JINSIY ZAIFLIK (IMPOTENTSIYA) — SABABLARI, BELGILARI, JINSIY OJIZLIKNI DAVOLASH, OLDINI OLISH
Jinsiy zaiflik, erektil disfunktsiya, impotentsiya (lot. impotens — kuchsiz, zaif) — erektsiya disfunktsiyasi, erkak jinsiy a’zosining hajmi, uning qattiqligi va to’g’riligi jinsiy aloqa qilish uchun yetarli emasligidir.
rektsiya buzilishi erkakning urug’ chiqarish qobiliyati — eyakluyatsiyaga bevosita bog’liq emas. Jinsiy ojizlikning ko’plab sabablari mavjud, masalan, qandli diabet. Erektil disfunktsiyaning ayrim sabablari tuzatilmasdir.
O’rta asrlardan buyon shifokorlar va farmatsevtlar erektil disfunktsiyani davolash uchun dorilarni ishlab chiqishga urinishgan, ammo bu preparat faqat 1930-yillarning o’rtalarida ishlab chiqilgan. Ko’p sonli yangi preparatlarning kashf etilishi dorilarni inson jinsiy funktsiyasiga ta’sir qilishining yangi jihatlarini ochib berdi. 1990-yillarda sildenafil preparatining yangi xususiyatlari kashf etilishi bilan erektil disfunktsiyani davolashga qiziqish ortdi.
TIBBIY ALOMATLARI
Erektsiya buzilishi — erkakning to’laqonli jinsiy aloqa qila olmasligi. Normal jinsiy funktsiyada jinsiy aloqa (erkaklar uchun) jinsiy mayl (libido), kamida 5 daqiqa ko’nglini olish, erektsiya (jinsiy olat yoxud zakar tarangligi), olatning kiritilishi, bir necha daqiqada o’nlab friktsiyalar, eyakulyatsiya (urug’ otilishi) va orgazm his etish bilan yakunlanishdan iborat bo’ladi. Har qanday tarkibiy qismning bo’lmasligi to’laqonli jinsiy aloqa qila olmaslikni anglatadi va asta-sekin boshqa komponentlarnign buzilishiga olib keladi. Ko’pincha bu erektsiya yoki eyakluyatsiyaning buzilishi sabablidir.
Odatda jinsiy funktsiyalarning buzilishi mustaqil kasallik hisoblanmaydi, balki hamrohlik qiluvchi asorat sifatida mavjud bo’ladi va rivojlanadi. Shunday qilib, erektil disfunktsiya endokrin kasalliklar, masalan, qandli diabet (u neyropatiyani chaqiradi), gipogonadizmda (gipofiz yoki moyak funktsiyalari buzilishi tufayli testosteron darajasining pasayishi) kuzatilishi mumkin. Shuningdek, u turli urologik kasalliklar, miya po’stlog’ida joylashgan jinsiy funktsiyalarni tartibga solish markazlarining shiklastlanishlari bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Ushbu sabablarga ko’ra erektsiya buzilishi organik hisoblanadi.
Erektil disfunktsiyaning ko’p uchraydigan sababi har ikki juft uchun og’riqli jinsiy aloqa hisoblanadi.
Ba’zi hollarda erektil disfunktsiya asabiy-ruhiy kasalliklar bilan bog’liq bo’ladi (nevroz, turli kasalliklarda nevrotik holat, depressiya va boshqalar). Bu erektsiyaning psixogen buzilishi deb ataladi. Erektil disfunktsiya ko’plab dori-darmonlarni qabul qilishning nojo’ya ta’siri sifatida namoyon bo’lishi mumkin, bunday preparatlarga antigipertenziv, markaziy asab tizimini bostiruvchi psixotrop vositalar, ba’zi estrogenlar, saraton kasalligiga qarshi dorilar kiradi. Organik va psixogen jinsiy zaiflik turlicha namoyon bo’ladi.
JINSIY ZAIFLIK SABABLARI
Jinsiy zaiflikning ruhiy (psixogen), organik va aralash shakllarini ajratish qabul qilingan. Ko’p erkaklar erektsiya bilan bog’liq muammolarni aynan psixologik buzilishlar bilan tushuntiradi. Shunga qaramasdan, 80% holatlarda mijoz sustligi organik xarakterga ega va turli xil somatik kasalliklarning asoratlari sifatida paydo bo’ladi. Bunga qandli diabet, qon tomir kasalliklari, nevrologik kasalliklar, gormonal kasalliklar, jarohatlar kiradi. Bundan tashqari, jinsiy quvvatsizlik muayyan dorilarning nojo’ya ta’siri, jarrohlik va kichik tos sohasidagi turli jarohatlar natijasi bo’lishi mumkin.
