HOMILA JINSINI ANIQLASH USULLARI — TESTLAR, ZAMONAVIY VA QADIMGI BILIMLAR
Bugungi kunda homila jinsini aniqlashning eng aniq usullaridan biri ultratovush tekshiruvi — UTT hisoblanadi. Ammo, shaxsan men kamida 10 nafar ayol bilan tanishman, ularga UTT homila jinsini oldindan aniqlab bera olmagan. Xo’sh, bolaning jinsini boshqacha
HOMILA JINSINI ANIQLASH USULLARI — TESTLAR, ZAMONAVIY VA QADIMGI BILIMLAR
Bugungi kunda homila jinsini aniqlashning eng aniq usullaridan biri ultratovush tekshiruvi — UTT hisoblanadi. Ammo, shaxsan men kamida 10 nafar ayol bilan tanishman, ularga UTT homila jinsini oldindan aniqlab bera olmagan. Xo’sh, bolaning jinsini boshqacha usullar bilan oldindan bilib olish mumkinmi?
Maktabda biologiya darslarida olingan bilimlar bilan odamlar bo’lajak farzandlarining jinsi ikki juft xromosomaga bog’liq ekanligi har birimizga tanish. Ona tuxum hujayrasida XX (ikkita X), otaning spermatozoidlarida esa bitta X va bitta Y (XY) xromosomalar mavjud (sog’lom kishilarda albatta).
Agar onaning XX xromosomali tuxum hujayrasi otaning Y xromosomali spermatozoidlari bilan urug’lantirilsa, homila jinsi o’g’il bo’ladi, agar X xromosoma bilan urug’lantirilsa, demak, homila jinsi qiz bo’ladi. Ya’ni, bo’lajak farzandning jinsi faqatgina otaga bog’liq. Ammo, buni qarangki, qiz yoki o’g’il tug’ilishi ehtimoli 50 : 50 dir. Unda qanday qilib homila jinsini aniqlasa bo’ladi? Ona qornida o’sib-rivojlanaytogan homila kelajakda qay jins vakili bo’lishini bilish mumkinmi?
Homiladorlik haqida to’liq ma’lumot→
Sizni xursand qilish uchun shoshilaylik: tug’ilmagan bolaning jinsini aniqlash uchun juda samarali usullar mavjud. Ba’zi yo’llari — bizga qadim zamonlardan yetib kelgan va homilador ayollarni uzoq muddatli kuzatishlar natijasida olingan, boshqalari esa zamonaviy olimlarning kashfiyotlariga asoslangan. Biroq, shunga qaramay ularga 100% tayanish tavsiya etilmaydi, zero ona tabiat kishilarni ajablantirishni yoqtiradi va hammasi siz kutmagandek tus olishi mumkin.
Mundarija: [Yashirish]
- 1 Ayolning ovqatlanishiga qarab homila jinsini aniqlash usullari
- 2 Homiladorlik oldidan ayolning taomnomasi
- 3 Qonning yangilanishi nazariyasi bo’yicha
- 4 UTT yordamida
- 5 Homilador ayolning tashqi ko'rinishi bo'yicha
- 6 Homila jinsini qorinning shakliga qarab aniqlash
- 7 Bola jinsini aniqlash uchun xitoy kalendari
- 8 Ovulyatsiya bo'yicha
- 9 Ota shajarasi usuli
- 10 Yurak urishi usuli
- 11 Qon guruhi bo'yicha
- 12 Arterial bosimiga qarab farzand jinsini bilish
AYOLNING OVQATLANISHIGA QARAB HOMILA JINSINI ANIQLASH USULLARI
Ko’pgina qariyalar homilador ayolning ta’mga bo’lgan afzalliklari bilan bolaning jinsini aniqlash mumkinligini aytishadi. Agar ona to’satdan shirinliklar, tortlar va shokoladga ko’ngli ketsa, demak oilada qiz farzand kutish kerak. Agar onaning turli xil tuzlamalarga, qovurilgan kartoshka kabi taomlarga, ya’ni turli xil qovurilgan va achchiq taomlarga ko’ngli ketsa, u holda o’g’il tug’ilishi ehtimoli yuqori bo’ladi.
HOMILADORLIK OLDIDAN AYOLNING TAOMNOMASI
Ha-ha, ko’pgina ayollar urug’lantirishidan oldingi afzal taomnoma ayolning yaqin kelajakdagi homilasi qay jinsda bo’lishiga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlashadi.
