yig`ilsa, quruq plev-rit ekssudativ
turiga o`tadi.
Tashxisi. Ko`krak qafasida chuqur nafas olganda va yo`talganda kuchayadigan
og`rikqa, plevraning igshqalanish shovqiniga asoslanib qo`yiladi.
Qiyosiy tashxisi. Quruq plevrit krupoz zotiljam, spontanli pnevmotoraks,
qobirg`alar aro nevralgiya, neyromiozitlar, perikardit, qorin bo`shlig`ining o`tkir
kasalliklari (o`tkir xolesistit, appendisit) bilan farqlanadi. Quruq plevrit chap
tomonda bo`lganda uni stenokardiya va miokard infarktidan ajratish kerak. Tashxis
kasallikning klinik manzarasiga, EKG va laboratoriya belgilariga qarab qo`yiladi.
Quruq plevrit diafragmaning usti sohasiga joylashganida diafragma osti abssessi
yoki appendisitdan farqlash kerak. Tazdosslaganda og`riqning nafas olish bilan
bog`liqligi, tana haroratining va qon sinamasining deyarli o`zgarmaganligi,
plevraning ishqalanish shovqinining eshitilishi quruk; plevritni tasdiqlaydi. Ko`ks
oralig`i plevrasining yallig`lanishida plevra ishqalanish shovqinini perikardning
ishqalanish shovqinidan farqlash kerak. Perikard shovqini yurakning maromli
qisqarishi bilan bog`liq bo`lsa, plevraning ishqlanish shovqini esa nafas olish bilan
bog`liqdir.
Qobirg`alararo nevralgiyadan va miozitdan farqi quruq plevritda sog` tomonga
engashganda, yallig`langan plevraning cho`zilishi hisobiga otriq kuchayadi.
Qobirg`alar orasini paypaslaganda miozitda va nevralgiyada og`riq kuchli, quruq
plevritda esao`rtacha.
Oqibati. Asosiy kasallikning davolash samaradorligiga bog`liq, yakuni asosan
ijobiy.
Davosi. Quruq plevrit ikkilamchi jarayon bo`lganligidan muolajalar asosiy xastalik
(o`pka sili, o`tkir zotiljam, o`pka abssessi, revmatizm va boshqalar)ni tugatishga
qara-tilgan bo`lishi kerak. Davolash vositalari og`riqni va yo`talni yo`qotishga
yo`naltiriladi. Buning uchun analgin yoki amidopirin kuniga 2g, butadyon 0,45g,
aspirin 2-Zg, pirazolon qatoridagi preparatlar (indometasin 0,025g 3-4 marta),
glauvent (0,05g 2-3 marta) tusupreks (0,01-0,02g 3-4 marta).
Fizioterapiya vositalari - ko`krak qafasida qon va limfa aylanishini yaxshilash va
og`riqni kamaytirish maqsadida zaralangan taraf terisini «sollyuks», Minin
lampalarida nurlantiriladi, ultrabinafsha (UB) nurlari kuchsiz eritemali dozada
ta’sir qildiriladi. Tana harorati pasaygandan keyin kalsiy, yod, novakain, salisilat
elektroforezi beriladi. YAllig`lanish sohasiga EP-UVCH, induktotermiya, desimetr
va santimetrli diapazonda elektromagnit to`lqinlari, hamda plevra chandiqlari sodir
bo`lishining oldini olish maqsadida davolash nafas mashqlari va ko`krak qafasini
uqalash buyuriladi. Sanatoriya davolari quruq iqlimli mahalliy cho`l tumanlarida
o`tkaziladi.
EKSSUDATIV PLEVRIT
Klinik ko`rinishi. Ekssudativ plevrit rivojlanishida 3 davr farqlanadi: Suyuqlik
yig`ilishi (ekssudasiya), barqarorlashishi va suyuqlik so`rilishi (rezorbsiya).
Kasallik ko`p hollarda o`tkir, ba’zida sekin-asta boshlanadi.
SHikoyati. Plevra bo`shlig`iga suyuqlik yig`ilishining boshlang`ich davrida
yonboshda sanchiqli og`riq, quruq yo`tal, harorat ko`tarilishi bezovta qiladi.