Zaif jismoniy rivojlanganlik yoki jismoniy charchoq, yetarlicha ovqatlanmaslik ham jinsiy zaiflik sababchisi bo’lishi mumkin.
Erkaklar orasida keng tarqalgan noto’g’ri tushuncha mavjud — erektil disfunktsiyaning yoshga qarab paydo bo’lishi. Aslida bunday emas — yoshning jinsiy quvvat bilan bevosita aloqasi yo’q. Turli kasalliklarning ehtimolligi yoshga qarab oshib boradi, aynan ana shunday kasalliklargina erektsiya buzilishning haqiqiy «aybdorlari»dir. Spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish, chekish, kamharakat turmush tarzi ham jinsiy quvvatga salbiy ta’sir ko’rsatadi va erektil disfunktsiyaga olib kelishi mumkin.
Erkak yoshi qanchalik katta bo’lsa, unda jinsiy sfera bilan bevosita bog’liq bo’lmagan, uzoq muddatli (yoki doimiy) davolanishni talab qilmaydigan surunkali kasalliklar mavjludligi ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi. Ko’pchilik dorivor moddalar potensiyaga salbiy ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega, bunda ularning ta’sir mexanizmi turlicha bo’ladi. Ko’pincha erektil disfunktsiya dori vositalarining markaziy asab tizimiga ta’siri natijasida chaqiriladi. Bunday mexanizm psixotrop preparatlar (neyroleptiklar, trankvilizatorlar, ayrim antidepressantlar), ko’plab gipotenziv dorilar (beta-adrenoblokatorlar, markaziy adrenomimetiklar), birinchi avlod antigistaminlar (difengidramin, xloropiramin, klemastin va boshqalar) uchun xosdir.
JINSIY ZAIFLIK BELGILARI
Psixologik (psixogen), organik va aralash erektil disfunktsiya ajratiladi. Agar ilgari jinsiy zaiflikning asosiy sababi turli psixologik muammolar hisoblangan bo’lsa, endi bu fikr o’zgargan. Erektil disfunktsiya 80% hollarda organik xarakterga ega va turli xil somatik kasalliklarning asoratlari sifatida paydo bo’lganligi ko’rsatib o’tilgan. Ko’p erkaklar yotoqda muvaffaqqiyatsizlikni stress, ishda yoki oiladagi muammolar, charchash, mayl yetishmasligi bilan bog’lashadi. Darhaqiqat, erektil disfunktsiya faqat 10-20% hollarda psixologik (psixogen) xususiyatga ega. Ko’pincha aralash turdagi jinsiy zaiflik qayd qilinadi. Bu patologiyaning barcha turlari diqqat-e’tibor, tibbiy va psixologik yordamni talab qiladi.
Psixogen erektil disfunktsiyaning belgilari:
- Kasallikning to’satdan boshlanishi;
- Munosabatlarda muammolarning mavjudligi;
- Tunda spontan erektsiya mavjudligi;
- Erektsiya bilan bog’liq muammolar epizodik xarakterga ega;
- Tashqi muammolarni bartaraf etgach, normal erektsiya tiklanishi.
Erektil disfunktsiya organik sabablarga ko’ra kelib chiqqan bo’lsa, u odatda quyidagi alomatlar bilan birga kechadi:
- Kasallikning asta-sekin boshlanishi;
- Tungi spontan erektsiyalarning yo’qligi;
- Normal libido va eyakulyatsiya;
- Erektsiyaning tizimli buzilishi.
Ko’pgina odamlar uchun jinsiy aloqa juda nozik masala bo’lib, erektil disfunksiyadan aziyat chekadigan erkaklar bu muammoni tashqi omillar bilan tushuntirishga, ko’pincha uni yashirishga harakat qilishadi. 95% hollarda erektil disfunktsiyani tibbiy jihatdan davolash mumkinligiga qaramasdan, mijoz zaifligi bilan bog’liq qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan erkaklarning faqatgina 10 foizi shifokorga murojaat qiladi.
