ALLERGIYA: SABABLARI, ALOMATLARI TASHXISI, DAVOLASH VA UNI QANDAY QILIB OLDINI OLISH MUMKIN
Allergiya — organizmga ta’sir qiladigan yoki tana bilan aloqada bo’lgan, masalan, hayvonlarning juni, chang yoki ari zahari kabi moddalarga immun tizimining javobidir.
ALLERGIYA NIMA?
Allergiya juda keng tarqalgan. Sog’liqni saqlash organlari ma’lumotiga binoan Shimoliy Amerika va G’arbiy Evropada taxminan 20% odamlar pollinoz(allergik rinokonyuktivit, allergik rinit)ga duchor bo’lishgan.
Butun dunyoda allergiya bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. «Allergy UK» ma’lumotlariga ko’ra, taxminan 30-40% odamlar hayotlarining bir qismida allergiyaga duchor bo’lishadi. Allergiya eng ko’p bolalarda uchraydi, ayniqsa oziq-ovqatga nisbatan allergiya kuzatiladi.
ALLERGIYA BELGILARI VA ALOMATLARI
Agar allergik inson allergen bilan to’qnashganda, allergik reaktsiya darhol yuzaga kelmaydi. Immun tizimi asta-sekin moddaga nisbatan sezgirlikni oshiradi.
Vaqt o’tib, tana o’ziga xos yuqori sezgirlikka ega bo’ladi — bu jarayon sensibilizatsiya deb ataladi.
Sensibilizatsiya bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Ko’pgina holatlarda sezuvchanlik jarayoni oxirigacha yakunlanmaydi va bemorda ba’zi alomatlar yuz beradi, ammo to’liq alergik reaktsiya kuzatilmaydi.
Immun tizimi alergenga ta’sir qilganda, yallig’lanish va qo’zgalish xususiyati paydo bo’ladi. Belgilar va alomatlar alergen turiga bog’liq. Allergik reaktsiyalar ichakda (ovqat hazm qilish tizimi), terida, sinuslarda, havo yo’llarida, ko’zlar va burun yo’llarida paydo bo’lishi mumkin.
Chang va changchiga allergiya simptomlari quyidagi belgilarga ega:
- Burun bitishi;
- Ko’zlarning qichishi;
- Burundagi qichishish;
- Rinit;
- Ko’zlarning shishishi;
- Ko’zlarning yoshlanishi;
- Yo’talish.
Teridagi allergiya, masalan, ekzema (atopik dermatit) simptomlari:
- Teri po’st tashlashi;
- Qichishish;
- Teri quruqlashishi;
- Terida qizg’ish toshmalar toshishi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga (oziq-ovqat) bo’lgan allergiya turli reaktsiyalarga ega:
- Qayt qilish;
- Tilning shishi;
- Og’izdagi achishish;
- Labning shishishi;
- Yuzni shishishi;
- Tomoq shishishi;
- Oshqozon spazmi;
- Nafas olishning buzilishi;
- Rektal qon ketish (bolalar kamdan-kam hollarda);
- Diareya;
- Anafilaksiya (anafilaktik shok) — juda jiddiy, ko’pincha hayot uchun xavfli bo’lgan allergik reaktsiya.
Hasharotlarning chaqishiga alergiya quyidagi alomatlarga ega:
- Ovozning xirillashi;
- Chaqilgan joyining shishishi;
- Qon bosimining keskin pasayishi;
- Teri qichishi;
- Bosh aylanishi;
- Yo’tal;
- Nafas olish qiyinligi;
- Tashvishlanish;
- Anafilaksiya.
Dori vositalarga allergiya quyidagi belgilarga ega bo’lishi mumkin:
- Ovozning xirillashi;
- Tilning shishishi;
- Labning shishishi;
- Yuzni shishishi;
- Teri toshmasi;
- Qichima;
- Anafilaktik shok belgilari.
ANAFILAKTIK SHOK ALOMATLARI
Anafilaktik shok tezda boshlanadigan jiddiy allergik reaktsiya. Anafilaktik shok hayot uchun xavfli bo’lishi mumkin va shoshilinch tibbiy yordam sifatida qaralishi kerak.
Allergik reaktsiyaning bu turi allergen ta’siridan keyin bir necha daqiqadan so’ng paydo bo’lishi mumkin bo’lgan bir nechta turli alomatlarni aks ettiradi. Agar allergen to’gridan-to’gri qonga ta’sir qilsa, allergik reaksiya boshlanishi odatda 5 dan 30 minutgacha bo’ladi. Oziq-ovqatlar alergeniga bo’lgan reaktsiya uzoqroq vaqt talab etadi.
Anafilaksiya — shoshilinch tibbiy yordam talab etadi.