- Siz ko’proq sut mahsulotlari, bodring, baqlajonlar, sabzi, lavlagi, no’xat, qalampir, shirinliklar va yong’oqlarga afzallik berdingizmi? Ekzotik mevalar, kartoshka, qovun va olxo’rilarni hush ko’rmadingizmi? Unda tabriklaymiz, sizda 80% ehtimollik bilan qiz farzand bo’ladi.
- Kartoshka, qo’ziqorin, go’sht, gilos, o’rik, apelsin, banan, shaftoli, xurmo va sho’r ovqatlarni sevuvchilardan odatda o’g’il bolalar tug’iladi.
QONNING YANGILANISHI NAZARIYASI BO’YICHA
Qon yangilanish nazariyasiga ko’ra, erkaklarda qon har 4 yilda yangilanadi, ayollarda esa har uch yilda bir marta. O’g’il farzand tug’ilishi ehtimoli oxirgi bo’lib otasining qoni yangilagan juftliklarda yuqoriroq bo’ladi. Shu sababli, ota-onaning urug’lantirish sodir bo’lgan vaqtdagi yoshiga qarab, homilaning jinsini taxmin qilish mumkin. Quyidagi test bunda sizga yaqindan yordam beradi.
Hisob tug’ilishdan yoki ko’p qon yo’qotilgan vaqtdan (jarrohlik yoki jarohat, tug’ruq yoki abortdan keyin) boshlab sanaladi. Masalan 2 yil oldin onada kuchli qon ketish kuzatilgan bo’lsa, unda ayol yoshini 2 qilib ko’rsatishi kerak. Bunday holat kuzatilmagan bo’lsa, mazkur yoshi yoziladi.
Onaning yoshi
Otaning yoshi
Homila jinsini aniqlash
Test natijalari tibbiy xulosa hisoblanmaydi. Homila jinsini aniqroq bilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
UTT YORDAMIDA
Zamonaviy tibbiyot organizm ichini unga shikast yetkazmagan holda o'rganish imkonini beradi. Bunday usullar ichida yetarlicha keng tarqalganlaridan biri ultratovushli tekshiruv yoxud UTT (УЗИ) hisoblanadi. Homila jinsini homiladorlikning 20 haftasiga kelib aniq bilib olish mumkin. Bunda homila kerakli ravishda - o'g'il-qizligi aniqlanadigan tomoni joylashgan bo'lishi talab etiladi.
Ko'pincha ona qornida u aylanadi, yopilib oladi va jinsiy a'zolarini o'rganishga to'sqinlik qiladi. Shu sababli xatolik ehtimoli oz bo'lsada mavjud.
Ertaroq muddatlarda, masalan homiladorlikning 11-haftasida jinsni 30% hollarda to'g'ri aniqlash mumkin. Rivojlanishning bu bosqichida o'g'il embrionlarda kindik do'ngchasi qizlarnikiga nisbatan biroz yuqoriroq joylashgan bo'ladi. Keyingi muddatlarda farq sezilarliroq bo'la boshlaydi va oldindan bashorat qilish ehtimoli ortadi: 12 haftada - 46%, 13-haftada - 80%.
HOMILADOR AYOLNING TASHQI KO'RINISHI BO'YICHA
Qadim zamonlarda, hatto hozirda ham ko'pchilik bo'lajak onaning tashqi ko'rinishiga qarab chaqaloqning jinsini aniqlashga harakat qilishmoqda. Agar siz chiroyli ko'rinsangiz, ko'zlaringiz porloq, sochlaringiz jilvakor, yuzingiz terisi o'zidan nur taratsa, demak, homila jinsi o'g'il bo'ladi. Agar sizning ko'zgudagi ko'rinishingiz quvonarli bo'lmasa, yuzingizda pigmentli dog'lar paydo bo'lsa, burun o'tkirlashsa, sochlaringiz xiralashib, mo'rt bo'lib qolsa, demak, sizda go'zal qiz farzand bo'ladi. Xalq orasida "qiz farzand ona husnini tortib oladi" degan gap bor. Umidsizlik qilmang, farzand tug'ilgandan so'ng tashqi ko'rinishingiz normal holatga qaytadi.
HOMILA JINSINI QORINNING SHAKLIGA QARAB ANIQLASH
Irimlar irimligichayu, lekin ko'pincha ular ilmiy dalillarga qaraganda yaxshiroq ma'lumot bera oladi. Masalan, qadimda doyalar tug'ilmagan bolaning jinsini onaning qorni shakliga qarab aytib bera olishgan. Ularning ta'kidlashicha, o'tkir yoki bo'rtib turgan qorin o'g'il homila o'sib borayotganligini ko'rsatadi. Yoyiq va yumaloq qorin esa - qiz homilani ko'rsatadi.