Erkak kishi shifokorga bormaydi, chunki, ehtimol:
- U tortinadi va uyaladi;
- U bunday muammo o’z-o’zidan yaxshilanishini kutadi;
- U faol jinsiy hayotga intilmaydi va erektsiya muammolari u uchun juda ham muhim emas;
- U muammo juda jiddiy bo’lishi mumkin deb hisoblaydi;
- U hech narsa unga yordam bera olmasligini bilishdan qo’rqadi.
Erkak kishi hatto erkak hammasi joyida ekanligini bildirsa ham, unda potentsiya bilan bog’liq muoammolar mavjudligini ko’rsatadigan bir qator xulq-atvor belgilari mavjud:
- Turli xil usullar orqali jinsiy aloqa qilishdan qochish (uyga kech kelish, charchash, bosh og’rig’i va boshqalar bilan bahona qilish);
- Hech qachon jinsiy aloqaning initsiatori bo’lib chiqmaslik;
- Yashirin yoki to’g’ridan-to’g’ri takliflarni e’tiborsiz qoldirish.
Erkakka psixologik to’siqni yengib o’tishga uning jinsiy hamrohi yordam bera oladi, ammo davolashning samarali usullarini faqat shifokor aniqlaydi. Shifokorga tashrif buyurish to’g’risida qaror qabul qilish osonroq kechishi uchun bepul ishonch telefonlari va onlayn konsultatsiyalar mavjud bo’lib, unda malakali mutaxassislar erektil disfunktsiyani va uni davolash usullari bo’yicha savollarga anonim tarzda javob berishadi.
IMPOTENTSIYANI TASHXISLASH
Erektil disfunktsiya sabablarini aniqlash uchun qandli diabet, gipogonadizm, prolaktinoma kabi jiddiy kasalliklarni istisno etish yoki tasdiqlash uchun tekshiruvlar o’tkazish kerak.
ULTRATOVUSH
Ultratovushli tekshiruv (olat tomirlarining farmakodopplerografiyasi) olat kavernoz tanalarida qon oqimini baholash, venoz qayta oqish kattaligini, erektil to’qima kaltsinozi yoki chandiqlanishi, tomirlar aterosklerozi belgilarini aniqlash uchun ishlatiladi. Erektsiya chaqiruvchi preparat (papaverin, alprostadil va hokazo) kiritilgach, qon tomirlarining kengayishini kuzatish va olat tomirlarida qon bosimini o’lchash uchun ultratovush tekshiruvdan foydalaniladi. Natijalar a’zo erektsiya holatida bo’lmagan holatda olingan natijalar bilan taqqoslanadi.
KAVERNOZOGRAFIYA
Kavernozografiya — jinsiy olatga kontrast modda kiritilgandan so’ng bir necha proektsiyalarda uning rentgen tasvirini olishni nazarda tutadigan kontrastli rentgenologik tekshiruv turidir. Kavernozografiya venogen erektil disfunktsiyani keltirib chiqaradigan qonning patologik venoz qayta oqishi bilan kechadigan venalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Kavernozografiya shuningdek, jinsiy olatning kavernoz tanalari tuzilishi, skleroz va atrofiya o’choqlari mavjudligi hamda Peyroni kasalligida blyashkalarni baholashga yordam beradi.
JINSIY A’ZO INNERVATSIYASINI SINAB KO’RISH
Jinsiy olat nervlarining funktsional holatini aniqlash uchun bulbokavernoz refleks tekshiriladi. Shifokor olatning boshini bosadi, bu odatda anusning qisqarishiga olib kelishi kerak. Shifokor anal sfinkterning qisqarishini kuzatish yoki sfinkterni barmoq bilan palpatsiyalash orqali bu refleksning latentligini o’lchaydi. Agar asab shikastlanishi yoki qandli diabetga shubha tug’ilsa, asab funksiyasini tekshirish uchun maxsus sinovlar o’tkaziladi.
TUNGGI EREKTSIYALAR
Sog’lom erkakda uyqu paytida erektsiya yuzaga keladi. Bu taxminan 5-6 marta sodir bo’ladi, ayniqsa paradoksal uyqu vaqtida. Tunggi erektsiyalarning yo’qligi olatning innervatsiyasi yoki uning qon aylanishi bilan bog’liq muammolar mavjudligini ko’rsatadi. Tunggi erektsiyasini qayd qilishga imkon beruvchi usullar mavjud. Ular jinsiy olatga sezgir datchik biriktirilishi bilan amalga oshiriladi.
