ORGANIZMNI TOZALASH — 5 USULI, UY SHAROITIDA TAYYORLANADIGAN RETSEPTLAR, TAVSIYALAR
«Gripp yoki shamollashga qarshi dori bering» — dorixona xodimiga kuz-bahor faslida ko’pincha aynan shunday murojaat qilinadi. Gripp epidemiyasi mavsumida shamollashni uy sharoitida davolash usullari aholining deyarli yarmi tomonidan esga olinadi: ko’pchili
Organizmni tozalash nima — o’ta kerakli muolajami yoki shunchaki afsona? «Detoks» va «tanani toksinlardan qanday qilib tozalash kerak» degan so’zlar mavjud bo’lishga haqlimi yoki organizmning o’zi barcha toksinlarni yo’q qila oladimi? Maqolada ushbu va boshqa savollarga javoblar, shuningdek uy sharoitida detoks uchun eng yaxshi dasturni yaratish haqida.
Organizmni tozalash nima — o’ta kerakli muolajami yoki shunchaki afsona? «Detoks» va «tanani toksinlardan qanday qilib tozalash kerak» degan so’zlar mavjud bo’lishga haqlimi yoki organizmning o’zi barcha toksinlarni yo’q qila oladimi? Maqolada ushbu va boshqa savollarga javoblar, shuningdek uy sharoitida detoks uchun eng yaxshi dasturni yaratish haqida.
DETOKSIKATSIYA YETKAZISHI MUMKIN BO’LGAN ZARAR
Bir qarashda enterosorbentlar qabul qilish yo’li orqali detoksning foydasi aftidan ayon. Biroq, hammasi shu qadar oddiy emas: uzoq muddatli yoki noto’g’ri bajarilgan detoksikatsiya organizmga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan, bunday vositalar toksinlar bilan birgalikda vitaminlar, mikroelementlar va suvni ham «shimib» oladilar, natijada muvozanat buzilishi yuzaga keladi. Xuddi shu tarzda, elektrolitlar muvozanati va ichak motorikasi buzilishi ehtimoli mavjud.
Parhez, huqna va boshqa shu kabi muolajalar noto’g’ri va mutaxassis tavsiyasisiz qo’llanilsa ham muvozanatsizlik yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun detoksni bajarishdan oldin shifokor bilan maslahatlashib, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarni inobatga olish kerak.
E’tiboringizga havola etiladigan barcha muhim nuqtalarni inobatga olish va uy sharoitida organizmni tozalash usullarining hech birini suiste’mol qilmaslik kerak.
ORGANIZMNI TOZALASHNING 5 USULI
1-USUL: OZIQ MAHSULOTLARI
Ko’pchilik uchun uyda detoks o’tkazish dasturi taomnomani qayta ko’rib chiqish bilan boshlanadi. Ochlik saqlash yoki faqatgina oqsil yoki «urfda» bo’lgan meva sharbatlari bilan parhez etagidan tutmaslik afzal. Yaxshisi taomnomani muvozanatlangan qilish kerak.
Organizmdan toksinlarni chiqarib tashlash jarayonini yaxshilash uchun oshqozon-ichak trakti faoliyatini rag’batlantiradigan mahsulotlarni tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunga quyidagilar kiradi:
- Organik kislotalar saqlovchi mahsulotlar (nordon sut, qora non, yangi siqilgan meva sharbatlari);
- Karbon kislota saqlovchi mahsulotlar (masalan, mineral suvlar);
- O’simlik hujayralari qobig’i bo’lgan mahsulotlar (sabzavotlar, donlar);
- O’simlik asosli yog’lar (o’simlik moyi, yong’oqlar, avokado);
- Payli go’sht;
- Kepaklar.
Shakarni o’rniga asaldan foydalanish yaxshiroq — u ichak faoliyatini ham rag’batlantiradi. Choy, qahva, kakao, anor, xurmo, chernika, turp, ezilgan yoki juda ko’p maydalangan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishni kamaytirish kerak: bu mahsulotlar ichakning evakuatsiya funksiyasini tormozlaydi.
Va shuni unutmangki, kletchatka qabul qilganda undanda ko’proq suv ichish kerak: 25 gramm kletchatkaga taxminan 2 litr suv. Bunga amal qilinsa uning ta’siri eng samarali bo’ladi.
2-USUL. TANA BILAN ISHLASH
Bugungi kunda ko’plab SPA-salonlar turli xil massaj, sauna va bug’xona kabi muolajalar bilan toksinlardan tozalanishni taklif etmoqda. Bir qarashda zararsiz ko’rinadigan bu muolajalar ham shifokor bilan maslahatlashgandan keyin amalga oshirilishi kerak. Masalan, yurak-qon tomir tizimida muammolari bo’lgan bemorlarga hammom va sauna tavsiya etilmaydi. Organizmni tozalash usuli sifatida SPA-salonlari tomonidan tez-tez taklif etiladigan limfadrenaj massaji venoz yetishmovchiligi bo’lgan insonlar uchun qarshi ko’rsatmaga ega.
Tanani ortiqcha moddalardan tozalash uchun bajariladigan boshqa muolaja — huqna (klizma) sanaladi. Biroq bu holda ham me’yorni bilish kerak: ko’rsatma va nazoratsiz qilinadigan huqna teskari ta’sirga ega bo’lishi mumkin.
