16:00 / 27.09.2022

YUZDAGI QORA NUQTALAR — PAYDO BO’LISHI SABABLARI, YO’QOTISH USULLARI, NIQOBLAR, SKRABLAR

Har kuni televizor ekranida ko’plab aktrisalar va modellarni ko’rish mumkin, ularning barchasining yuzi ideal toza: na husnbuzar, na qizarish, na qora nuqtalar.

Har kuni televizor ekranida ko’plab aktrisalar va modellarni ko’rish mumkin, ularning barchasining yuzi ideal toza: na husnbuzar, na qizarish, na qora nuqtalar. Albatta, bularning barchasi stilistlar va videomontaj operatorlarining xizmatidir, real hayotda esa hatto birinchi go’zallarga ham terida qora nuqtalar paydo bo’lishi kabi muammo begona emas. Yuzda qora nuqtachalar nega paydo bo’ladi? Ularni qanday qilib davolash kerak? Mana shunday savollar ko’pchilik qizlarni o’ylantiradi.

Yuzda qora nuqtalar paydo bo’lishi sababini aniqlash uchun, oldin ularning nima ekanligini tushunish kerak. Qora nuqtalarning ikkinchi nomi mavjud — komedonlar va ular yog’ bezlarining kanallari tiqilib qolganda paydo bo’ladi. Bunday yog’ bezlari yo’llarining chiquvchi teshikchalarida kir, kosmetika qoldiqlari va epidermisning o’lik hujayralari to’planib qoladi va ular qora yoki to’q-jigarrang tusga kiradi. Yog’ teshikchalarining bu ifloslangan ustki qismlari biz uchun juda yaxshi tanish bo’lgan qora nuqtalardir.

NIMA UCHUN YUZDA QORA NUQTALAR PAYDO BO’LADI

Afsuski, yuzdagi qora nuqtachalar ko’pincha qizlarda paydo bo’ladi, chunki ularning yuz terisi ko’proq yog’li va yog’ bezlari kanallarining teshikchalari kengroq bo’ladi. Bunday holat nafaqat estetik noqulayliklarni, balki keyinchalik terini limon po’stiga o’xshash qilib qo’yadi, yog’ bezi yo’li teshikchalari esa bakteriyalar ko’payishi uchun ideal muhit bo’ladi. Terida qora nuqtalar paydo bo’lishining sabablari esa juda turlicha bo’lishi mumkin.

  • Teriga kir va chang tushishi. Qora dog’lar paydo bo’lishining asosiy sababi teriga chang va kir tushishi va buning natijasida teshiklarning yopilib qolishidir. Bu asosan terini kundalik yuvish bilan cheklanish va parvarishning yetarli emasligi bilan bog’liq. Shu bilan birga, nafaqat pardozni va kirni suv bilan yuvish, balki vaqti-vaqti bilan skrablar, niqoblar va boshqa foydali muolajalarni ham bajarish juda muhimdir. Ular teshikchalarning tiqilib qolishiga olib keladigan kir va o’lik hujayralarni butunlay olib tashlashda yordam beradi.
    Yuz uchun niqoblar→
  • Noto’g’ri ovqatlanish. Komedonlar paydo bo’lishining yana bir sababi — noto’g’ri ovqatlanish hisoblanadi. Haddan ortiq alkogolli ichimliklar, shirin pishiriqlar, achchiq va yog’li ovqatlar iste’mol qilish terining holatiga ta’sir qiladi — tabiiyki, ijobiy tarzda emas.
  • Qo’llarni teriga hadeb tegizaverish ham yuzda qora nuqtalarning paydo bo’lishigaolib keladi, ayniqsa, yuz terisida, chunki barmoqlarda ko’p miqdorda kir va mikroblar to’plangan bo’ladi.
  • Gormonal o’zgarishlar. O’smirlik yoshida, mensturatsiyahomiladorlik va klimaks davrida teridagi yallig’lanishlar aynan gormonlar faoliyati tomonidan chaqirilgan bo’lishi mumkin.
  • Terini haddan tashqari ko’p tozalash. Ha, bu ham to’g’ri. Agar yuz kuniga bir necha marta sovunlab yuvilsa, yana bir necha marta losyon yoki toniklar bilan artilsa va yakuniga spirt bilan dezinfektsiyalansa, bunda yuzning himoya qavatini batamom nobud qilish mumkin.
  • Chekish. Bu zararli odat terini xira va qari qilishidan tashqari, tamaki tutuni terida yallig’lanish jarayonlariga turtki ham bo’ladi.

