SEPKILLARNI KETKAZISH VA YO’QOTISH USULLARI, UYDA TAYYORLANADIGAN VA TIBBIY VOSITALAR, PARDOZ SIRLARI
Sepkil — yuzdagi pigmentli dog’lar. Uni yodga olganda kishi ko’z oldiga qizil-sarg’ish sochli, quyoshli va keng tabassumi dunyoni yoritadigan qizning qiyofasi paydo bo’ladi. Lekin bu faqatgina obraz. Ularning aksariyati turli yo’llar yordamida sepkildan qa
Birinchi sepkillar sarg’ish va yorqin rang sochli bolalarda bolalikdayoq paydo bo’lib, ularga muloyimlik va o’ziga xos tashqi ko’rinish berib turadi. Yosh o’tishi bilan ularning soni kamayadi va ular butunlay yo’qolishi ham mumkin. Sepkillarga qarshi kurash odatda o’smirlik davrida boshlanadi, chunki bu davrda o’smirning o’ziga bo’lgan talablari ortadi va tashqi ko’rinishga nisbatan o’zgargan munosabat qanday ko’rinish haqida doimiy fikr yuritishga majbur qiladi.
SEPKIL PAYDO BO’LISHINING SABABLARI VA ULARNI YO’QOTISH USULLARI
Teri va sochlarning rangi uchun melanin pigmenti javobgardir. Moddalarning muvozanatsizligi, stress va vitamin yetishmovchiligi bilan teri hujayralari pigmentatsiyaga ega bo’lishi mumkin. Sepkillar paydo bo’lishining asosiy sabablari ota-onadan bolaga o’tadigan irsiyat bilan bog’liqdir.
Sepkillar kasallik emas, ularning «efelidlar» degan ilmiy atamasi mavjud. Shuning uchun ular sog’liqdagi jiddy og’ish emas, terining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Sepkillarni ketkazish usullari turlicha bo’lishi mumkin:
- Dori vositalarini qo’llash orqali bartaraf etish;
- Xalqona vositalar va kremlar yordamida oqartirish;
- Zamonaviy kosmetika vositalari bilan yashirish.
Kurashni to’g’ri taomnoma bilan boshlash kerak: unga C va PP vitaminini kiriting. Sitruslar guruhiga mansub mevalar, malina, olxo’ri, banan va uzumlar C vitamini bilan to’yingan, shuning uchun ularni kundalik ratsioningizga qo’shing. Vitamin PP mol jigari, pishloq, baliq, tuxum va sutda mavjud.
To’g’ri mahsulotlar qatoriga sabzavotlarni ham qo’shamiz: sabzi, kartoshka, pomidor va brokkoli. Odatda, barcha sabzavotlar va mevalar foydali, ular faqat 100 g mahsulotdagi vitamin miqdori bo’yicha farqlanadi. Quyosh eng faol bo’lgan mart-sentyabr oylaridagi taomnomaga e’tibor berish muhimdir.
Teri himoyasiga ham e’tibor bering. Yozda, ayniqsa, ta’tilning issiq mavsumida, SPF ko’rsatkichi (quyosh nurlaridan himoya qilish indeksi) 50 dan kam bo’lmagan quyoshdan himoyalovchi kremlarni ishlatish kerak. Keng aylanali ajoyib shlyapalar va panamalar ham yordam beradi.
KOSMETIK OQARTIRUVCHI KREMLAR
Kosmetichkada zarur bo’lgan «quyosh bo’sasi»ga qarshi vosita — sepkillarni ketkazishga yordam beruvchi maxsus kremlardir. Kosmetik mahsulotni tanlayotganda, tarkibiga e’tibor bering — uning tarkibiy qismlariga tabiiy vositalar ham kiritilgan bo’lishi kerak (o’simlik damlamalari, vitaminlar, o’simlik ekstraktlari). Papaya, kokos suti va laymli vositalar yaxshi yordam beradi. Ushbu elementlarning ta’siri tufayli to’q sariq rangdagi joylarda melanin kontsentratsiyasi sezilarli darajada kamayadi.
Sepkillarga qarshi samarali vosita — terini tez oqartiradigan gidroxinon saqlagan oqartiruvchi ta’sirga ega kremlar. Krem va niqoblardan har kuni foydalanish qonning to’g’ri aylanishini ta’minlaydi, hujayra vazifasini yaxshilaydi, sog’lom va yorqin ko’rinish bag’sh etadi.
Yuzni oqartirish haqida batafsil→
SEPKILLARGA QARSHI UY SHAROITIDA TAYYORLANADIGAN 5 SAMARALI NIQOBLAR
Agar sizni sepkillarni uy sharoitida qanday ketkazish mumkinligi savoli qiynayotgan bo’lsa, siz terini oqartisih va holatini yaxshiroq qilishni xohlasangiz, xalq tibbiyoti maslahatlariga murojaat qilishingiz mumkin.
OQARTIRUVCHI SMETANA
Smetandan tayyorlanadigan niqob har qanday turdagi teriga mos keladi. Yog’li teri uchun u prostokvasha yoki kefir bilan almashtiriladi.
- 1 choy qoshiq bo’lguncha yangi petrushkani maydalang.
- 2 choy qoshiq smetana va ko’katni aralashtiring.
- Paxtali disk yordamida yuzga 15-18 daqiqaga surting.
Sut mahsulotlari terini oqartiradi va petrushka hujayrani yangilanishini rag’batlantiradi.
BODRINGLI YUZ NIQOBI
Vositani tayyorlash oson, bodring tarkibiga kiruvchi filloxinon tufayli sepkillarni oqartirishga yordam beradi.