TERI VA SHILLIQ PARDALARDA ANAFILAKTIK SHOKNING NAMOYON BO’LISHI
Tananing barcha qismlari, qizarishi va qichishi kuzatiladi. Zararlangan to’qimalar ham shishadi (angiodistrofiya). Ba’zilar terida achishish hissiyotlarni kechirishi mumkin. Taxminan 20% hollarda til va tomoq shishishi kuzatiladi. Agar teri g’alati moviy rangga ega bo’lsa, bu gipoksiyaning (kislorod etishmasligining) belgisi bo’lishi mumkin.
Ba’zi bemorlarda burun bitishi mumkin. Ko’zlarning old qismini va ko’z qovoqlarining ichki qismini qoplovchi shilliq qavat (kon’yunktiva) yallig’lanishi mumkin.
ANAFILAKSIYA VAQTIDA NAFAS OLISHNING O’ZGARISHI
- Nafas olish qiyinligi;
- Bronxning spazmlari sababli nafas olish paytida hushtak chiqishi;
- Stridor — nafas olishda kuchli titraydigan ovoz;
- Ovozning bo’gilishi;
- Odinofagiya — yutayotgandagi og’riq;
- Yo’talish;
KARDIOVASKULYAR O’ZGARISHLAR
Koronar arteriya spazmi — yurakdagi gistaminni chiqaradigan hujayralar tufayli arteriya devoridagi mushakni keskin qisqarishi (vaqtinchalik). Bu miokard infarkti, disritmiya (anormal yurak ritmi) yoki yurak xurujiga olib kelishi mumkin.
Kam qon bosimi yurak urish tezligini tezlashishiga olib kelishi mumkin. Arterial qon bosimining to’satdan pasayishi tufayli bosh aylanishi sodir bo’ladi. Ba’zilar hushini yo’qotishi mumkin. Ba’zi holatlarda anafilaksiyaning yagona belgisi past qon bosimi bo’lishi mumkin.
OSHQOZON-ICHAK TIZIMIDAGI O’ZGARISHLAR
- Qorin bo’shlig’i tutqanog’i;
- Diareya;
- Qusish;
- Siydik chiqarish nazoratini yo’qotish;
- Qorin og’rig’i.
ALLERGIYA RIVOJLANISHI SABABLARI
Inson immuniteti allergenga patogen (tashqi zararli moddalar) deb javob beradi va uni uni begona bakteriya, virus, qo’ziqorin yoki toksin kabi yo’q qilishga harakat qiladi.
Biroq allergen zararli emas. Shunchaki immun tizimi bu moddaga juda sezgir bo’lib qolgan.
Immunitet tizimi allergiyaga ta’sir qilganda, allergenni yo’q qilish uchun antitanalar turi immunoglobulin E (IgE) ni chiqaradi. Bu organizmda allergik reaktsiyaga olib keladigan kimyoviy moddalar ishlab chiqaradi.
Ushbu kimyoviy moddalardan biri gistamin deb ataladi. Gistamin mushaklarning qisqarishiga olib keladi, shu jumladan qon tomirlarining devorlarida va nafas yo’llarida ham. Gistamin shuningdek burundagi shilliq ajralishiga yordam beradi.
Allergiya bilan og’rigan odam allergiya alomatlarida allergenni ayblaydi — do’stining uy hayvoni, o’simlik changi yoki changni. Biroq, ular noto’g’ri fikrlashadi. Muammo alergenda emas, balki allergik odamning immun tizimidadir.
ALLERGIYA RIVOJLANISHI UCHUN XAVF OMILLARI
Tibbiyotda xavf omillari deb kasallik yoki bemor holatini yomonlashtiradigan omillar tushuniladi. Ushbu xavf odamning qilgan narsasidan kelib chiqishi mumkin. Misol uchun, chekish o’pka kasalligi uchun xavf omilidir.
Quyida alergiyalar bilan bog’liq xavf omillarining ayrimlari keltirilgan:
- Oilada astma bilan og’riydigan inson bo’lishi — sizning ota-onangiz, bobo-buvingiz yoki bobongizda astma bo’lgan bo’lsa, sizda ham allergiya rivojlanishi xavfi bor;
- Oilada allergiyaga duchor bo’ladigan inson bo’lishi — agar yaqin qarindoshingiz allergik bo’lsa, allergiya rivojlanishi sizda ham kuzatilish ehtimoli mavjud.
- Bolalarda allergiya kattalarga qaraganda ko’proq. Ijobiy tarafi shundaki, ko’p bolalar ulg’ayishi sari alergiyani yo’qotishadi.
- Astma borligi — astma bo’lgan odamlarda allergiya rivojlanishi ehtimoli ko’proq;
- Quyosh nurining etarlicha ta’sir etmasligi — Evropa atrof-muhitni muhofaza qilish va inson salomatligi markazining olimlari hamda turli avstraliyalik markazlarning tadqiqotchilari quyosh nurlari kam bo’lgan hududlarda yashovchi bolalarning allergiya rivojlanish ko’rsatkichlari yuqori ekanligini aniqlashdi.