Suyuqlik to`planishi ortib borgan sari og`riq va yo`tal kamayib borib, xastalikning
barqarorlashish davrida mutloq yo`qoladi. Bu vaqtda bemor yonboshda og`irlik
hissi seziladm, hansirash kuchayib boradi, ba’zi bemorlarda umumiy
zaharlanishning ifodalangan belgilari (bosh og`rig`i, ko`ngil aynishi, qayt qilish,
behollik, loqaydlik, ishtaxaning pasayishi) kuzatiladi.
Ko`zdan kechirish: ko`krak qafasi asimmetrik - suyuqlik yig`ilgan tomon hajmi
pastki yonbosh sohada birmuncha kattalashgan, nafas olganda orqada qoladi.
Qovurg`alararo bo`shliq kengaygan va tekislashgan.
Palpasiyada tovush titrashi suyuqlik yig`ilgan joyda juda susaygan, gohida
umuman aniqlanmaydi.
Perkussiya.
Ekssudat ustida bush tovush aniqlanadi. U hamma vaqt orqa va qo`ltiq ostida
joylashadi. Bo`g`iq tovushning yuqori chegarasi umurtqa pog`onasi bo`ylab
yuqoriga ko`tariladi. Bo`g`iq tovushning yuvqori chegarasi Damuazo egri
chizig`ida hosil bo`ladi. Suyuqlik plevra bo`shlig`ining yon qismida to`planadi.
Keyinchalik u plevra yorig`idan yuqoriga va yon tomonga yoysimon qiyshiq
chizik; hosil qilib tarqaladi.
Sog`lom tomonda umurtqa pog`onasi bo`ylab ko`ks oralig`i a’zolarining siljishi
hisobiga bo`g`iq tovush maydoni - Rauxfus - Grokk uchburchagi kuzatiladi.
SHikastlangan tomonda umurtqa pog`onasi va ekssudat (Damuazo chizig`i)
orasida ekssudat bilan siqilgan o`pka sohasida bo`g`iqlashgan timpaniq tovush
(Gorlyand uchburchagi) aniqlanadi.
Auskultasiya.
Ekssudat o`rnida nafas shovqinlari susaygan, agar suyuqlik ko`p bo`lsa mutlaqo
eshitilmaydi.
Ekssudat chegarasidan yuqorida siqilgan o`pka o`rnida bronx nafasi eshitiladi.
Sog`lom tomonda siljigan ko`ks a’zolari sohasida nafas shovqinlari eshitilmaydi.
Rentgen tekshirishlari o`pkaning quyi sohalarida ustki chegarasi qiyshiq
joylashgan va ko`ks oralig`ining sog`lom tomonga siljishi bilan kuzatiladigan katta
qora dog`ni aniqlaydi; bemor holatini o`zgarishi soya konfigurasiyasini
o`zgartiradi. Kichik hajmdagi (300 ml dan kam) suyuqlikda rentgenogramma
patologiyani aniqlay olmasligi mumkin.
Ultratovush (UT)tekshiruvi suyuqlik joylanishini aniq ko`rsatadi.
Qonda deyarli ko`p bo`lmagan leykositoz, ba’zida eozinofiliya, ECHT oshishi
kuzatiladi.
Maxsus diagnostika muolajalari.
Plevra bo`shlig`ida suyuqlik borligi aniqlangach plevraga igna sanchish (punksiya)
tavsiya qilinadi.
Suyuqlikni chiqarish va hajmini o`lchash lozim va bir qismini laboratoriya
tekshiruviga yuboriladi.
Laboratoriya tekshiruvi: umumiy oqsil miqdorini, laktatdegidrogenaza (LDG)
faolligini, sentrofuglangandan so`ng cho`kmani sitologik va bakteriologik
tekshirish, glyukoza va amilazani miqdorini aniqlash.
Plevra punksiyasini boshlang`ich davrida biopsiya tekshiruvini o`tkazish.
Tashxisi. Bemor shikoyati (yonboshdagi sanchiqli og`rik, yo`tal, harorat
ko`tarilishi, hansirash), fizikal belgilar (tovush titrashining pasayishi yoki
yo`qolishi, perkutor tovushning bo`g`iqlashgani, nafas shovqinlarining
eshitilmasligi), rentgen ma’lumotlari (yuqori chegarasi qiya bo`lgan qora dog`)
asosida aniqlanadi.
