13:35 / 30.07.2022

Covid-19 ning klinik xususiyatlari. Covid-19 ning laboratoriya tashxisoti. Bemorlarni tekshirish rejasi (algoritmi)

Kasallik klinikasi virus yuqqandan so‘ng 2-4 kun o‘tgandan keyin namoyon bo‘ladi. Kasallik o‘tkir, tana haroratining oshishi, yaqqol rivojlanmagan umumiy zaharlanish belgilari bilan boshlanadi. SHuningdek, bolalarda nafas olganda ko‘krak qafasida og‘riq, y

Kasallik klinikasi virus yuqqandan so‘ng 2-4 kun o‘tgandan keyin namoyon bo‘ladi. Kasallik o‘tkir, tana haroratining oshishi, yaqqol rivojlanmagan umumiy zaharlanish belgilari bilan boshlanadi. SHuningdek, bolalarda nafas olganda ko‘krak qafasida og‘riq, yo‘tal, quruq hushtaksimon xirillashlar eshitiladi. Koronavirus infeksiyasi o‘tkir pnevmoniya bilan asoratlanishi mumkin. Ko‘krak qafasi rentgenografiyasida o‘choqli yoki interstitsial infiltratlar aniqlanadi. Og‘ir hollarda nafas olish a’zolari faoliyati yomonlashib, ikkinchi haftada kasallik respirator distress-sindrom rivojlanishi, kattalarda bu turli a’zolar disfunksiyasi bilan kuzatilishi mumkin. Ba’zan bo‘yin limfa tugunlari kattalashadi. Koronavirus infeksiyasining o‘tkir gastroenterit ko‘rinishida kechishi ham aniqlangan. Bu kasallik1-3 kun davom etadi va bemor to‘liq tuzaladi. Ko‘pincha koronovirusning yangi turi (NCoV) o‘rtacha og‘ir holatda kechadi. Lekin xavfli guruhlarda ushbu kasallik og‘ir kechadi va asoratlar vujudga kelishi mumkin. Kasallikni og‘ir kechishi kuzatiladigan xavfli guruhlarga kuyidagilar kiradi: homilador ayollar, ayniksa III-dekadasida, tug‘ishdan keyingi davrdagi ayollar, bolalar va katta yoshdagi odamlar (ikki yoshdan kichik va 65 yoshdan yuqori), ortiqcha vaznli bemorlar hamda surunkali kasalliklari mavjud bemorlar (o‘pka kasalliklari, bronxial astma, surunkali bronxit, yurak-qon tomirlari kasalliklari, qandli diabet va boshqalar). Koronavirusli infeksiyalarning tashxis tayanch belgilari: - guruhli kasallanish, asosan bir oila vakillari yoki bolalar orasida; - mavsumiylik– qish va bahor fasllari; -yashirin davri- 2-14 kun; -kasallikning o‘tkir boshlanishi; -etakchi simptomokompleks-intensiv rinit, ba’zida laringotraxeit belgilari rivojlanishi mumkin; -doimiy bo‘lmagan isitma, kam ifodalangan umumiy zaharlanish belgilari; -kasallik kechishi o‘tkir, davomiyligi 1-3 kun. Kasallikni oldini olish qoidalari: Koronavirus keltirib chiqaradigan kasalliklar qayd etilgan davlatlarga borishdan oldin ehtiyot choralari bilan batafsil tanishish. Tirik hayvonlar bilan savdo qilinayotgan bozorlarga tashrif buyuruvchilar, hayvonlar yoki uning mahsulotlari bilan muloqatda bo‘luvchi shaxslar muntazam ravishda umumiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari talab etiladi, ayniqsa har bir muloqotdan so‘ng qo‘lni sovunlab yuvish tavsiya qilinadi, yuvmasdan qo‘l bilan yuz, og‘iz va burunni ushlash ma’n etiladi. -Noma’lum va kasallangan hayvonlar, shuningdek ularning xom ashyolari bilan muloqot qilmaslik talab etiladi. -Bozorlar, do‘konlar binolarida, hamda ochiq maydonlardagi tuproqlarning hayvon chiqindilari bilan ifloslangan joylar bilan muloqotda bo‘lmaslik talab etiladi. -Pishirilmagan va chala pishirilgan hayvon go‘shti xamda ularning mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi. -Umuman xom go‘sht, sut va hayvon ichki a’zolari mahsulotlari bilan muloqotda ehtiyot choralari ko‘rilishi shart. -YUqoridagi qoidalarga ayniqsa, bozorlar va mollarni so‘yish punktlarida ishlovchilar hamda veterinariya xodimlari qat’iy rioya etishlari shart. -Ishlovchi xodimlar ish jarayonida himoya kiyimlari, niqob va qo‘lqop bilan ishlashi talab etiladi. Ishlatilgan himoya kiyimlarini xar kuni