17:12 / 20.07.2022

Terining allergik kasalliklarida hamshiralik jarayoni

Terining allergik kasalliklarida ko‘pincha quyidagi ijtimoiy holatlarning buzilishi kuzatiladi: Uyqu Toza bo‘lib yurish Tananing doimiy haroratini saqlash

Terining allergik kasalliklarida ko‘pincha quyidagi ijtimoiy holatlarning buzilishi kuzatiladi:

  • Uyqu
  • Toza bo‘lib yurish
  • Tananing doimiy haroratini saqlash

 

Hamshiralik tashxisiga misollar

Uyquning buzilishi

Vrachlik tashxisi: Kuchayish bosqichidagi atonik dermatit

Hamshiralik tashxisi: uyquning qichishish natijasida buzilishi.

Bemor ehtiyojlarini qondirishda hamshiraning ishtiroki:

  1. Atopik dermatit bilan kasallangan bemor bilan qanday ovqatlanish haqida bir necha marta suhbatlashish.
  2. Bemorga paxtadan tayyorlangan kiyim olib yurishni tavsiya etish.
  3. Ichaklarning normal faoliyatini kuzatish.
  4. Shifokor ko‘rsatmasi belgilandi: antigistaminlar, desensibillovchi, sedativ vositalar berish.
  5. Bemorga tashqi dori vositalaridan foydalanishni o‘rgatish: eritmalar, aralashmalar, pudralar.
  1. Tozalikning buzilishi

Shifokor tashxisi: Qozgash davridagi atonik dermatit.

Hamshiralik tashxisi:

  • Teri butunligining yuqori infeksiyalanish xavfidagi holati,
  • Teri parvarishi haqidagi bilimlarning yetishmasligi

Bemor ehtiyojlarini qondirishda hamshiraning ishtiroki:

  1. Tibbiy hamshira bemorga shaxsiy gigiena qoidalarini o‘rgatishi lozim
  2. Tibbiy hamshira bemorga o‘z-o‘zini parvarishlashda ko‘maklashadi
  3. Tibbiy hamshira bemorga terini parvarishlar usullarini o‘rganishda ko‘maklashadi. Bu maqsadda bemor bilan bir necha suhbatlar o‘tkaziladi.
  1. Doimiy tana haroratini saqlashning buzilishi

Shifokorlik tashxisi: Tarqalgan toksikodermiya.

Hamshiralik tashxisi: isitma, ikkinchi daraja.

Bemor ehtiyojlarini qondirishda hamshiraning ishtiroki:

  1. Bemorga toza havo kelishini va optimal xona haroratini ta’minlash
  2. Teri va shilliq qavatlar parvarishini ta’minlash
  3. Vitaminlarga boy ovqatlanishni ta’minlash.
  4. Oson hazm bo‘luvchi va oqsil, vitaminlarga boy ovqatlanishni ta’minlash.
  5. Bemor tana haroratini doimiy nazoratda tutish.

Allergik kasalliklarda diyeta.

Dietpoterapiya – kompleks davoning muhim yo‘nalishi. U atopik dermatit rivojlanishida tasdiqlangan u yoki bu ovqat mahsulotini roli aniqlanishiga asoslangan: sigir suti oqsili, tuxum oqsili, tovuq go‘shti, baliq go‘shti, malina, qulupnay va h.k.

Shakar iste’moli minimum darajasida bo‘lishi. Iloji boricha kimyoviy moddalardan saqlanish.

Ba’zi moy va yog‘lar qiyin o‘zlashtiriladi, masalan yong‘oq moyi, cho‘chqa yog‘i, kolbasa, qovurilgan  kartoshka va hk.

Qovurilgan ovqatlarni cheklash.

Ma’lum muddat baliq, vina, pivo, pishloq iste’mol qilmaslik.

Ichimliklardan ko‘k choy, mineral suv tavsiya etish mumkin.

Shoshilinch holatlarda yordam ko‘rsatish algoritmi

Ba’zi teri kasalliklarida ayniqsa allergik kasalliklarda (eshakemi, ekzema va b.) bemorni tekshirishda, dori preparatlari jo‘natishda shoshilinch aralashuvlar kerak bo‘ladi.

Eshakemi va Kvinke shishi:

  1. Bemorni qulay qilib yotqizish.
  2. Burunga naftizin, sanorin yoki galazin quyish
  3. Antigistamin preparatlarni (suprastin, pipolfen, fenkorol, dimedrol) mushak orasiga jo‘natish
  4. Shifokorni chaqirish.
  5. Laziks, prednizolon, adrenalin tayyorlash.
  6. Halqum shishgandazudlik bilan gospitilizatsiya, traxeotomiyaga barcha narsalarni tayyorlash

Prednizolon m/o yoki v/i 20 ml + aerozolingalyatorlar (euspirant, alupent) berish. Kvinke shishida 5 ml 10% kalsiy xlorni sekin v/i ga jonatish yaxshi effekt beradi, bolalarga esakalsiy glyukonat m/o, v/i.

Layel sindromi:

  1. Shifokorni chaqirish.
  2. Bemorni izolatsiyalash
  3. Preparatlarni tayyorlash: prednizolon yoki urbazol, yoki polkortolon, deksametazon, korsatma boyicha narkotik analgetiklar– 1% promedol eritmasi yoki 1% omnopon eritmasi, 5% glyukozada Ringer etirmasi, albumin.
  4. Suyuq ovqatlantirish.
  5. Oqsil va vitaminlarga boy ovqatlar berish
  6. Teri parvarishiga jiddiy e’tibor berish, anilinli eritmalar va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan bir kunda 5-6 marta yuvish
  7. Og‘iz bo‘shlig‘iga sekinlik bilan mioktapin surish
  8. Ko‘z jarohatlangandagidrokortizonli tomchilar