YUZDAGI QORA NUQTALARNI QANDAY YO’QOTISH MUMKIN?

Qora nuqtalarni yo’q qilish uzoq va murakkab jarayondir. Qulay tomoni muolajalarni uy sharoitida ham amalga oshirish mumkin, ammo bu holatda, teriga shikast yetkazmaslik uchun barcha qadamlarni to’g’ri bajarish kerak.

BUG’LASH

Yuzni qora nuqtalardan tozalashning eng oson usuli bug’lash orqali amalga oshiriladi. Ushbu usul burun, iyak, yonoqlar, quloqlar va hatto lablar ustidagi komedonlarni bartaraf etish uchun mos keladi. Dastavval yuzni yaxshilab tozalash va yuvish kerak, shundan so’ng bug’lashni boshlash mumkin. Muolaja odatda bug’li vannalar yordamida amalga oshiriladi: idishga suv quyiladi, qaynatiladi va shundan so’ng yuz bug’ ustida taxminan 10 daqiqa ushlab turiladi. Yana yaxshiroq ta’sirga erishish uchun boshni sochiq bilan yopish, suvga esa dorivor giyohlar qo’shish mumkin: masalan, moychechak.

Yuz yetarlicha bug’lantirilganidan so’ng, qora nuqtalarni mustaqil ravishda olib tashlash mumkin, lekin teriga infektsiya tushirmaslik uchun o’ta ehtiyotkor bo’lish kerak. Jarayon oldidan qo’llarni dezinfeksiya qilish va tirnoqlarning tagida kir yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak. Komedonlar quyidagi tarzda chiqariladi: barmoqlar yordamida qora nuqta ikki tomonidan bosiladi, agar teri yetarlicha bug’langan bo’lsa, kir o’zi chiqib ketadi.

Muhim: agar imkoni bo’lsa, bunday yuzni tozalash muolajasini professional kosmetologga ishonib topshirish kerak, shunda yallig’lanish va infektsiya ehtimoli eng minimal bo’ladi.

QORA NUQTACHALARGA QARSHI PLASTIR

Ko’pincha, plastir burun va peshonadagi qora nuqtalarni olib tashlash kerak bo’lganda ishlatiladi, lekin lablar atrofi uchun ham mos keladi. Terapevtik plastirni dorixona yoki kosmetika do’konida xarid qilish mumkin; odatda uning narxi unchalik qimmat emas.

Plastir yordamida qora nuqtalardan xalos bo’lish juda oson: shunchaki o’ramdagi ko’rsatmalarga amal qiling. Ushbu usul darhol natija bermaydi, ammo muolajani muntazam ravishda qo’llashda effekti aniq bo’ladi. Aytgancha, bu jarayon amalda yoqimsiz his-tuyg’ularni keltirib chiqarmaydi.

QORA NUQTALARNI YO’QOTISH UCHUN NIQOBLAR

Yuzdagi qora nuqtalarni ketkazishni xohlovchilar uchun yana bir samarali usuli: terapevtik niqoblar. Tabiiyki, ularning ta’siri mexanik tozalash yoki plastirdan foydalanishdan ko’ra kechroq keladi, lekin ta’siri juda yumshoq, terini ta’sirlantirmaydi va og’riq chaqirmaydi.

Tarmoqda uy sharoitida tayyorlanadigan juda ko’plab niqoblar retseptlari mavjud, xohishga ko’ra do’kondan tayyor mahsulot xarid qilish ham mumkin. Quyida ular orasidan eng samaralilari keltiriladi:

Qatiqli niqob. Bu juda sodda tayyorlanadi: buning uchun yuzga iliq qatiq surtiladi va 5-7 daqiqadan so’ng yuvib tashlanadi. Niqob juda samarali hisoblanadi, chunki qatiq tarkibida teshikchalarda bo’lgan yog’larni erituvchi maxsus kislotalar mavjud, ularni ta’siri natijasida teri tozalanadi.