- O’rta kattalikdagi bodringni qirg’ichning mayda tishidan o’tkazing yoki tilimlarga kesing.
- Teriga qo’llang va 15-20 daqiqa ushlab turing.
- Gorizontal yoki qulay holatida o’tirib, boshni orqaga tashlab, yuzga qo’llang.
Shuningdek yuzni har kuni bodring bo’lagi bilan artish ham oqartiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
LIMON BILAN SMETANA
Ikkilangan oqartiruvchi ta’sirga ega. Niqobni tashkil etuvchi har ikkala komponent ham terining oqarishiga yordam beradi.
- Limonni po’stlog’i bilan qo’shib maydalang.
- Bir osh qoshiq smetana qo’shing.
- Yog’och qoshiq bilan yaxshilab, limon bo’laklarini idish devorlariga bosib, ezib aralashtiring.
- Yuzda 15 daqiqa ushlang.
Niqobni faqat sovuq yoki biroz iliq suv bilan yuvib tashlang. Xalq vositalari samarali, ammo ishlatiladigan masalliqlarning yangiligiga e’tibor qaratish lozim.
SEPKILLARNI YO’QOTISH UCHUN XAMIRTURUSHLI NIQOB
- 20 gramm xamirturush, 1 choy qoshiq limon sharbati va 1 osh qoshiq kefirni yaxshilab aralashtiring.
- Tayyor bo’lgan niqboni yuzga surting va 20 daqiqaga qoldiring.
- So’ng iliq suv bilan yuvib tashlang.
ASAL BILAN LIMON
Faqat terini oqartibgina qolmay, nafas olishini ham yaxshilaydi va yallig’lanishni bartaraf qiladi.
- Yangi limondan 1 osh qoshiq sharbat siqib oling.
- 1 choy qoshiqda tabiiy asal qo’shing.
- 10-12 daqiqaga toza va nam yuzga qo’llang.
Sitrus va asal tarkibiga kirgan moddalar allergik reaktsiyaga olib kelishi mumkin. Qo’llashdan oldin, vositani bilakka surtib, tekshiring va hech qanday allergiya yo’qligiga ishonch hosil qiling. 15 daqiqa davomida vositani terida qoldiring, agar qizarish bo’lmasa, siz ushbu niqobdan foydalanishingiz mumkin.
KOSMETOLOGIK USULLAR
Sepkillardan tez va abadiy qutulish mumkinmi? Maskalar va kremlar pigmentlarni oqartiradi, ammo quyosh nurlari yana ta’sir qilganida qayta namoyon bo’ladi. Biroq, sepkillardan abadiy qutqaradigan samarali usullar mavjud.
- Sepkillarni lazer yordamida yo’qotish. Ushbu muolaja jarayonida lazer o’ta aniq ishlaydi va odatiy teri hujayralariga ta’sir qilmaydi. Ushbu muolaja medikamentoz usullarga tegishli, shuning uchun u juda qimmat turadi. Biroq, bitta muolajaning o’zi sepkillarni ketkazish imkonini beradi.
- Fototerapiya. Uskunali davolash qisqa muddatli chaqnashlar yordamida pigmentlarni oqartirish orqali sepkillardan tezda xalos bo’lishni taklif qiladi. Bundan tashqari, husnbuzar va akne kabi boshqa muammolarda ham yordam beradi.
- Piling. Pigmentlarning miqdori ko’p bo’lgan terining yuqori qatlamini olib tashlaydigan kislotali preparatlar bilan ishlov berish usuli. Pilingdan so’ng, teri tiklanishi uchun vaqt kerak, shuning uchun kosmetologning tavsiyalarini jiddiy qabul qiling.
Yuzda sepkillardan qanday qutulish kerakligi haqida savollarga javoblar juda ko’p. Eng muhimi, bu jarayonga ehtiyotkorlik bilan yondashish, barcha ijobiy va salbiy tomonlarni o’lchab ko’rish kerak (xalqona yoki kosmetik vositalarini qo’llash).
KUNDALIK MASKIROVKA (YASHIRISH) USULI
1 kun ichida siz sepkillardan qutulolmaysiz, ammo uni sezilmas qilish va yashirish qiyin bo’lmaydi. Ushbu maqsadda turli markalardagi BB va CC kabi universal kremlar yordam beradi. Ularda 7 ajoyib xususiyat bor:
- Nomukammallikni yashirish;
- Namlash;
- Silliqlik berish;
- Terining rangi kabi rang olish («aqlli krem»);
- Ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish;
- Yog’li yaltirashni qoldirmaslik;
- Yorqinlik bilan to’ldirish.
Sepkillarni yashirishning juda ko’p usullari mavjud, eng muhimi, o’zingiz uchun optimal uslubini tanlash. Ayniqsa, boshqalarning baholashiga e’tibor bermaslik kerak, chunki har bir shaxs individualdir va yondashuv ham to’g’ri bo’lishi kerak. Bir narsani so’zsiz aniqlash darkor — bu terining turi: kombinativ, normal, quruq yoki yog’li. Aynan shunga asoslanib vositalar tanlanadi.
Sepkillarni yo’q qilish kerakmi o’zi? Tabiat sizni o’ziga xoslik bilan ta’minladi. Siz kamchilik o’ylayotgan muammoni qadr-qimmatga aylantiring, joziba va xarizma bilan to’ldiring. Boho uslubidagi kiyimlarni tanlang, ular siz uchun mos keladi, yorqin va takrorlanmas bo’ling. Yashil linzalar sizning «yozgi» xususiyatingizga yanada urg’u beradi, o’rilgan sochlar esa biroz qo’rslik bag’sh etadi. Yuzingizdan sepkillarni davolash haqida tashvishlanmang, o’zingizning jozibangizni