Qiyosiy tashxisi. Laboratoriya ma’lumotlari plevra suyuqligining etiologiyasini
aniqlashga yordam beradi.
Laboratoriya tekshiruvlari ekssudat va transsudatni farqlashda ahamiyatli.
Ekssudatni tasdiqlovchi laboratoriya ma’lumotlari quyidagilar:
Suyuqlikning nisbiy zichligi 1018 dan baland.
Oqsil miqdori 3 g/foizdan (2%) ko`p
LDG faolligi yuqori.
Rivolt sinamasi musbat.
Plevra suyuqligi tarkibida ko`p miqdirda qon bo`lsa o`sma, o`pka infarkti yoki
ko`krak qafasining shikastlanishidan darak beradi.
Suyuqlikda amilaza fermentining faolligi baland bo`lsa, me’da osti bezi kasalligida
kuzatiladi.
Limfositlar soni haddan ziyod bo`lsa - sil yoki o`sma, neytrofillar ko`pligi zotiljam,
abssess rivojlanishidan dalolat beradi.
Atipik xujayralar topilsa - o`sma borligini ko`rsatadi.
Kechishi asosiy kasallikka bog`liq holda o`tkir, yarim o`tkir surunkali bo`ladi.
Infeksion - allerik, shu jumladan, sil plevritida ekssudat 2-4 xafta davomida so`rilib
ketishi mumkin. Ba’zi hollarda ekssudativ plevritdan keyin plevra bo`shlig`ida
chandiqlar rivojlanishi, plevra varaqalarining bir-biriga yopishishi natijasida
ko`krak qafasi shaklini buzuvchi va harakatini chegaralovchi plevropnevmosirroz
vujudga kelishi aniqlanadi. Kasallikning eng og`ir kechishi qo`shni a’zolarga
yorilib, oqma hosil qiladigan yiringli plevritlarda kuzatiladi. Bo`laklar aro
xaltalangan plevrit odatda og`riqsiz kechadi, chunki bunda parintal varaqa
jarayonga qo`shilmagan bo`ladi.
Davosi. Mazkur patologik jarayonni vujudga keltiruvchi kasalliklarga faol ta’sir
qiluvchi omillarni o`z ichiga oladi.
Parhez taomlar vitaminlarga va oqsillarga boy bo`lishi kerak.
CHekishni keskin cheklash kerak.
Infeksion-allergiyali plevritda antibakterial (antibiotiklar, sulfanilamidlar),
desensibilizasiyalovchi (suprastin, tavegil, tiosulfat natriy).
Saraton etiologiyali plevritda kimyoterapiya.
Sil etiologiyali plevritda silga qarshi vositalar tavsiya qilinadi.
Plevra bo`shlig`iga ko`p suyuqlik yig`ilsa va u ko`ks oralig`i a’zolarini sog`lom
tomonga siljitib, nafas va qon aylanishi buzilishini vujudga keltirsa, hamda
ekssudat so`rilishi kuzatilmasa plevra punksiya qilinadi, ekssudat olib tashlanadi,
so`ngra bo`shliq antiseptik aralashma bilan yuvilib tozalangach, plevralar orasiga
antibiotik yuboriladi.
Zaharlanishda (intoksikasiyada), ifodalangan hansirashda, yurak faoliyati
buzilishida tomir ichiga plazma o`rinbosari eritmalari (reopoliglyukin), kislorod
(oksigen) ingalyasiyasi, yurak glikozidlari qo`llaniladi.
Og`riqni kamaytirish maqsadida ko`krak qafasiga banka, xantal varaqasi, isituvchi
kompresslar, yod to`ridan foydalaniladi.
Fizioterapiya vositalari - sollyuks, mahalliy isitgich lampalar vannasi, UVCH,
ultratovush, hamda kalsiy, yod, pankreatin elektrofarezi, induktotermiya.
Sanatoriya va kurort davolari mahalliy moslashgan sanatoriyalarda yilning issiq
oylarida qo`llaniladi.
Prognozi (oqibati) xastalikni vujudga keltirgan asosiy patologik jarayonga, hamda
nafas va qon aylanish tizimi holatiga bog`liq.
Profilaktikasi - plevritni sodir qiluvchi kasalliklarni oldini olish, o`z vaqtida tashxis
quyish va sifatli davolashdan iborat.