Iste’mol sodasi va tuzdan tayyorlanadigan niqob. Bir osh qoshiq mayda tuz va iste’mol sodasi biroz miqdorda har qanday yuvinish uchun gel bilan aralashtiriladi. Olingan niqob butun yuzga qo’llanilmasligi kerak, faqatgina muammoli joylarga 5-7 daqiqaga qo’yiladi, so’ng suv bilan yuvib tashlanadi. Agar yuzda ugri va yallig’lanish mavjud bo’lsa, bunday niqobni qo’llash tavsiya etilmaydi — bu og’riq chaqiradi, ta’sirlanish esa yanada oshadi.

Oq gildan niqob. Tayyor oq gilli niqobni dorixona yoki kosmetika do’konidan xarid qilish mumkin. Niqobni butun yuzga surtish mumkin, yaxshisi biroz isitgan ma’qul. Oq gil qora dog’lardan qutulishda juda yaxshi yordam beradi, lekin esda tutingki, u qoplab oluvchi va tortuvchi ta’sirga ega, shu sababli niqobni qo’llagandan so’ng, noqulaylik his etmaslik uchun terini yaxshilab namlantirish kerak. Niqob limon sharbati yoki aspirin bilan aralashtirilishi ham mumkin.

Dolchin va asaldan niqob. Asal va dolchin taxminan 2 : 1 nisbatida aralashtiriladi. Hosil bo’lgan vosita massaj harakati bilan oldindan tozalangan va bug’langan teriga qo’llanadi. Yuzda niqobni 15 daqiqacha ushlash tavsiya etiladi, ammo gap burundagi qora nuqtalar haqida boradigan bo’lsa, niqobni bir kechaga qoldirish ham mumkin. Qo’llashdan keyin niqob iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

QORA NUQTALARGA QARSHI UY SHAROITIDA TAYYORLANADIGAN YOPISHQOQ VOSITALAR

  • Sut va jelatinli niqob. Sut va jelatin teng nisbatda aralashtiriladi va jelatin to’liq erigunicha suv hammomi yoki mikroto’lqinli pechda isitiladi. Aralashma yuzga qo’l yoki kistochka yordamida surtiladi. Niqob oson yechilishi uchun birinchi qavati qurigach yana bir-ikki qavat surtish tavsiya etiladi. 20-25 daqiqadan so’ng qurigan niqob yuzdan ko’chirila boshlanadi. Agar yuz terisi nozik bo’lsa va bu muolaja juda og’riqli kechsa, shunchaki uni issiq suv bilan yuvib tashlash mumkin. Muolaja yakunida tinchlantiruvchi kremdan foydalaniladi.
  • Tuxum va shakarli niqob. Xom tuxum oqiga bir osh qoshiq shakar qo’shiladi va bir xil massa hosil bo’lgunicha aralashtiriladi. Aralashmaning yarimi yuzga surtiladi va qurishigacha kutiladi. Ustidan qo’l bilan niqobning qoglani surtiladi, so’ng niqobni barmoq uchlari bilan zarb berib ajratib ola boshlash kerak. Muolaja vaqtida yuz va barmoqlar orasidagi yopishqoq massa qora nuqtalarni tortib chiqadi. Urishni barmoqlar teriga yopishishdan to’xtamagunicha davom ettirish kerak.
  • Limonli niqob. Bitta tuxum oqi, bir osh qoshiq shakar va bir osh qoshiq limon sharbati yengil urib ko’pirtiriladi va 10-15 daqiqaga yuzga surtiladi, so’ng sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
  • Qora niqob. Hozirgi kunda tarmoqda mashhur bo’lib ketgan bunday niqobning asosi yopishqoq modda va faollashtirilgan ko’mir aralashmasidan iborat. Faollashtirilgan ko’mir kukundek qilib maydalanadi, uning tabletkalarini har qanday dorixonalardan xarid qilish mumkin. Yopishqoq asos sifatida PVA yelim (kley) olinadi, ko’mir kukuni yelim bilan pastasimon massa bo’lguncha aralashtiriladi. PVA yelimni o’rniga BF yelim ishlatish ham mumkin, u tibbiy vosita hisoblanib, nisbatan zararsiz hisoblanadi. Shuningdek jelatinli asosdan foydalansa ham bo’ladi, buning uchun bir osh qoshiq jelatinga uch osh qoshiq suv solinib, suv hammomida yoki 10 soniyaga mikroto’lqinli pechda isitiladi. Tayyor niqob yuzga surtiladi, qurigach, ehtiyotkorlik bilan ko’chirib olinadi.