3-USUL. ORGANIZMNI TOZALASH UCHUN XALQONA RETSEPTLAR
Buyraklar, jigar, safro yo’llari faoliyatini yaxshilash uchun o’simliklarni, tindirmalarni, damlamalarni ishlatish — uy sharoitida amalga oshiriladigan detoksning mashhur usullaridan biri. Shu bilan birga, o’simlik vositalaridan foydalanish har doim ham xavfsiz emas, asosan allergik reaktsiyalar nuqtai nazaridan kelib chiqqanda. Shuning uchun shifokor maslahati bu holda ham ortiqchalik qilmaydi. Quyida esa o’simlik preparatlarining organizmga qanday ta’sir qilishi mumkinligiga aniqlik kiritiladi:
- Safro haydovchi ta’sir: qoqi o’simligi ildizlari va barglari, zira urug’lari, bo’yimodaron gullari va o’ti, sachratqi ildizi, qoncho’p sharbati va o’ti;
- Siydik haydovchi ta’sir: dala qirqbo’g’ini, shivit, qayin barglari, brusnika yaprog’i, o’rmalovchi sebarga, qushtaron;
- Ich yumshatuvchi ta’sir: itshumurt va senna ekstrakti. Biroq, uzoq muddatli, ayniqsa, nazoratsiz qabul qilingan holda, ular ichak atoniyasiga, ya’ni ichak tonusining pasayishi va peristaltikasining zaiflashishiga olib kelishi mumkin.
O’simlik preparatlari odatda keng spektrdagi ta’sirga ega, shu sababli qo’llashdan oldin vosita haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lish kerak. Ikkinchi muhim nyuans — o’simlik vositalarini o’zgartirib turish: uzoq vaqt davomida qabul qilish kursi odatda turli vositalardan foydalanishni o’z ichiga oladi.
4-USUL. DORIVOR VOSITALAR
Fitoterapiya bilan chegaralanib qolmasdan, ba’zilar an’anaviy tibbiyotga murojaat qiladilar va tozalanish dasturiga dori-darmonlarni kiritadilar. Bunga turli antidotlar, diuretik vositalar, enterosorbentlar, BFQ`lar, vitaminlar va boshqa preparatlar kirishi mumkin.
Albatta, har qanday dori-darmonni tanlashda mutaxassisga murojaat qilish kerak. Ko’pchilik enterosorbentlar bezarar vosita va uni to’liq mustaqil ravishda qabul qilish mumkin deb o’ylashlari mumkin. Biroq, aslida bunday emas. Bugungi kunda shifokorlar amaliyotida bir necha asosiy sorbent turlarini ishlatishadi:
- Faollashtirilgan ko’mirga asoslangan sorbentlar. Ularning ta’sir tamoyili toksinlarni o’ziga «singdirib olish» bo’lib, parallel ravishda tanaga kerakli moddalarni ham huddi shunday «so’rib» oladi. Ularni jiddiy zaharlanishlarda, shuningdek zarurat bo’lganda, masalan, allergenlarni tezda bartaraf etish uchun qo’llash tavsiya etiladi;
- Ion almashinadigan materiallar yoki qatronlar. Bu o’zigga xos ta’sirga ega bo’lgan selektiv sorbentlardir. Ba’zilari me’da shirasining nordonligini kamaytirishi, boshqalari — bakterial toksinlarni o’zlariga olishga qodir;
- Tabiiy tolalar, jumladan yuqorida keltirilgan kepaklar. Biroq, ular faqatgina ichak harakatini kuchaytirish uchungina ishlatilmaydi. Masalan, tabiiy tolalar tananing toksinlarni chiqarib tashlash tizimi faoliyatini yaxshilashi mumkin;
- Boshqa enterosorbentlar, shu jumladan, loy, silikagellar va boshqalar. Bu moddalar metabolizmni kuchaytiradi, demakki toksinlarni tabiiy ravishda chiqarib yuborilishiga hissa qo’shadi.
5-USUL. MASHQ QILISH VA TURMUSH TARZINI TUZATISH
Jismoniy mashqlar salomatlikni yaxshilashga, chidamlilikni oshirishga, ortiqcha vazndan xalos bo’lishga yordamlashadi. Bundan tashqari, jismoniy faollik toksinlarni ko’proq ajralib chiqishiga hissa qo’shadi. Agar sport zalida muntazam ravishda kamida bir soat sarflash uchun vaqtingiz bo’lmasa, e’tiborni krossfitga qarating.
Mashg’ulotning intensivligini kishining o’zi belgilaydi, shuning uchun u qisqa bo’lishi ham mumkin. Krossfitning asosiy xususiyati — bir kompleksda turli turdagi zo’riqishlar bo’lishida. Ularning barchasi navbatma-navbat bajariladi, mashqlar esa uzluksiz halqa sifatida amalga oshiriladi.
Krossfit bir siklining taxminiy kompleksi quyidagicha ko’rinishga ega bo’lishi mumkin: 400 metrga yugurish, 10 marta gantellar bilan qo’llarni ko’tarish, 10 marta tortinish. Shundan so’ng yana boshidan boshlanadi. Shunday qilib, jismoniy mashqlar paytida organizmga tushadigan yuk yuqori va turlicha bo’ladi, bu modda almashinuvi jarayonlarini, terlash va toksinlarning chiqarib yuborilishini rag’batlantiradi.
Uy sharoitida organizmning to’liq tozalanishi yoxud detoks deb atalmish dasturlar tobora ommalashib bormoqda. Turli manbalardagi ma’lumotlardan foydalanib, o’zingizga mos keladigan dasturni yaratish juda oson. Biroq, preparatlarni tanlashda va tozalovchi muolajalarni qo’llashda ko’plab nyuanslarni hisobga olish kerak. Shu sababli foyda o’rniga ziyon olmaslik uchun uchun har doim mutaxassis bilan maslahatlashingizni tavsiya qilamiz.