ENG KENG TARQALGAN ALLERGEN
Allergen — ayrim sezgir shaxslarda allergik reaktsiyaga sabab bo’lgan modda.
HAYVONLARGA ALLERGIYA:
- Chang burgalari — ularning najasi;
- Jun;
- Mo’yna;
- Kepak;
- Fel d1 — mushukning yog’ va so’lak bezlarida aniqlangan oqsildir;
TIBBIY ALERGENLAR
- Penitsillin;
- Salitsilatlar — odatda aspirinda joylashgan salitsil kislotasining tuzi;
- Sulfanamidlar.
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI ORASIDA
- Jo’xori;
- Selderey;
- Qovoq;
- Loviya;
HASHAROTLAR
- Zaharli hashoratlar;
- Pashsha;
- Asalarilar;
- Chumolilar
- Burga;
ALLERGIYANI TASHXISLASH
Allergiyani aniqlashning bir necha yo’li bor. Shifokor bemorga allergiyaning kelib chiqishi, qachon paydo bo’lishi, alergiya simptomlari haqida savollar beradi. Bundan tashqari, oilaning boshqa a’zolarida allergiya bormi, deb so’raladi.
Allergiyalar uchun qator testlar mavjud. Quyida ba’zi misollar keltirilgan:
Qon tahlili— immunitet tizimi tomonidan chiqarilgan IgE antitanalari darajasini o’lchaydi. Ushbu sinov ba’zida radioallergersorbent testi (RAST) deb ham ataladi.
Terini tilish testi ham turli antibiotiklarni qabul qilishdan oldin test sifatida tanilgan. Terini shpritsning uchi bilan tirnaladi va bu joyga biroz kamroq alergen qo’llaniladi. Agar teri reaktsiyasi bo’lsa — qichishish, qizarish va shishish allergiya mavjudligini bildirishi mumkin
Patch testi — dermatit bo’lgan bemorlarda (ekzema) qo’llaniladi . Belga shubha qilinayotgan allergen kerakli miqdorda maxsus metall disklarga qo’yilib biriktirialdi. Shifokor 48 soatdan keyin terining reaktsiyasini tekshiradi.
ALLERGIYANI DAVOLASH USULLARI
Allergiyalar uchun eng samarali davolash allergen ta’siriga yo’l qo’ymaslikdir. Biroq, ba’zida allergendan to’la qutulish mumkin emas. Bemorlarni ularning alergenlarini qanday to’g’ri aniqlashni bilish uchun ham o’qitish muhimdir.
ALLERGIYAGA QARSHI DORI VOSITALARI
Dorilar allergiya belgilarini bartaraf etishga yordam beradi, ammo uni davolay olmaydi. Allergiyalarni davolash uchun ko’plab tabletkalar shifokor retseptisiz mavjuddir. Dori vositasini ishlatishdan oldin shifokoringizga murojaat qiling.
Antigistaminlar (gistamin antagonistlari): ular allergik reaktsiyaning bir qismi bo’lgan, tanada ishlab chiqariladigan gistaminning ta’sirini to’xtatadilar. Ba’zi antigistaminlar bolalar uchun mos emas.
Burun uchun tomchilar: Ba’zi bemorlar pollinoz bo’lgan hollarda burun uchun tomchilar yordam berishadi, deb aytishadi. Burun uchun tomchilar qisqa muddatli ta’sir ko’rsatadi.
Leykotrien retseptorlari antagonistlari (antileykotrienlar): astmada yoki boshqa davolanishlar foyda bermaganda buyuriladi. Antileykotrienlar leykotrien — shishishiga olib keladigan kimyoviy moddalar ta’sirini bloklaydi. Leykotrien allergik reaktsiya vaqtida tanada ishlab chiqariladi.
Steroid tomchilar: burun bitishini kamaytirishga yordam beradi, doimiy burun bitishi sinusit, jumladan gaymorit va boshqa kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin.
IMMUNOTERAPIYA
Bundan tashqari giposensibilizatsiya deb ham ataladi. Bunday terapiya immun tizimni qayta tiklaydi. Shifokor bir necha yillar davomida alergen dozalarini asta-sekin ta’sir ettiradi. Maqsad uzoq muddatli tolerantlikka olib keladi, bu esa IgE hosil qilishni pasaytiradi. Immunoterapiya faqat kuchli allergiya turlari uchun ishlatiladi.