TANADAGI QORA NUQTALARNI YO’QOTISH UCHUN NIMA QILISH KERAK?

Ko’pincha qora nuqtalar yuzda paydo bo’ladi, chunki yuz terisi nisbatan nozikroqdir, lekin komedonlar tananing boshqa qismlarida ham paydo bo’lishi mumkin. Orqa tomonda qora nuqta, asosan, byustgalter yoki kiyimni ishqalanishi, shuningdek, ko’p terlash tufayli paydo bo’ladi, shuning uchun birinchi navbatda gigiena qoidalariga rioya qilish va tabiiy materiallardan tayyorlangan kiyimlarni kiyishga harakat qilish kerak.

Ekspertlar, shuningdek, skrablardan foydalanishni maslahat beradi:

  • Qahvali skrab kir va o’lik hujayralardan xalos bo’lishga yordam beradi;
  • Mayda suli yormalaridan tayyorlangan skrab yallig’lanishni kamaytiradi.

Har qanday skrab tozalangan teriga massaj harakatlari bilan qo’llaniladi va 10-15 daqiqadan keyin oddiy suv bilan yuvib tashlanadi. Skrabdan keyin teri krem ​​yoki molochko bilan namlanadi.

Qo’llarda yog’ bezlari kam, ammo ba’zida qo’llarda ham komedonlar paydo bo’ladi. Odatda bu sohada qora nuqtalarning paydo bo’lishi sababi noto’g’ri ovqatlanish yoki vitamin yetishmasligi hisoblanadi, lekin aniq tashxis qo’yish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.

QORA NUQTA PAYDO BO’LISHINI OLDINI OLISH

Shunday qilib, yuz va tanadagi qora nuqtalardan qanday qutulishni bilib oldik. Ammo, bilasizki, profilaktika eng yaxshi davo hisoblanadi, shuning uchun qora nuqtalar umuman paydo bo’lmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida to’xtalib o’tish lozim.

Qora dog’lar paydo bo’lishini oldini olishning eng samarali usuli — yuz terisini to’g’ri va, eng muhimi, muntazam tozalashdir. Tunda pardozni albatta yuvish kerak, skrab va niqoblardan foydalanish, yuzdagi teshikchalarni toraytiruvchi vositalarni qo’llash kerak.

Ertalab ham yuzni tozalashni unutmaslik kerak. Tun davomida terining toza qolishi keng tarqalgan noto’g’ri tushunchadir. Darhaqiqat, uyqu vaqtida teri yangilanadi va unda ertalabga kelib o’lik hujayralar bo’ladi, ularmi yog’ teshikchalarini yopiq qo’ymasidan oldin tozalash kerak.

Bundan tashqari, toza havoda yurish va to’g’ri ovqatlanishga rioya qilish nafaqat yuzdagi qora nuqtlar hosil bo’lishini oldini olishga yordam beradi, balki umumiy salomatlikka ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Meva va sabzavotlar teriga kerakli vitaminlarni beradi, yog’li oziq-ovqat mahsulotlarni kamroq iste’mol qilish terida yog’ ajralib chiqishini kamaytiradi.

Har qanday suvli muolajalardan keyin yuzni sovuq suv bilan chayib tashlash yuz teshikchalarini tabiiy torayishiga olib keladi.