Yurakning ishemik kasalligi
Yurakning ishemik kasalligi — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi.
Yurakning ishemik kasalligi — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. Yurakning ishemik kasalligik.ga, asosan, koronar (toj) tomir arteriyalari aterosklerozi natijasida yurak muskullarida qon aylanishining yetishmay qolishi va shu tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik kasalligik.ga stenogkardiya (dastlabki, muqim, nomuqim), miokard infarkti, infarktdan keyingi kardioskleroz, aritmik tur va yurak yetishmovchiligi kiradi. Yurakning ishemik kasalligik. muntazam rivojlanib boruvchi ogʻir yurak xastaligi hisoblanadi. Yosh ulgʻaygan sari kasallik uchrashi koʻpayadi.
YU.i.k. klinik jihatdan bir xilda kechmay, dam zoʻrayib, dam bosilib turadi. Koʻpincha Yurakning ishemik kasalligik. zimdan kechib, bemor oʻzining shunday xavfli kasallikka chalinganini bilmay, shifokorga murojaat qilmay yuradi. Odatda, Yurakning ishemik kasalligik.ning dastlabki klinik belgilaridan biri — zoʻriqish stenokardiyasi xuruji boʻlib, jismoniy ish bajarilganda roʻy beradi. Keyinchalik kasallik uzoq davom etishi, hatto yillab choʻzilishi mumkin. Koʻpincha zoʻriqish stenokardiyasiga birmuncha vaqtdan keyin tinch holatda ham kuzatiladigan tinch holat stenokardiyasi hurujlari qoʻshilishi mumkin.
YU.i.k.ning kelib chiqishi va rivojlanishiga kishilarning yoshi, kasallikka irsiy moyillik, gipertoniya kasalligi, qandli diabet, semirib ketish, ichkilikka ruju qilish, kashandalik, kam harakat (gipodinamiya), jismoniy hamda ruhiy zoʻriqish va boshqalar sabab boʻladi. Kashandalar oʻrtasida Yurakning ishemik kasalligik.ning nisbatan koʻp uchrashi kuzatilgan.
YU.i.k.ning rivojlanishida, ayniqsa, xolesterinning roli katta. Qonda xolesterin miqdorining oshib ketishi aterosklerozga sabab boʻladi va bu Yurakning ishemik kasalligik. rivojlanish xavfini oshiradi.
YU.i.k.ning xavfli omilini bartaraf etsa boʻladigan va bartaraf etib boʻlmaydigan xillari bor. Mas, koʻkrak qisishi (stenokardiya), miokard infarkti, insultni bartaraf etib boʻlmaydi; agar odam bu kasalliklar bilan bir marta ogʻrib oʻtgan boʻlsa, Yurakning ishemik kasalligik. rivojlanish xavfi koʻproq boʻladi.
YU.i.k.ning dastlabki bosqichi stenokardiya boʻlsa, miokard infarkti uning eng ogʻir shaklidir. Stenokardiya bilan bemor uzoq vaqt yashashi mumkin, ammo dastlabki davrida (birinchi uch kun) 20—30% bemorda miokard infarkti kuzatiladi. Miokard infarktining klinik belgilari, odatda, stenokardiya belgilariga oʻxshash boʻlib, faqat ogʻriq uzoqroq va kuchliroq davom etadi. Bunda dastlabki soatlardayoq oʻlim roʻy berishi yoki keyinchalik ham jiddiy asoratlar kuzatilishi mumkin. Infarktdan keyingi kardioskleroz, yurak aritmiyasi, yurak yetishmovchiligi aslida Yurakning ishemik kasalligik. ning asoratlari boʻlib, yuraktomir sistemasi kasalliklaridan boʻladigan nogironlik va oʻlimning asosiy sabablaridir. Yurakning ishemik kasalligik. ga gumon qilinganda darhol bemorni kasalxonaga yotqizish zarur. Kasallikning klinik belgilari (kasallik tarixi, bemor shikoyatlari, perkussiya, auskultatsiya, umumiy koʻruv), elektrokardiografiya, yurak muskullariga xos fermentlar va struktura elementlari (kreatinin fosfokinaza izofermentlari, mioglobin va boshqalar) hamda qon tahlili, exokardiografiya va boshqalar tekshiruv natijalariga qarab diagnoz qoʻyiladi.
YU.i.k.ni davolash terapevtik va jarrohlik usulida olib boriladi. Yurakning ishemik kasalligik. da parhezga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Ovqatning umumiy miqdori va kaloriyasini cheklab, vaznni meʼyorida saqlashga harakat qilish, badan tarbiya bilan shugʻullanish, mehnat va dam olishni uygʻunlashtirish, vrach koʻrsatmalariga bekamu koʻst amal qilish lozim. Chekishni tashlash shart. Yurakning ishemik kasalligik. ning oldini olish uchun gipertoniya kasalligi, qandli diabet va boshqalarni davolash zarur.
YU.i.k. bilan ogʻrigan bemorlar kardiolog shifokor nazoratida boʻlishlari kerak.