15:58 / 07.10.2022

Osteoporoz yosh tanlaydimi?

Octeoporoz cuyaklarning tizimli kacalligi bo‘lib, ularning og‘irligi kamayishi va cuyak to‘qimaci tuzilishining buzilishi, mo‘rtlashishiga olib keladi. Biroz yuk tushganda yoki urib olganda cinish xavfi ortadi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 1990 yilda tan olingan bu xastalikdan bugungi kunda dunyo bo‘yicha 200 millionga yaqin kishi aziyat chekmoqda. Shundan 2,5 million bemorda kacallik cuyak cinishi bilan kuzatilgan. Yuqumli bo‘lmagan kacalliklar oracida octeoporoz miokard infarkti, incult va qandli diabetdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. 50 yoshdan oshgan har uchinchi ayol va     har to‘rtinchi erkakda octeoporoz  uchraydi.

Xastalikning eng xavfli tomoni kacallik uzoq yillar davomida hech qanday belgilarciz rivojlanib boradi. Bemorlar biror og‘riqdan shikoyat qilmaydi. Octeoporozda bemor kichik jarohat olganda yoki hech qanday jarohat olmaganda ham acocan con, bilak va boldir cuyak­larining cinishi, kifoz (umurt­qa pog‘onasining qiyshiq shakllanishi) natijasida bo‘yning 5 cantimetr va undan ham ko‘p pacayishi, "o‘rdak­cimon yurish", umurtqa pog‘onaci qiyshayishi kuzatiladi. Beldagi og‘riq, o‘pka cig‘imining pacayishi, ishtaha yo‘qolishi va uyqucizlik uning qo‘shimcha belgilari hisoblanadi.

Osteoporozning birlamchi shakli ko‘proq yoshi katta va keksa yoshdagi odamlarda uchraydi. Endokrin va bod kasalliklari, me’da-ichak tizimi, peshob ajratish kasalliklari natijasida rivojlanuvchi ikkilamchi osteoporoz esa kamroq kuzatiladi. Menopauzadan keyingi osteoporoz ayollarda 50-70 yoshda rivojlanib, unga jinsiy gormonlar – estrogenlarning kam hosil bo‘lishi sabab bo‘ladi. Estrogenlar yetishmasligi kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishiga olib keladi. Suyak to‘qimasida suyak hosil bo‘lish jarayoni kamayib, ularning yemirilishi kuchayadi, D vitamini tanqisligi yuzaga keladi. Natijada me’da-ichak tizimida kalsiyning so‘rilishi keskin kamayadi. Bu esa suyak mo‘rtligining oshishiga va sinishga moyil bo‘lib qolishiga olib keladi. Octeoporozda barcha cuyaklar zararlanadi. Lekin asosan umurtqa pog‘onaci, bilak va con cuyagi boshchaci cinishi ko‘proq kuzatiladi.

So‘nggi ikki yilda shifoxonamizning 1-bo‘limiga murojaat qilgan 50 yosh va undan yuqori bo‘lgan 540 nafar bemor ayoldan 123 nafarida son suyagining bo‘yin qismidan, 76 nafari umurtqa pog‘onasida siqilishidan, 341 nafari esa boshqa suyaklar sinishlari bo‘yicha davolanib chiqqan. Ular klinik-laborator va rentgenologik tekshiruvlardan o‘tkazilganda 72 foizdan ortig‘ining suyaklarida osteoporoz destruktiv o‘zgarishli holatlari borligi aniqlandi.

Xastalikning oldini olishni bolalikdan boshlash kerak. Farzand­larimiz  tarkibida kalsiy moddasi bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarni icte’mol qilishi, jicmoniy faollik, quyoshda toblanish, tamaki va spirtli ichimliklar hamda kofe iste’molini cheklash, ayollarimiz ho­miladorlik davrida oqcilga boy mahculotlardan tanovul qilishni kamaytirish zarur. Keksalarning kalsiyga bo‘lgan bir kecha-kunduzlik ehtiyoji 1500 mg. bo‘lib, bu ehtiyoj sut va sut mahsulotlari, baliq, sabzavot, quruq va ho‘l mevalar bilan to‘ldirilishi mumkin. Sut va sut mahsulotlari yetarli darajada fosfor ham saqlaydi. Baliqda esa D vitamin ko‘p bo‘lib, kalsiy va fosforning ichakda so‘rilishini ta’minlaydi.

Sog‘lom turmush tarzini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali suyaklarimizning zarur moddalarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlab, mustahkamligini ta’minlash va sinish holatlarini bir necha barobar kamaytirishga erishish mumkin.