ALLERGIYALARNING OLDINI OLISH
Davolash allergiya simptomlarini engillashtirishga yordam berishi mumkin bo’lsa-da, bemorlarga ba’zi allergen ta’sir qilmasligi kerak. Ba’zi hollarda bu oson ish emas. Bahor va yoz oylarida o’simlik changidan qochish deyarli mumkin emas. Hatto eng toza uylarda zamburug’ sporalari yoki chang mavjud. Va shunday qilib:
CHANG BURGALARI TA’SIRINI KAMAYTIRISH
- Gilamlarni boshqa, qattiq qoplamalar bilan almashtiring (masalan, laminat);
- An’anaviy pardani rulonli parda bilan almashtiring;
- Muntazam ravishda yostiq, stul va yumshoq o’yinchoqlarni tozalang. Iloji bo’lsa, ularni yuqori haroratda yuving;
- Junli yoki tukli yostiqlardan foydalanmang;
MUSHUK VA ITLARGA ALLERGIYA
Agar siz uy hayvonlari egasining uyiga tashrif buyursangiz, antigistaminlarni oling.
Unutmang, hayvonlar emas, hayvonlar siydigi, so’lagi, junidagi mavjud oqsillar allergiyani chaqiradi. Agar hayvonlar bilan aloqa qilmasangiz, egasidan hayvonni boshqa joyga qulflab qo’yishni yoki o’boshqa xonaga o’tishni iltimos qiling.
Uy hayvonlariga sizning joyingizda uxlashga yo’l qo’ymang. Uy hayvonlari uchun yumshoq o’yinchoqlar va to’shamalar yuqori haroratda muntazam ravishda yuvilishi kerak.
MOG’OR ZAMBURUG’I SPORALARIGA BO’LGAN ALLERGIYANI OLDINI OLISH
- Uyingizda mog’or zamburugi bor-yo’qligini tekshiring;
- Uyingizdagi suv quvurini tekshiring. Suv oqishi namlikni hosli qiladi, u esa mog’or zamburug’i uchun eng qulay muhitdir;
- O’zingizning kichkina mog’orlagan joylarni tozalashingiz mumkin. Mahsus xizmat oson erisha olmaydigan joylarda mog’orni tozalashga yordam berishi mumkin;
- Gipsokarton mog’orlagan bo’lsa, uni kesib, almashtiring;
- Barcha qattiq yuzalar mog’or bosmaganligiga ishonch hosil qiling;
- Uyingizdagi namli joylarda gilamlar to’shamang;
- Mog’orlangan gilamlarni almashtiring;
- Hammom yaxshi shamollashiga ishonch hosil qiling;
- Konditsionerlar uyni quruq saqlashga yordam beradi. Filtrlar muntazam almashtirib turing.
OZIQ-OVQAT ALLERGIYASINING OLDINI OLISH
- Muayyan mahsulotni sotib olishni va ulardan foydalanishdan oldin, yorliqdagi ingredientlar ro’yxatini ko’ring. Ko’p oziq-ovqatda sut, tuxum yoki er yong’oq kabi allergenlar bo’lishi mumkin. Ko’pgina mamlakatlar qonuniy ravishda allergen mavjud bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini aniq belgilashni talab qiladi.
- Restoran va kafelarda ofitsiantga qaysi mahsulotga allergiyangiz borligini aniq tushuntiring.
POLLINOZNI OLDINI OLISH
Pollinozdan azob chekayotgan bo’lsangiz, bahor va / yoki yozgi oylarni tobora engliroq o’tkazish uchun ba’zi choralarni ko’rishingiz mumkin.
- Antigistaminlardan foydalaning. Ko’pgina bemorlar uchun ular pollinozning klassik alomatlarini kamaytirishda juda samaralidir. Iloji bo’lsa kamroq uyquchanlik chaqiradigan yangi dori-darmonlarni qabul qiling.
- Uyingizdagi hamma eshiklarni va derazalarni yopiq holda saqlang. Bu chang kirmasligi uchun yordam beradi.
- Ertalab yoki chang miqdori yuqori bo’lgan vaqtlarda ko’chaga kamroq chiqing. Shamolli kunlarda uyda qolish yaxshiroq.
- Mashina boshqarayotganingizda mashina oynalarnini yopib yurgan yaxshiroq. Havo filtri muntazam tozalanganligiga ishonch hosil qiling.
- Agar tashqariga chiqsangiz, uyingizga qaytganingizda kiyimingizni o’zgartiring va dush qabul qiling. Chang kiyimda, terida va sochlarda yig’ishi mumkin.
ANAFILAKTIK SHOKNING OLDINI OLISH
- Agar sizda anafilaktik shok paydo bo’lish xavfi mavjud bo’lsa, sizda «harakat rejasi» mavjudligiga ishonch hosil qiling.
- Ota-onalar bolaning allergiyasi va favqulodda vaziyatlarda nima qilishlari to’g’risida bolaning maktabiga, bolalar bog’chasiga va boshqalarga xabar berishlari kerak.
- Favqulodda vaziyatda sizga yordam berishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni do’stlaringiz va do’stlaringizga aytib bering.