PENISNING BIOTEZIOMETRIYASI
Ushbu test jinsiy olat sezuvchanligi va uning innervatsiyasini baholash uchun vibratsiyadan foydalanadi. Vibratsiyaga nisbatan sezgirlikning pasayishi innervatsiyaning buzilganligini ko’rsatishi mumkin, bu diabet, nevropatiya yoki tananing qarishi natijasi bo’lishi mumkin.
PATOFIZIOLOGIYA
Erektsiya ikki mexanizm bilan boshqariladi. Birinchisi — olatga tegilganda paydo bo’ladigan reflektor erektsiya. Ikkinchisi erotik stimullar natijasida paydo bo’ladigan psixogen erektsiya. Reflektor erektsiya periferik asablar va umurtqa pog’onasining pastki qismlari tomonidan nazorat qilinadi. Psixogen erektsiya esa miyaning limbik tizimi tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu reaktsiyalarning nevrologik buzilishlari impotentsiyaga olib kelishi mumkin.
Reflektor erektsiyaning rivojlanishida jinsiy olatni stimulyatsiya qilish azot oksidi ajratilishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida kavernoz tanalarda qon tomirlari devorlarining bo’shashishiga olib keladi. Kavernoz tanalar qon bilan to’ladi va erektsiya sodir bo’ladi. Erektsiya sodir bo’lishi uchun qonda testosteron yetarli darajada bo’lishi kerak. Shunday qilib, impotentsiya gormonal tizimning buzilishi, asab tizimi kasalliklari, jinsiy olatni yetarlicha qon bilan ta’minlanmasligi va psixologik muammolar tufayli yuzaga kelishi mumkin.
JINSIY ZAIFLIKNI DAVOLASH USULLARI
- PDE5 ingibitorlari: Viagra, Dinamico, Sialis, Levitra (faqat qisqa muddatli ta’sir ko’rsatadi);
- O’simlik moddalari asosida vositalar: jenshen, uzun bargli evrikoma;
- Turmush tarziga ijobiy o’zgarishlar kiritish (masalan, chekishni tashlab, ko’proq mashq qilish);
- Siydik chiqarish yo’liga inyektsiya qilish;
- Olatning kavernoz tanasiga in’yektsiya (papaverin, alprostadil va boshqalar);
- Jinsiy olat uchun vakuum qurilmalar;
- Psixoterapiya;
- Massaj;
- Penisdagi venoz qayta oqishni kamaytirish yoki arterial qon oqimini kuchaytirish uchun qon tomir operatsiyalari (dorsal venani rezektsiya qilish, penial venalarda endovaskulyar embolizatsiya, penisning kavernoz tanalarini revaskulyarizatsiya qilish). Olat qon tomirlari operatsiyalari samaradorligi juda past ekanigini qayd etish lozim. Faqat juda kam hollarda ularning ta’siri bir yoki ikki yildan ko’proq davom etadi.
- Agar yuqorida sanab o’tilganlarning barchasi samarali bo’lmasa, penisning protezlari qo’llanadi.
Protezlash tibbiyotda uzoq vaqtdan beri qo’llanilib kelmoqda. Erektil disfunktsiyani davolashda boshqa usullar foyda bermaganda falloprotezlash juda samarali usul hisoblanadi.
Erektisyani normallashtirish uchun erkak yana bir qator tavsiyalarga amal qilishi mumkin.
Jinsiy quvvatni oshirish haqida→
EREKTIL DISFUNKTSIYANI OLDINI OLISH
Erektil disfunktsiya rivojlanishining oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish zarur:
- Sog’lom turmush tarzi, muntazam va to’g’ri ovqatlanish, mashq qilish, o’z sog’lig’ingizni kuzatish;
- Chekmaslik, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilmaslik (yoki yanada yaxshiroq — iste’mol qilishdan voz kechish), giyohvand moddalarni qabul qilmaslik;
- Erektsiya buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan dori-darmonlardan foydalanmaslik yoki ularni faqat shifokorning retsepti bo’yicha ishlatish va ulardan foydalanish bo’yicha yo’riqnomada ko’rsatmalarga amal qilish;
- Uzoq vaqt, aniq ifoda etilgan jinsiy kuchlanishda bo’lmaslik;
- Agar erkakda qandli diabet yoki gipertoniya mavjud bo’lsa, kichik tosda operatsiya o’tkazish rejalashtirilayogan bo’lsa yoki tos suyagiga jarohat yetgan bo’lsa, urologga murojaat qilish.