zararsizlantirish talab etiladi va uydagilar ushbu anjomlar bilan muloqotda bo‘lmasliklari shart. -Ovqatlanishdan oldin va ko‘chadan kelganda qo‘llarni sovunlab yuvish talab etiladi. -Tirik hayvonlarni sotish joylarida, go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan savdo qiluvchi joylarda, namligi yuqori bo‘lgan savdo joylarida muntazam ravishda dezinfeksiya ishlari olib borilishi talab etiladi. -YUqori nafas yo‘llari o‘tkir kasalliklariga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganda kasallik yuqishining oldini olish maqsadida tibbiy niqobdan foydalanish shart. Mahsus laboratori diagnostikasi uchun tavsiya etigan usul SARS – CoV-2 ni PCR yordamida aniqlashdir. YUqori sezuvchanligi tufayli PSR tahlili birlamchi skrining uchun eng maqbulidir. YAllig‘lanishning kuchayishi bilan shilliq qavat hujayralarida virusning ko‘payishi kamayadi. Kasallikning ushbu bosqichida PSR tekshiruvi salbiy bo‘lishi mumkin.Bunday hollarda SARS – CoV-2 antigeniga xos antitelolarni aniqlashga asoslangan serologik diagnostika usullari qo‘llaniladi. Antitelolar yoki immunoglobulinlar immunitet tizimi har qanday yuqumli agentga qarshi ishlab chiqariladigan mahsus oqsillardir. Antitelolar koronavirusni taniydi, zararsizlantiradi va tanadigi ma’lumotlarni saqlaydi. Msinfidagi immunoglobulinlar (IgM) immun tizimi SARS – CoV-2 infeksiyasiga javoban ishlab chiqara boshlagan ertachi antitelolardir. Ularning darajasini odatda patogen qo‘zg‘atuvchi bilan aloqa qilingandan keyin 1-2 haftadan kechiktirmasdan aniqlash mumkin bo‘ladi (simptomatik kursda simptomlar boshlanganidan 5 kundan oldin emas) va M sinfidagi antitelolarni aniqlashning umumiy davri ko‘pincha kamroq bo‘ladi. 2-3 oydan ortiq –bu vaqt ichida IgM antitelolari asta-sekin to‘liq IgG bilan almashtiriladi. SHunday qilib IgMning aniqlanilishi SARS – CoV-2 bilan yaqinda zararlanganlikni bildiradi. Biroq faqat ushbu testning natijasi diagnostik xulosalar uchun asos bo‘la olmaydi. Antitelolar darajasi va antitelolar reaksiyasining dinamikasi individual ravishda farq qilishi mumkin. Organizmda IgM antitelolarining ijobiy natijasi nafaqat klinik belgilar bo‘lganda, balki inkubatsiya davrida ham, simptomsiz kechayotgan shaxslarda ham aniqlanishi mumkin. Mazkur infeksiyani aniqlash uchun og‘iz xalqum va burun xalqum yo‘llaridan olingan surtmalar virus RNKsiga tekshiriladi. IgG lar organizm virus bilan to‘qnash kulganidan keyin 21-28 kun o‘tgach ishlab chiqarila boshlaydi, ularning darajasi asta-sekinlik bilan oshib boradi, lekin uzoq vaqt davomida yuqori darajadi saqlanib turishi mumkin-ba’zan bir necha yilgacha. Qondagi IgG antitelolarining mavjudligi va darajasiga ko‘ra, o‘tmishda infeksiyalanganlik faktini baxolash mumkin va o‘ziga hos PSR - tashxisot. Covid-19 maxsus laboratoriya uslublariga virus nuklein kislotasini aniqlash kiradi. PSR uslubi Covid-19 virusining RNKsini aniqlashga qaratilgan. Bemorning biologik suyuqliklarida SARS-COV-2 virusini aniqlashda ishlatiladi. PZR usuli bilan isitmasi chiqqan bemorlar, epidemiologik jihatdan noxush bo‘lgan davlatlardan kelganlar, hamda muloqotda bo‘lganlar tekshiriladi. PZR tekshiruv uchun quyidagi sinamalar olinadi: burun, og‘iz, tomoq, bronxdan chiqqan suyuqlik (fibrobronxoskop orqali olinadi), endotraxeal, nazofarengial, balg‘am, qon, bemor axlati, o‘pkaning autopsiyasi, biopsiyasi tekshiruvga olinadi. PZR uslubi bajariladigan laboratoriya maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lishi kerak, sanitariya-epidemiologiya xizmati ruxsatnomasi olingan bo‘lishi, laboratoriya xodimlari o‘ta xavfli kasalliklar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.