BOLA JINSINI ANIQLASH UCHUN XITOY KALENDARI
Ushbu homila jinsni aniqlash jadvali qadimgi xitoylik shifokorlar tomonidan kelajakdagi monarxlarning jinsini rejalashtirish uchun ishlab chiqilgan. Bu taqvim eng aniqlardan biri hisoblanadi. Buni aniqlash uchun bo'lajak onaning yoshi va urug'lantirish sodir bo'lgan oyni bilish kifoya, shunda kim tug'ilishi aniq bo'ladi.
Avvalo onaning yoshini aniqlang, keyin uni chaqaloqqa homilador bo'lgan oy bilan tutashtiring. U "O'" yoki "Q" da tutashadi. Ushbu uslub yordamida siz o'zingizda yoki qarindoshlaringizda kim tug'ilishini tekshirishingiz mumkin.
Jadvalda 18 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan bo'lajak onaning yoshini hisobga olib, siz qaysi oyda o'g'il yoki qiz tug'ilishi mumkinligini bilib olasiz, kerakli oyni tanglang va undan 9 oyni ayirib tashlang, shunda siz urug'lantirish kunini aniqlaysiz.
O' - o'g'il
Q - qiz
Xitoy kalendarining jadval ko'rinishidagi shakli→
OVULYATSIYA BO'YICHA
Agar siz o'z sog'lig'ingizni kuzatib borsangiz, ovulyatsiya kunini bilsangiz va urug'lantirish qachon sodir bo'lganini eslasangiz, bu sizga homila jinsini aniqlashga yordam beradi.
- Agar jinsiy aloqa ovulyatsiyadan 3-5 kun oldin bo'lgan bo'lsa, 80% ehtimollik bilan sizda qiz homila rivojlanmoqda.
- Ovulyatsiyadan so'ng bo'lgan bo'lsa - o'g'il bola.
Ovulyatsiya haqida batafsil ma'lumot→
OTA SHAJARASI USULI
Yaqinda amerikalik olimlar o'zlarining bir tadqiqotlari natijalarini e'lon qilishdi, unga ko'ra homiladorlikda bolaning jinsi otaning genetikasiga bog'liq. Ular taxminan 1000 Amerika va Yevropa oilasining nasabnomasini tahlil qildilar va ajdodlarida ko'proq erkaklar bo'lgan otalardan o'g'il bola farzandlar tug'ilishi ehtimoli yuqoriroq ekanligini aniqladilar. Ammo onaning nasabnomasi homilaning jinsiga ta'sir qilmaydi. Shunday qilib, bolaning jinsini bilishni istasangiz, turmush o'rtog'ingizning shajarasini o'rganing.
YURAK URISHI USULI
Tajribali akusher-ginekologlar chaqaloqning jinsini uning yurak urish tezligi bilan aniqlanishi mumkinligini ta'kidlashadi. Shunday qilib, qiz homilalarda exokardiografiya davomida yurakning urishi daqiqasiga 126 marta, o'g'il homilada esa 140 martaligi qayd etiladi.
QON GURUHI BO'YICHA
Quyidagi usul ota-onaning qon guruhi va rezus omiliga asoslanadi. Albatta usul 100% kafolat bermaydi va uning to'g'riligi 50/50 ni tashkil etadi. Bunda jadvalning kesishmasiga qarash kerak.
Qon guruhi | Otaning | |||
---|---|---|---|---|
Onaning | I | II | III | IV |
I | Qiz | O’g’il | Qiz | O’g’il |
II | O’g’il | Qiz | O’g’il | Qiz |
III | Qiz | O’g’il | O’g’il | O’g’il |
iV | O’g’il | Qiz | O’g’il | O’g’il |
Rezus-omil | Otaning | |
---|---|---|
Onaning | + | — |
— | Qiz | O’g’il |
+ | O’g’il | Qiz |
ARTERIAL BOSIMIGA QARAB FARZAND JINSINI BILISH
Kanadalik tadqiqotchilar homila jinsiga ayolning qon bosimi ham ta'sir qilishiga ishonishadi. Agar homiladorlikdan avval onaning qon bosimi past (gipotoniya) bo'lgan bo'lsa, oilada qiz tug'ilishini kutish kerak. Qon bosimining yuqoriligi (gipertoniya) bilan esa - o'g'il.